|
Innovatsion mahsulotlarni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste’molchisini shakllantirish zarur
|
bet | 7/10 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 78,75 Kb. | | #244543 |
Bog'liq O\'ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISHInnovatsion mahsulotlarni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste’molchisini shakllantirish zarur
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ilxom Abdullayev innovatsion yechimlar iste’molini rag‘batlantirish zaruratiga e’tibor qaratib, rag‘batlantirish shakllarini qonun loyihasiga kiritishni hamda ilm-fan sohasini soliqlardan ozod etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikani innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg‘or 50 ta mamlakat ro‘yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi, ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi, ilm-fan sohasida yuqori malakali kadrlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi.Shunday bo‘lsada, mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ilm-fan va innovatsiya sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda shaffoflikni oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlarini jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Milliy ilm-fan va innovatsiya tizimining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
1. Quyidagilar Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) asosiy vazifalari etib belgilansin:
- mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
- hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
- ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish; ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
- yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish;
- innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk ob’ektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
- iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Quyidagilar Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
- biotexnologiyalarni rivojlantirish sohasida biofarmatsevtik mahsulotlar, rekombinant va DNK vaksinalar, biotibbiyot tashxislash texnologiyalari hamda hududlar xususiyatidan kelib chiqib gen va hujayra muhandisligiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi biotexnologik navlarini yaratish;
- tuproq unumdorligini oshirish sohasida tuproq resurslari holatini kompleks monitoring qilish tizimi hamda resurs tejamkor sug‘orish va o‘g‘itlantirish agrotexnologiyalarini yaratish, bunda hududlarda mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etib, tuproqdagi mavjud foydali va zararli moddalarni aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrokimyoviy xaritalarini ishlab chiqish;
“sun’iy intellekt”ni joriy etish sohasida yo‘l transport infratuzilmasi, ta’lim va sud tizimida “aqlli” innovatsion texnologiyalarni yaratish;
qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai – “yashil” vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratish;
chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika usullarini qo‘llash orqali chorva zotlarining genofondini ko‘paytirish va go‘sht mahsuldorligini oshirish, yem-ozuqa bazasini kengaytirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligi sohasida qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining innovatsion konstruksiyalarini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini yaratish.
3. Quyidagilar:
Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, chora-tadbirlar dasturi doirasida
Innovatsion rivojlanish vazirligi – loyihalar (ishlanmalar)ni tashabbus qilish (yaratish) va amalga oshirishda ko‘maklashadi, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda belgilangan tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
ilmiy tashkilotlar hamda tegishli vazirlik va idoralar – har bir loyiha (ishlanma)ni amalga oshirish (yaratish) uchun chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi hamda ularning tegishli tarmoqlarga joriy etilishini ta’minlaydi.
Vazirlik chora-tadbirlar dasturida belgilangan loyihalar (ishlanmalar)ni moliyalashtirishga venchur jamg‘armalari va xususiy sektor vakillarini keng jalb qilsin.
|
| |