374
PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Saidova Parvina Mirzo qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
parimirzaevnadtpi@gmail.com
Abduhalimova Mahbuba Abdumalik qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
mahbubaabduhalimova@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi va uni
rivojlantirish yo’llari, kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari,
kompetensiya tushunchalarining o’zaro uzviy bog’liqligi
va farqlari haqida
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
qobiliyat, salohiyat, “o’qituvchi-o’quvchi” o’zaro aloqasi,
o’z-o’zini rivojlantirish, rahbarlik, faoliyat, kasbiy kompetentlik, kompetensiya.
Kirish.
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – jamiyat va davlat uchun har
tomonlama
rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z
ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan
shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik
tushunchasi pedagogning
ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy
salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga
kelinadi. “Kompetentlik” so‘zining ma’nosi
xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha
keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya -
shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda
ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh
avlodni jamiyat talablarini
o‘zida aks etiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va
tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat,
madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda
o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining
shakllanishida
pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga,
yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun
375
zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi
hisoblanadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib
boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish
ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Shu nuqtai–nazardan Respublikamizning
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga
zamonaviy bilim berish,
ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb
masalaga duch kelmoqdamiz. Bizning fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini
o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy
bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo
zamonaviy bilim berish uchun, avvalo,
murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi.