|
Mavzu: Oqova suvlarni tozalash moslamalarining kompleks ishlarini tahlil qilish va samaradorligini hisoblash
|
bet | 4/4 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 386,66 Kb. | | #147171 |
Bog'liq OQAVA SUVLARNI TOZALASH USKUNALARIhf = ^ l P / 7 g ) £, = p ( s / b ) 4^ s in a ,
bu yerda, шк — panjaraga kirguniga qadar suvning kanaldagi
harakatlanish tezligi, m/s; P — panjara to‘lib qolishi natijasida
bosim yo‘qotilishining oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent (P = 3 deb qabul qilinadi); £, — panjaraning mahalliy qarshilik koeffitsiyenti; g — erkin tushish tezlanishi, m2/s; a — panjaraning egilish burchagi, grad; s — sterjen qalinligi, m; b — steijenlar orasidagi oraliq kenglik, m; p — koeffitsiyent (to‘g‘ri burchakli
sterjen uchun, 2,42, egilgan sterjen uchun — 1,83, yumaloq sterjen uchun — 1,79).
Panjaralar yordamida ushlab qolingan iflos aralashmalar ajratib
olinib, qayta ishlashga yuboriladi. Bunda maydalagichlar,
mexanizatsiyalangan xaskashlar va transportyorlar ishlatiladi. Bu
ishlarni bajarish uchun sarf bo‘ladigan energiya sarfi 1000 m3
oqova suvga taxminan 1 kVt ni tashkil etadi. Ba’zi inshootlarda
panjara-maydalagichlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Panjara maydalagichlar
bir vaqtning o‘zida ham panjara, ham maydalagich vazifasini
bajaruvchi agregatdan iborat bo‘lib, maydalagich chiqindilami
suv tarkibidan ajratib olmasdan maydalaydi. Oqova suvlar tarkibidagi o‘ta mayda muallaq zarrachalami, shuningdek, qimmatbaho xomashyolarni ajratib olish uchun
elaklardan foydalaniladi. Elaklar 2 xil bo‘lishi mumkin: barabanli
vadiskli.
Barabanli elak yoriqlari 0,5—1,0 mm bo‘lib, to‘rsimon shaklda.
Baraban aylanish jarayonida oqova suv uning ichki yoki tashqi
tomonidan filtrlanib, tozalanadi. Filtrlash jarayoni suvni ichkaridan
yoki tashqi tomonidan berilishiga bog‘liq. Ushlab qolingan
aralashmalar to‘rdan suv yordamida yuvilib tarnovga uzatiladi.
To‘rli barabansimon elaklarning ishlash quwati barabanning diametri va uning uzunligiga, shuningdek, iflos aralashmalarning xususiyatiga bog‘liq. Bunday elaklar ko‘pincha to‘qimachilik, selluloza-qog‘oz va teri oshlash sanoatlarida ishlatiladi.
Cho'kmaga tushmaydigan muallaq zarrachalarning diametri
har xilligi sababli ularni fraksiyalarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun maxsus fraksionatorlardan foydalaniladi. Fraksionatorlar 2 qismli kameradan iborat bo‘lib, o‘rtada vertikal holatda
turuvchi to‘rsimon metalldan tayyorlangan devor bilan ajratilgan.
To‘rsimon d.evor tuynukchalarining diametri 60—100 mkm ga
teng. Oqova suv soplo orqali fraksionatorning ichiga kelib tushadi
va dag‘al hamda mayda fraksiyalarga ajratiladi. Ajratishda 50—80%
muallaq zarrachalar dag‘al fraksiyada qoladi (2.2-rasm).
Tindirish usuli oqova suv tarkibidagi dag'al dispers aralashmalarni cho‘ktirishda ishlatiladi. Cho‘ktirish og'irlik kuchi ta’sirida
olib boriladi. Jarayonni olib borish uchun qumtutgich, tindirgich
va tiniqlashtirgichlar qo'llaniladi. Tiniqlashtirgichlarda bir vaqtning
o‘zida tindirish bilan birga oqova suvni muallaq zarrachali qatlamdan
o‘tkazish ham amalga oshadi.
Oqova suvlardagi turli shakl va o'lchamga ega bo‘lgan muallaq
zarrachalarning fizik xossalari cho‘ktirish jarayonida o'zgaradi.
Xulosa
Katta sundan foydalanuvchi kimyoviy zavod yiliga bir necha million kubometr toza suvdan foydalaniladi. Suvni qayta ishlatish darajasi past, kanalizatsiya esa millionlab kubometrni tashkil etadi. Bu nafaqat koʻp suv resurslarini nobud qiladi, balki atrof- muhitni va suv resurslarining ifloslanishiga olib keladi. Suv taqchilligi ushbu yirik sanoat suv isteʼmolchilarining ishlab chiqarishiga tahdid solmoqda. Korxonalarning barqaror rivojlanishini taʼminlash va suv resurslarini isrof qilishni kamaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini yaxshilash. Kimyoviy oqova suvlarni oqova suvlarni qayta ishlatish uchun aylanma suvning gidratatsiyasi yoki dinamik mineralizatsiya qilingan suvning gidratlanishi sifatida chuqur tozalash kerak.
Adabiyotlar
A. Q. Qudratov Mehnat muhofazasi. Toshkent- 1995.
A. K. Kudratov. Oxrana okrujayushey sredi na predpriyatiyax xlopkoochistitelnoy i shelkovoy promishlennosti. «Ukituvchi» Toshkent - 1995.
I. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li - T. O‘zbekiston T.1. 1996 y.
I. Karimov. O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T. O‘zbekiston. T 2.1996 y.
I. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chu?urlashtirish yo‘lida. T.O‘zbekiston. T Z. 1996 y.
|
| |