|
Multimedia proektor STX EzPro 500 -
|
bet | 17/27 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #249628 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedMultimedia proektor STX EzPro 500 - bu qurilma Germaniyada ishlab chiqarilgan bo’lib, kompyuter, videomagnitafon, video - ko’zning axborotlarini ekranga chiqarish imkoniyatiga ega. Proektor ixchamligi, o’rnatish osonligi foydalanuvchiga katta qulaylik yaratadi.
Video ko’z - bu qurilma aslida videokamera o’rnini bosib, uni bevosita televizorga ulab kerakli narsalarni (kompyuterlashtirilgan mini plakatlar, didaktik materiallar, slaydlar va boshqalar) o`quvchilarga ko’rsatish mumkin. Boshqa usuli esa, multimedia proektorga ulangan holda yoyma ekranga tasvir uzatiladi. Yuqorida keltirilgan ko’rsatmalarni inobatga olib, multimedia proektor, videomagnitofon, video ko’z va komp’yuterlarni kompleks ravishda ishlatishni ko’rib chiqamiz. Ko’rsatilgan kompleks kompyuterdagi ma’lumotlarni ko’rsatib bo’lgandan so’ng, multimedia proektor menyusidaga "SOURCE" bo’limidan foydalanilsa, quyidagi oyna paydo bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Shu bilan birga mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi xaqida to’xtalib o’tsak:
«Metod» yunoncha so’z bo’lib, «yo’l», usul kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.
Ta’lim metodi o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.
Ta’lim metodlari o’quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig’iga bog’liqdir. O’quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qolmoqda.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O’quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o’zi uzatish, qabul qilish, anglash, o’quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so’z orqali uzatish va axborotni (informatsiyani) eshitish orqali qabul qilish metodlari, og’zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; o’quv axborotini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari - ko’rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; o’quv axborotini amaliy mehnat xarakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
BOB BO’YICHA XULOSA
Umumta’lim maktablarida o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda o’zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bog’liq.
O’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning to’plami sifatida qayd etiladi.
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy - madaniy, o’quv - bilish, axborot olish, takomillashtirish turlaria bo’linadi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilarda sababiy - tashkiliy (o’quv faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo’nalishlari, bilim, malaka va ko’nikmalari), mazmunli-protsessual (o’quv faoliyatining mohiyatini bilish va bu faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishda zarur sanalgan shaxs sifatlarni o’zi baholash) kabi ko’nikmalarning shakllanishi mustakil bilim olish jarayonida majmuaviy ravishda shakllanib boradi.
O’qituvchilarni tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot - metodik ta’minot muhim axamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalaridan masofaviy ta’lim tizimi hamda o’qitish vositalaridan samarali foydalanishi ta’lim sifati va samaradorligigi oshirishda umum o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan xisoblanadi.
|
| |