• Kasbiy kompetentlik
  • Pedagogning kasbiy kompetentligini




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana06.02.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #152251
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Saidova P 374-384 JUSR

     
    Asosiy qism. 
    Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin 
    egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish, har bir mutaxassisdan kasbiy 
    kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, 
    kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog 
    o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga 
    yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
    Kompetensiya inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita 
    “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa, “faoliyatda nazariy bilimlardan 
    samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon 
    eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
    “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida 
    kirib kelgan. Shu sababli, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda 
    mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro 
    munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la 
    ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda 
    harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
    Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish 
    uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda 
    yuqori darajada qo‘llay olinishi.
    Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning 
    egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va 
    harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya 
    mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, 


    376 
    muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta 
    ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
    Kompetentlik va kompetensiya inson umri davomida, faoliyatida u bilan 
    hamohang yashaydigan tushunchalardan biri desak, mubolag’a bo’lmaydi. 
    Kompetentlik - bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlikni 
    faoliyatiga sindirib borishdir. Kompetensiya esa bu - qobiliyat har qanday 
    faoliyatda o’z qobiliyat va iqtidorlarini ko’rsata bilishdir. 

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish