381
o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol
fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini
hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini
tasavvur eta
olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u
kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va
mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u
bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini va uning
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga
ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi.
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi
orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin
egallagan malaka
oshirish o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon
beradi.
Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini
to‘g‘ri tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi
va darslariga joriy eta olishni talab etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni
vujudga keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi,
fan o‘qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko‘nikma malakalari va
shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.