|
Mavzu: O`zbekistonda valyuta bozorini rivojlantirish yo`llari
|
bet | 7/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #237943 |
Bog'liq Valyuta bozorini rivojlantirish yo`llariBugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2 sentyabr sanasida imzolangan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir.uz nashri. - Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2 sentyabr sanasida imzolangan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
- Ushbu farmon 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinganligi alohida qayd etilmoqda.
- Mazkur farmonning to‘liq matnini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
- Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
- Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.
|
| |