• Topshiriq berilgan sana: «______» _____________________2024 y. Raxbar: ________________ _________________________________ ( imzo) (
  • MAVZU. OZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MUAMMOLARI. MUNDARIJA
  • II BOB OZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATINING OSISH OMILLARI………………………………………………………………………14
  • XULOSA………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………….30 KIRISH Kurs ishi mavzusi dolzarbligi
  • Kurs ishini bajarish davomida ko‘riladigan masalalar




    Download 78,75 Kb.
    bet2/10
    Sana19.05.2024
    Hajmi78,75 Kb.
    #244543
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    O\'ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH

    3. Kurs ishini bajarish davomida ko‘riladigan masalalar:________________________________________________________
    _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


    Topshiriq berilgan sana: «______» _____________________2024 y.


    Raxbar: ________________ _________________________________
    (imzo) (F.I.SH.mansabi)


    Topshiriqni bajarishga oldim: ___________ ___________________
    (imzo) (F.I.SH.gurux)


    MAVZU. O'ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MUAMMOLARI.
    MUNDARIJA:
    I BOB.IQTISODIY SALOHIYAT IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDA…………………………………………………………………………6
    1.1 Iqtisodiy salohiyat tushunchasi …………………………………….………….6
    1.2 Iqtisodiy salohiyat tarkibi …………………………………………………….8
    1.3 Iqtisodiy salohiyat shakllanish omillari…………………………………….…10
    II BOB O'ZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATINING O'SISH OMILLARI………………………………………………………………………14
    2.1 O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishning innovation yo'li………14
    2.2 Ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish va iqtisodiy o'sishning yangi manbalarini jalb etish chora tadbirlari……………………………………19
    2.3. O'zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasi……………………………………………………21
    XULOSA………………………………………………………………………26
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………….30

    KIRISH
    Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati haqidagi muammolar va u haqidagi oʻrganishlar davlatimiz oldida turgan asosiy masala va vazifa hisoblanadi. Chunki, davlatning iqtisodiyoti qanchalik yuqori darajada boʻlsa, mamlakatdagi aholining turmush darajasi, mamlakatning jahondagi oʻrni va unga eʼtibor shuncha yuqori boʻladi. Biz bu kabi iqtisodiy tahlillarni yurtimiz olimlarining fikrlari orqali bilib olishimiz yanada osonlashadi. Misol uchun, A.Oʻlmasov va A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslik kitoblarida mamlakat iqtisodiyoti haqida juda aniq va ravshan fikrlari orqali ushbu tushunchani tushuntirib berishgan: “Iqtisodiyot kishilarning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan noz-ne’matlarni yaratadi, ularni kishilar iste’moliga yetkazib beradi. Demak, u hayot kechirishni kafolatlaydi. Qayerda iqtisodiyot rivoj topgan bo‘lsa, shu yerda kishilar rohat-farog‘atda yashaydi va aksincha, qayerda iqtisodiyot qoloq bolsa, shu yerda kishilarning qorni to‘ymaydi, usti but bolmaydi, ular doimiy muhtojlikda zo‘rma- zo‘raki kun o‘tkazadilar“. Har bir mamlakatning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi, chunki iqtisodiyot yuksak boʻlgan mamlakatda rivojlanish ham yuqori boʻladi. Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, yurtimiz Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati ham yildan yilga o‘sib bormoqda. Mamlakatimiz 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida koʻplab yutuqlarga erishdi. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash uchun turli xil choralar ko’rildi, shuningdek, moliya tizimini liberallashtirildi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish bo’yicha turli xil izlanishlar olib borildi va milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdoga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mamlakatimizda 2017-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar , biznes yuritish bo’yicha xorijiy valyutalar konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari , soliq stavkalari kamchiliklarini bartaraf etilmoqda va bu orqali iqtisodiy salohiyatni isloh qilishga katta ko’mak bermoqda. O‘zbekistonning geografik joylashuvi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham kuchli, ham zaif jihatlarni oldindan belgilab qo‘ygan. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan chegaradosh ekanligi uning mintaqa bozorlaridagi ahamiyatini oshiradi. Hudud bo‘ylab o‘tgan Buyuk ipak yo‘li yurtimizga katta manfaat keltirgan. Ikkinchi tomondan, mamlakatimiz Yevropa va Osiyo bozorlariga bir necha davlatlar orqaligina chiqish imkoniyatiga ega. Arzon dengiz yo‘liga chiqish qiyin. Shuning uchun ham hukumatimiz temir yo‘l va avtomobil xalqaro koridorlarini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xalqaro mintaqaviy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Natijada, ichki va tashqi yo‘lovchi va yuk tashish aylanmalari yildan-yilga oshib boryapti. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama-qarshiliklarningkuchayib borishi va jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fantexnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar –islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Hozirgi keskinlik bilan rivojlanib borayotgan dunyoda yetakchi davlatlardan biri boʻlish uchun albatta mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlanayotgan boʻlishi kerak. Shu maqsadda, mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yurtimiz iqtisodiyotiga ham alohida eʼtibor qaratishni taʼkidlab oʻtganlar.

    Download 78,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 78,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishini bajarish davomida ko‘riladigan masalalar

    Download 78,75 Kb.