Mavzu: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Reja




Download 50,54 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2024
Hajmi50,54 Kb.
#153191
  1   2
Bog'liq
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining
1-sinf Sh tovushi, 202.№12. 15-mavzu...., Antivirus dasturini o\'rnatish, 1. Omonbayev Jaloliddin 1-amaliyot, ,,Devoni lugati turk”dagi harakat fe’llari, Mavzu Toshkent o\'ymakorligining xiva o\'ymakorlik maktabidan far, kiyim modellarini yaratish, 011 Onatili 1 kurs 11 mavzu, Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik-fayllar.org, 002. II kurs 2 semestr 02 2-Mavzu Ikki to’g’ri chiziqning o’zaro joylashuvi, antonim, 1 , 23256, Mustaqil ish, kurs jumisi namuna



Mavzu: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.

Reja:
1. Korrupsiya nima.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati.
3. Korrupsiyaga qarshi kurash.

Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi qam K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Korrupsiyadan holi jamiyat va davlatni yaratish mamlakat taraqqiyotining mustaxkam kafolati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 7 dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida “Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz” deb , ta’kidlagan edi.
O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash va “korrupsiyasiz soha”ni takomillashtirish bilan bog‘liq dolzarb muammolarning muhim konseptual g‘oyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator ma’ruza hamda asarlarida (“Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”. I jild; “Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz”; “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarni ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”; “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”; BMT Bosh Assambleyasi 72, 75-sessiyalarida so‘zlagan nutqlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari), shuningdek, Respublikamiz olimlaridan Q.R.Abdurasulova (“Jinoyatning maxsus sub’ekti”), R.A.Zufarov (“Poraxo‘rlik uchun jinoiy javobganrlik”), I.M.Mirzaraimov (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkoralashtirishga qarshi kurashning huquqiy choralari”), Sh.R. Qobilov (“Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari”) larning asarlari, monografiyalari, risolalari, ilmiyuslubiy maqolalarida o‘rganilgan.
Mazkur maqolada o‘rganilayotgan muammo ilmiy tadqiqotning siyosiy-huquqiy tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiylik, ilmiylik va xolislik metodlari asosida yoritilishiga harakat qilindi.
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat .
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me’yorlar o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Qonundan ko‘zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganligi mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shartsharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligitashkil etildi. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanib, prezidentga bo‘ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shartsharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257son Farmoni e’lon qilindi.
Yuqoridagi ma’lumotlar va fikrlardan kelib chiqib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo‘yicha quyidagi takliflar bermoqchimiz:

  • jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar oshirish;

  • korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish;

  • ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

  • davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmunmohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma’lumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar);

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televidenie, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bag‘ishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish;

  • davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik sub’ektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish;

  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim bo‘yicha maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ta’lim standartlariga kiritish;

  • davlat organlari mutaxassislari va ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish va hokazolar.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tdilar.
Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan qonunchilik tashabbusi sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Hujjatda keltirilishicha, Qonun loyihasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan.
Qonun loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi sub’ektlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash va hamkorligini kuchaytirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasini tuzish va uning tarkibiga tadbirkorlar jamoat birlashmalarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.
Shunday qilib, qonunning amalga kiritilishi fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g‘ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko‘maklashadi va natijada ishchanlik faolligi o‘sishiga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 68-P-sonli buyrug‘i bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi masalalar Qo‘mitaning Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish boshqarmasiga (Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi) yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5729-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mitaning 30.08.2019 yildagi 96-P-sonli buyrug‘i bilan Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi ichki Komissiyasi tuzilgan.
“Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli Farmoni, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda dasturiy hujjatlaridagi o‘zaro mushtarak maqsad va vazifalarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan.
Shu bilan birga, tizim xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat qoidalari va Qo‘mita tizimida korrupsiya xavfiga eng ko‘p moyil bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari va lavozimlari ro‘yxati shakllantirilgan va Qo‘mitaning 2022 yil 15 sentyabrdagi 124-ICh-sonli buyruq bilan tasdiqlangan.
Bundan tashqari, Qo‘mitaning 15.12.2020 yildagi 164 k-LS-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rtasida «Qo‘mita tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi Tartib» tasdiqlangan hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan.
O‘z navbatida, Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish, bu borada belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, Qo‘mitaning 21.05.2021 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 72-ShT-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita markaziy apparati tuzilmasida Ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplaens va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, boshqarmaning Nizomi va xodimlar lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlangan.Shu bilan birga, huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqidagi xabarlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha “ishonch telefoni” (71-207-49-00) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va nizomi tasdiqlangan. Ushbu nizomda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq arizalarni qabul qilish, Qo‘mita tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar ko‘rib chiqish tartibi belgilangan. Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid anonim shikoyatlar uchun alohida elektron pochta (acc@antimon.gov.uz) hamda @ACRUantic_bot telegram kanali yaratilib, o‘z faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda. Shu bilan birga, Qo‘mitaning “Facebook”dagi rasmiy sahifasida kanalida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid materiallar joylashtirib boriladi.
Qo‘mitaning tegishli buyrug‘iga asosan Qo‘mita va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risidagi Nizomi, Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish Yo‘riqnomalari tasdiqlangan. xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, kontragentlarni o‘rganishga oid yo‘riqnoma, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Shuningdek, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan BMT TDning «O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» loyihasi bilan birgalikda

Download 50,54 Kb.
  1   2




Download 50,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Reja

Download 50,54 Kb.