Mavzu: personalni boshqarishda assesment- texnologiyalari




Download 64,73 Kb.
bet10/11
Sana10.01.2024
Hajmi64,73 Kb.
#134008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rahimboy korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini

VI. XULOSA
Boshqarish usullarini qo‘llash natijasida ob‘ektiv iqtisodiy qonunlarning talabi va ularning amaliyotda ko‘rinishi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham boshqarish usuli ana shu qonunlarning amal qilish mexanizmi rolini bajaradi. Korxonalarda personal tizimini va rahbarlik uslublarini takomillashtirishda iqtisodiy usullar orqali boshqarish mehnatni moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish – ish haqi, lavozim maoshlari turli shakllar va tizimlardan foydalanishni, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish va hokazolarni nazarda tutadi. Mehnatni rag‘batlantirishni tashkil qilish mehnat faoliyatida yuksak shaxsiy va jamoa ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanishga, ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘zlashtirishga, ish joylarini yaxshiroq tashkil etishga, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta‘minlashga har bir xodimni qiziqtirishga qaratilishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarida personal tizimini va rahbar uslublarini takomillashtirsh usullarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda va o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda.
1. Personalni boshqarish – alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini
ta‘minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy,
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir.
Personalni boshqarish (Personal management) konsepsiyasi XX asrning 30-
yillaridan boshlab shakllana boshlagan va uning nazariy asosi sifatida insonga
xizmat vazifasi orqali qaralishi qabul qilingan bo‘lib, boshqaruv ma‘muriy
vositalar (tamoyillar, uslublar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshirilishi
nazarda tutiladi.Personalni boshqarish deyilganda ham alohida menejerlar, ham umumanboshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo, boshqaruv faoliyati
tizimi tushuniladi.
2.Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, quyidagicha tabaqalanadi.
3. Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga
moslashishga majburdir. Shuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni
ta‘minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar
hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya‘ni personal mehnat
faoliyati bilan bog‘liqdir.
4. Korxonalarda rahbar personalni boshqarishning muayyan, aniq maqsadga
yo‘naltirilgan chora tadbirlarni ko‘rish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon
quyidagilarni ko‘zda tutadi: personal bilan ishlashning maqsadlari va asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash, qo‘yilgan maqsadga erishishning vosita, shakl va
uslublarini aniqlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni
tashkil etish, belgilangan tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish,
personal bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish.



Download 64,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 64,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: personalni boshqarishda assesment- texnologiyalari

Download 64,73 Kb.