379
takomillashuvi omillaridan hisoblanadi. Bo’lajak kasb ta ’limi o ’qituvchisining kasbiy
kompetentligini shakllashtirish orqali ta’lim va tarbiya
jarayonini zamon talabiga
ko’tarishga xizmat qiladi.
Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari quyidagicha:
•
1.
O’z-o’zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
•
2.
O’z-o’zini rivojlantirishni rejalashtirish, maqsad-vazifa belgilash;
•
3.
O’z-o’zini namoyish etish va kamchiliklarni tuzatish;
Ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchi kompetentligining roli:
•
Tashkilotchi ijtimoiy pedagog talabalarni
mustaqil hayotga
tayyorlash;
•
Fasilitator (guruh yetakchisi) guruhda ijobiy-psixologik muhit
yaratadi;
•
Metodist ta’lim jarayonida talabalarning
muammoni yechimlariga
yordam beradi va qo’llab-quvvatlaydi;
•
Tadqiqotchi-novator yangilik yaratuvchi, muntazam ravishda o’z
ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi.
•
O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi jamoa bo’lib
ishlay oladi va ishlashga
o’rgatadi;
•
Maslahatchi shaxsiy namunasini o’rgatadi;
Pedagogik kompetentlik
– pedagog tomonidan
pedagogik aoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning egallanishi va ularni
amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi sanaladi. Ushbu kompetentlikka ega bo‘lishda
o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil
qilish va baholash orqali
aniqlanadi.