• Agrosanoat majmuasi / Agro-Industrial Complex / Агропромышленный комплекс
  • Agrosanoat integrasiyasi / Agro-Industrial Intigration / агропромышленной интеграции
  • Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish. Reja




    Download 467.27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/20
    Sana29.06.2022
    Hajmi467.27 Kb.
    #24556
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    Agrar sektorni rivojlantirish
    Darsning texnologik xaritasi, Ранглар, Hali borilmagan yaqin shaharga borish algoritmi (1), 1711882345
    Agrar masala / Agricultural issue / Сельскохозяйственный вопрос – qishloq 
    xo’jaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xo’jalik yuritish usullari yuzasidan paydo 
    bo’lgan va har bir davrda o’z yechimini talab qiluvchi masala.
    1
    Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озиқ-овкат хавфсизлиги”. Ўқув қўлланма. 
    Т.: “ЎзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. – 257 б. 


    13 
    Agrosanoat majmuasi / Agro-Industrial Complex / Агропромышленный комплекс 
    – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va 
    iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida, o’zaro texnologik va xo’jalik aloqalar bilan 
    bog’langan iqtisodiyotning tarmoqlari va xizmatlari yig’indisidan iborat, yagona maqsad 
    yo’lida ishlaydigan majmuadir. Agrorsanoat majmuasi murakkab tarkibga ega. Unga 
    agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlaga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan 
    yirik sanoat korxinalari (qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoati, omuxta yem ishlab chiqarish 
    sanoati, meneral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy vositalar va qishloq xo’jaligi 
    maqsadlari uchun dori darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar), qishloq xo’jaligining o’zi, 
    qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan korxona va tashkilotlar, qishloq xo’jaligi 
    mahsulotlarin qayta ishlovchi korxonalar, ularni saqlaydigan, tashiydigan va tayyor mahsulotni 
    iste’molchilarga yetkazib beradigan ulgurji va chakani savdo tashkilotlari kiradi. Bundan 
    tashqari agrosanoat majmuasi mo’tadil ishlashini ta’minlaydigan ko’p tarkibli xizmat 
    ko’rsatish infratuzilmasiga ham egadir. Agrosanoat majmuasi agrosanoat integrasiyasining 
    mahsuli sifatida shakllanadi. 
    Agrosanoat integrasiyasi / Agro-Industrial Intigration / агропромышленной 
    интеграции – sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy munosabatlarning 
    chuqurlashishi asosida bir butun tizimga aylanishi. Uning asosini iqtisodiy, fan va texnika, 
    texnologiya va boshqa xo’jalik imkoniyatlarini birlashtirish orqali ishlab chiqarish va 
    mehnatning umumlashtirilishi tashkil etadi. Agrosanoat integrasiyasining rivojlanishi qishloq 
    xo’jaligiga sanoatning kirib kelishini, qishloqning iqtisodiy va ijtimoiy masalalarini optimal 
    yetish imkoniyatini kuchaytiradi.

    Download 467.27 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 467.27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi omillari va agrosanoat sektorini rivojlantirish. Reja

    Download 467.27 Kb.
    Pdf ko'rish