Mavzu: Oqova suvlarni tozalash moslamalarining kompleks ishlarini tahlil qilish va samaradorligini hisoblash




Download 386,66 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2024
Hajmi386,66 Kb.
#147171
1   2   3   4
Bog'liq
OQAVA SUVLARNI TOZALASH USKUNALARI

2. Cho`kmani qayta ishlash.
Bakterial tozalash tanki to`g`riburchakli yoki silindr tuzilishga ega bo`ladi. Suv qatlami balandligi 3,5-7 m.ni tashkil etadi; havo ventilyator yordamida beriladi hamda diffuzor orqali taqsimlanadi yoki g`ovaksimon membrana orqali ham o`tkaziladi. Havo sarfi avtomatik ravishda potentsiometr yordamida aralashma miqdoriga bog`liq holda boshqariladi. Qayta ishlash vaqti odatda 1,5-3 soat.
Qoldiq chukma teleskopik yoki avtomatik zatvor (mashinani qulflovchi mexanizm)
orqali ajratiladi va birlamchi cho`ktirishga qaytariladi.
Biologik tozalangan suvni daryoga tashlash mumkin. Agar suvni shahar xalq
xo`jaligiga qaytarish lozim bo`lsa, u holda suvni aktivlangan ko`mir yordamida yoritiladi, so`ngra xlor, ozon, ultrabinafsha nur yoki kumush kolloidi yordamida sterillanadi.
Cho`kmani hajmini kamaytirish uchun yuqori bosim ostida avtoklavda unga ishlov beriladi. Agar cho`kma kelgusida metan olish uchun qo`llanilsa, u holda
unga avtoklavda ishlov berishda 40 dan 60 % gacha uchuvchan moddalar miqdori yo`qotiladi va uning hajmi 60 % ga kamayadi.
Avtoklav unumdorligini oshirish uchun cho`kma aralashmasi va oqava suv bug` yoki qaynoq suv yordamida qizdiriladi (buning uchun fermentatsiya tezligi oshiriladi).
Ba‘zan avtoklav to`plami qo`llaniladi. Loyihalashda hisoblangan yetarli avtoklav hajmi 30 l/ odamga teng keladi. 1 mln. aholisi bor shahar uchun avtoklav hajmi 30 mln.l ga to`g`ri keladi.
Cho`kmadan olingan metan cho`kmani qizdirish uchun zarur bo`lgan bug` ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Yirik korxonalarda metan elektroenergiya ishlab chiqarishda gaz turbinalarda qo`llaniladi.
3. Cho`kmani keyingi qayta ishlash.
Avtoklavdan so`ng cho`kma quritishga o`tkaziladi. Quritgich katta maydonni egallaganligi, atrofga noxush hid tarqatishi sababli cho`kma filtrlash orqali quyuqlashtiriladi.
Quyuqlashtirgichdan so`ng cho`kma vakuum filtrga beriladi, bu yerda asosiy massa suvdan ajratiladi, filtrlangan cho`kma tarkibida 30 % quruq modda mavjud, so`ngra cho`kma granulalanadi va saqlashga jo`natiladi. Uni bevosita o`g`it sifatida yoki kompost olish uchun qo`llaniladi.
Odatda filtrga birlamchi va ikkilamchi cho`kma aralashmasi keltiriladi. Ba‘zan cho`kmani ajratishda avtoklavdan so`ng oqava suvga ishlov berishda sentrifugadan foydalaniladi.
Sterillash orqali birlamchi filtrdan so`ng suvda qolgan kolloidlarni, qurt-qumursqa lichinkalarini (niqoblari), suv o`tlarini yo`qotib bo`lmaydi.
Navbatdagi filtrlashda (takror) suv g`ovaksimon materialdan o`tkazilayotganda teshik o`lchamidan katta o`lchamli zarrachalar ushlanib qoladi, bu yerda filtrlovchi muhit sifatida enzima ajratadigan mikroorganizmlarni cho`ktirish uchun matritsa (uyma qolip) ham muhim rol o`ynaydi. Enzima kolloidlarni yuqori qismini yiriklashtirib, ajralishini osonlashtiradi. Ba‘zan filtr sifatida sirt aktiv xossaga ega bo`lgan moddalar ham qo`llaniladi. Bunday filtrlar kolloidlarni adsorbtsiyalash uchun qo`llaniladi.
4. Kolloidlarni fil‘trlash va ajratish.
Suvni tozalashda filtr material sifatida qum va kizelgur qo`llaniladi. Statik filtrlovchi muhitga nisbatan farqi (mas: material yoki forforga) granulalangan filtrlovchi material oson yuviladi. Kizelgur unchalik katta bo`lmagan filtrlardan mas: basseyn suvlarini tozalashda ishlatiladi. Sanoat filtri sifatida qum yoki shag`al qo`llaniladi, filtr qalinligi 600-1500 mm. Filtrni to`liq to`yintirish uchun siqilgan havo va suv aralashmasi aralashtiriladi, so`ngra toza qum kiritiladi.
Oqava suvni tozalashda sekin va tez filtrlash usuli qo`llaniladi. Sekin filtrlash uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda qo`pol filtrda yirik zarrachalar ajratiladi, filtrlash tezligi 1 m/s. Ikkinchi bosqichda perefiltrlar qo`llaniladi: bu yerda kolloidlardan boshqa barcha aralashmalar ajratiladi. Uchinchi bosqichda (tezlik 200 mm/s) bakteriyalar ta‘sirida kolloidlar yiriklashtiradi va ajratiladi, bir vaqtda filtrda boshqa kolloidlar ham adsorbtsiyalanadi. Bu bosqichda asosiy bakterial membranani hosil bo`lishi muhim hisoblanadi.
Bu holat filtrni yuvgandan bir necha kun keyin ham mavjud bo`ladi. Tez filtrlash usuli tezligi 20 m/s ni tashkil etadi. Bunday tezlikda kolloidlarni ajratib bo`lmaydi, shuning uchun ular suv filtrlash jarayoniga kelganda koagullanadi.
Tez filtrlash usulida filtr 98 % SiO2 dan iborat; standart filtr zarrachalar o`lchami 0,3-1 mm ga teng, perefiltr zarrachalar o`lchami 2 mm.
Keyingi vaqtda suv sig`imlariga suv bilan tushadigan azot va fosfor birikmalarini ajratishga muhim e‘tibor berilyapti, aksincha bu esa suv o`tlarini rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari nitrat zaharli hisoblanadi. Shuning uchun oqava suv birlamchi va ikkilamchi tozalangandan so`ng uchinchi tozalash bosqichiga yuboriladi.
Vertikal tindirgichlar silindrsimon yoki kvadrat shaklga, konussimon taglikka ega rezervuarlardir. Vertikal tindirgichga oqova suv markaziy truba orqali beriladi. Tindirgich ichiga tushgach, suv pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi (2.3- rasm, b). Suvning yaxshi taqsimlanishi va loyqalanishining oldini olish maqsadida quvurlarni og‘zi kengaygan va taqsimlovchi to'siqli qilib tayyorlanadi. Shunday qilib, cho‘kish 0,5—0,6 m/s tezlikka ega bo'lgan cho'kuvchi oqimda sodir bo‘ladi. Cho‘kish zonasining balandligi 4—5 m. Har bir zarracha suv bilan birga и tezlik va og‘irlik kuchi ta’sirida wcho,k pastga qarab harakatlanadi. Agar wcho.k > и bo‘lsa, cho‘kish tezlashadi. Agar wcho.k < и bo‘lsa, zarracha suv bilan yuqoriga ko'tariladi. Vertikal tindirgichlaming samaradorligi gorizontal tindirgichlarga nisbatan 10—20 % pastroq. Radial tindirgichlar yumaloq shaklga ega rezervuarlardir. Ularda suv markazdan chetga tomon harakatlanadi. Bunda minimal tezlik chetki tomonda kuzatiladi. Bunday tindirgichlarni oqova suv sarfi 20000 m3/sut dan yuqori bo‘lganda ishlatiladi. Odatda 16—60 m diametrli tindirgichlar qo‘llaniladi. Ularning cho'ktirish samaradorligi 60% ni tashkil qiladi (2.3- rasm, d). Cho‘ktirish samaradorligini koagulant va flokulantlar yordamida zarrachalar o‘lchamini yiriklashtirib yoki oqova suvni qizdirib qovushqoqligini kamaytirish yo‘li bilan oshirish mumkin. Trubkasimon tindirgichlaming ishchi elementi diametri 25- 50 mm va uzunligi 0,6—1 m li trubkalar hisoblanadi. Ularni juda kichik (5° gacha) va katta (45—60°) qiyalikda o‘rnatiladi. Ularda awal tindirish, so‘ngra tquvurlarni cho‘kmalardan tozalash olib boriladi.


Uncha katta bo‘lmagan qiyalikli trubkasimon tindirgichlar


davriy ravishda ishlaydi (2.3- rasm, e). Muallaq zarrachalar ko‘p bo‘lmagan oqova suvlarni tindirish uchun sarf 100— 10000 m3/ sut bo'lganda ishlatiladi. Tozalash samaradorligi 80—85%.
Plastinasimon tindirgichlar qobig‘ida bir qator parallel o‘rnatilgan qiyali plastinalar bo‘ladi (2.3- rasm, Д Suv plastinalar orasidan harakatlanadi, cho'kma esa pastga cho'kma yig'gichga kelib tushadi. Bunday tindirgichlar to‘g‘ri oqimli va qarama-qarshi oqimli bo‘ladi. To‘g‘ri oqimli tindirgichlarda suv harakatining
yo‘nalishi bir xil, qarama-qarshi oqimli tindirgichlarda suv va
cho‘kma bir-biriga qarab harakatlanadi. Qarama-qarshi oqimli
tindirgichlar keng tarqalgan.
Suzish usuli sanoat oqova suvlarini samarali tozalashdan oldin,
kanal va quvurlarni toiib qolmasligi, shuningdek, oqova suvlar
tarkibidagi yirik aralashmalarni ajratib olish maqsadida qo‘llaniladi.
Bu jarayonni amalga oshirishda odatda panjara yoki elaklardan
foydalaniladi.
Panjaralar qo‘zg‘aluvchan, qo‘zg‘almas, shuningdek, maydalagichlar bilan biriktirilgan turlarga bo‘linadi. Panjaralar metall
naychadan tayyorlanadi va oqova suvning harakatlanish yo‘nalishiga
60—75° burchak ostida o‘rnatiladi. Doira kesimli naychalarning
qarshiligi kam bo‘ladi, ammo tez ifloslanadi, shuning uchun
ko‘pincha to‘g‘ri burchakli naychadan foydalaniladi. Panjaralar
oqova suvni turli xilda o'rnatilgan xaskashlar yordamida tozalaydi
(2.1-rasm).

Panjaralarda oraliq kengligi 16—19 mm, naychalar orasida


oqova suvning harakatlanish tezligi 0,8—1 m/s deb qabul qilinadi.
Panjaralarda yo‘qotilgan bosim (hp) quyidagi formula orqali
topiladi:

Download 386,66 Kb.
1   2   3   4




Download 386,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Oqova suvlarni tozalash moslamalarining kompleks ishlarini tahlil qilish va samaradorligini hisoblash

Download 386,66 Kb.