|
Iqtisodiy salohiyat shakllanish omillari
|
bet | 5/10 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 78,75 Kb. | | #244543 |
Bog'liq O\'ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH. Iqtisodiy salohiyat shakllanish omillari
O'tgan olti yilda mamlakat taraqqiyotini ta'minlash uchun belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalarning o'z vaqtida hayotga tadbiq etilishi natijasida O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy o'sish surati tubdan o'zgardi. Bu borada, eng avvalo, islohotlarning qon-tomiri bo'lgan, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta'minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e'tibor qaratildi.Natijada, valyuta bozori liberallashtirilib, valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi. Import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Bunday qulay investitsiya muhitini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida so'nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 barobar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etdi.Shu bilan birga, bojxona to'lovlari stavkalari ikki baravar pasaytirildi. Hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zahiralari holati to'g'risidagi barcha statistik va tahliliy ma'lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borishi yo'lga qo'yildi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun barcha zururiy sharoitlar yaratib berildi. Buning natijasida esa, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirish amaliyoti bekor qilindi. Sohaga axborot texnologiyalarining keng joryi etilishi natijasida tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlari soni, ro'yxatdan o'tish uchun ketadigan vaqt qisqardi.Jumladan, sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga qisqardi, ayrim soliq stavkalari 2 barobar kamaytirildi. 2019 yilda qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirilgan bo'lsa, kelgusi yildan boshlab 15 foizdan 12 foizga tushiriladi.Ushbu haftada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisida yuqoridagi kabi amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda, O'zbekistonda kelgusida amalga oshiriladigan keng ko'lamli islohotlar haqida ma'lumotlar aytib o'tildi.Jumladan, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil` Reno-Basso xonim hamda jahonning etakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etgan ushbu anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta'minlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish mamlakatda amalga oshirilayogan islohotlarning asosiy yo'nalishi etib belgilanganligi ta'kidlandi.Shu bois, barcha imkoniyatlardan keng va samarali foydalangan holda kelgusi 10 yil davomida yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi ko'rsatkichdan ikki barobar oshirish, xususan, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar” qatoriga kirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, bunday yuksak marralar uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga etkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan.Ushbu investitsiyalarni, eng avvalo, aholining turmush farovonligi va kundalik ehtiyojlarida birlamchi ahamiyat kasb etuvchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ta'lim va sog'liqni saqlash kabi davlat tasarrufidagi an'anaviy sohalarni taraqqiy ettirish yo'nalishlarida o'zlashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekistonda ilg'or xorijiy amaliyot va tajribani joriy etish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Investorlarning huquqini himoya qilish qo'mitasini tashkil qilish taklifi ilgari surildi.Samimiy muloqot ruhida bo'lib o'tgan uchrashuvda bank-moliya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy banklarni O'zbekistonga faol jalb etish, samarali fond bozorini shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.So'nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirilishi natijasida O'zbekistonda 1 ming 200 ta davlat korxonasi xususiylashtirildi. Kelgusi yilning o'zida yana mingga yaqin korxona va ko'chmas mulk ob'ektlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan.Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga faol tatbiq etib kelinmoqda. Qisqa muddatda mazkur yo'nalishda sezilarli natijalarga erishilganligi buning yorqin misolidir. Birgina energetika sohasida O'zbekiston, ushbu mexanizmlardan foydalangan holda, 8 milliard dollardan ortiq mablag'ni jalb etdi.Xorijiy investittsiyalarni o'zlashtirishda O'zbekistonning yana bir o'ziga xos tarmog'i bu boy tabiiy resurslaridir. Ayni kunlarda O'zbekiston oltin zaxiralari bo'yicha dunyoda 2-o'rinni, mis bo'yicha – 7-o'rin, vol`fram bo'yicha – 8-o'rin, kumush bo'yicha – 9-o'rin, uran bo'yicha – 12-o'rinni egallab turibdi.Shu bois, foydali qazilma konlarini o'zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma'lumotlarni ochiq e'lon qilindi. 10 dan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o'zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirildi, er solig'i bekor qildindi, maxsus texnikalarni olib kirish bojxona to'lovlaridan ozod etildi.
Yana bir iqtisodiy yo'nalishda dolzarb bo'lib, kun tartibiga chiqqan muhim masala bu — “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalasidir. O'zbekiston Hukumati tomonidan so'nggi yillarda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish jarayonida faol ish olib borilmoqda.Qabul qilingan strategiyamizga muvofiq, 2026 yilga borib muqobil manbalardan olinadigan energiyaning umumiy generatsiyadagi ulushini 25 foizga etkazish belgilangan. Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishgak alohida e'tibor qaratiladi.Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarining aynan davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilishi hamda bu jarayonda qonun ustuvorligi, xususiy mulk daxlsizligi hamda mulkdorlar huquqlarini himoya qilish bosh tamoyillaridan biri etib belgilanganligi, O'zbekistonda boshlangan iqtisodiy islohotlar ortga qaytmas darajada qat'iy ekanligini bildiradi.
|
| |