|
Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari
|
bet | 22/27 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #249628 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedIlova №2
TEST SAVOLLARI
O’qituvchi kasbiy mahoratining muvaffaqiyati va samaradorligi asosan nimalarga bog’liq?
Ilmiy jihatdan mehnatni puxta tashkil etishga.
Mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart - sharoitlarga.
V.Mehnatni amalga oshirish yo’llarini to’g’ri belgilashga.
2. Pedagoglik kasbini tanlagan kishi qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo’lishi kerak?
Sog’lom bo’lishi, barcha qobiliyatlarga ega bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi
Iymon-e’tiqodli, dunyoqarashining kengligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his etishi, ma’naviyati, dilkashligi
V.Bolalarni yoqtirishi, o’z fanini mustahkam egallashi, nutqining ravonligi
3. O’qituvchi kasbiy mahoratining asosiy mohiyatini belgilang?
Etnopedagogik tuyg’ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o’zbekona tavoze’ va muomala madaniyati
Ixtisoslikka doir vijdon, adolatparvarlik, har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishi, pedagogik oriyat
V. O’qituvchi tashqi qiyofasining go’zalligi, o’quvchilarga demokratik talablar asosida dars o’tishi
4. Pedagogik kasbiy mahorat - bu ...
Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
O’qituvchi tomonidan pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omilidir.
V.Didaktik hamda tarbiyaviy jarayonning o’qituvchi tomonidan samarali, mahoratli tarzda tashkil etishdir
5. Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik kasbiy mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalarni belgilang?
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining o’zaro faoliyati
Standart va nostandart mashg’ulotlarni o’tkazish
V.O’quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari
6. “Ustoz muallimsiz qolganda zamon nodonlikdan qora bo’lardi jahon” baytining muallifi kim?
Abu Rayhon Beruniy
Abu Nasr Forobiy
Abdurahmon Jomiy
7. O’qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo’luvchi xususiyatlar?
O’z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi va hozirjavobligi
Pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, ilmiy saviyasi
V. Notiqlik madaniyati, ijodkorligi, intellekti, ma’naviy ehtiyoji
|
| |