• Tadqiqot ob’ekti
  • Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari




    Download 0,72 Mb.
    bet3/27
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #249628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

    Tadqiqotning vazifalari:

    - o’qituvchilarning kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash;
    - Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishga oid g’oyalarini o’rganish;
    - pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishni takomillashtirishning omillarini o’rganish;
    - kasbiy, pedagogik-psixologik hamda boshqa fanlarni o’qitish jarayonida o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlarini o’rganish;
    - o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
    - o‘qituvchilarning o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish;
    - ta’lim muassasasi pedagoglarida o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish.
    Tadqiqot ob’ekti: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini va kasbiy faolligini shakllantirish jarayoni.
    Tadqiqotning predmeti: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
    Tadqiqotning ilmiy farazi: Pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning samaradorligi quyidagi holatlarda yuqori bo‘ladi, agarda:
    - pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning samaradorligini ta’minlash imkoniyatlari keng ko‘lamda o‘rganilsa;
    - o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning yaxlit tizim sifatida ishlab chiqilsa;
    - pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning maqbul shakl, metod va vositalardan unumli foydalanilsa;
    - pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllaridan keng foydalanilsa;
    - o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vaziyat nazarda tutgan holda amalga oshirilsa;
    - o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lib, uning o’ziga xos omillari, pedagogik shart-sharoitlari, metodlari, vositalari zamonaviylashtirilsa;
    - o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot to’g’ri tashkil qilinsa, jarayon muvaffaqiyatli kechadi.

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari

    Download 0,72 Mb.