-rasm. Korxonalarda mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag‘batlantirish usullari




Download 64,73 Kb.
bet8/11
Sana10.01.2024
Hajmi64,73 Kb.
#134008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rahimboy korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini

4-rasm. Korxonalarda mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag‘batlantirish usullari



  • erishilgan natijalar uchun taqdirlash (% foydadan, komissionlar, ob‘ektni ekspluatatsiyaga kiritish va boshqalar);

  • ijtimoiy ne‘matlar personal oladigan pul va moddiy ne‘matlar yig‘indisi;

— pansionat, dam olish uylariga imtiyozli yo‘llanmalar va boshqalar; — korxona kiyim-kechagi, uy-joy uchun kreditlar ajratish va boshqalar;
sport va sog'lomlashtirish inshootlaridan foydalanish, yubileylarga sovg'alar, malaka oshirish uchun to‘lovlar va boshqalar.
Ijtimoiy kafolatlar: ta‘til uchun kompensatsiya to‘lovlar; kasallik varaqalarini to‘lash; stipendiyalar; hayotni sug‘urtalash; yordam pullarini to‘lash.
Respublikamizda hozirgi paytda amalga oshirilayotgan mehnatga haq
to‘lashni davlat yo‘li bilan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:7
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini qonun bilan belgilash va o‘zgartirish;
— korxona va tashkilotlar tomonidan mehnatga haq to‘lashga ajratiladigan mablag‘larni, shuningdek, jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq bilan tartibga solish;
koeffitsientlarni va foiz ustamalarini belgilash;
— mehnatga haq to‘lash bo‘yicha davlat kafolatlarni belgilash.
Mehnatga haq to‘lashni rag'batlantirish, bundan tashqari, bosh, tarmoq, hududiy, jamoa va yakka tartibdagi shartnomalar hamda bitimlar asosida amalga oshiriladi. Mehnatni me‘yorlashtirish - mavjud texnologiya doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mehnat miqdorini baholash bo‘yicha chora-tadbirlardir.
Personalni boshqarishda mehnatni me‘yorlashtirish bo‘yicha faoliyat kompleks hisoblanib, u aralash vazifalarni yechish imkonini beradi.
Me‘yorlashtirishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
— ishlab chiqarishni rejalashtirish va personalga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
(sifat va miqdor);
ish haqi xarajatlari hisob-kitobi;
— ishlab chiqarish samaradorligi va natijaviyligining o‘zgarishini baholash.
Korxonalarida savdoni rag‘batlantirishning turli xil usullari turlicha maqsadlarga qo‘llaniladi va javob beradi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari (masalan, savdo korxonasi)da yangi xaridorlarni jalb etgan, mahsulot sotilishini tezlashtirishga hissa qo‘shgan, foydalanuvchilarning takroriy xaridlari sonini oshirishga muvaffaq bo‘lgan xodimiga nisbatan rag‘bat rag‘batlantirish orqali choralarini amalga oshiriladi. Personal sotishni rag‘batlantirish(mahsulotxizmatning sotilishi)ga undovchi qisqa muddatli tadbirlarda faol qatnashsa, tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali ko‘rinishda havola etsa, savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari maxsus rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqishda qatnashsa, tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing texnologiyasini qo‘llasa, sotuvchilar albatta quyidagi iqtisodiy usular orqali rag‘batlantiriladi: ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma berish), ma‘lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid qilayotgan tovar ma‘lum bir me‘yordan oshsa), mukofotlar berish va boshqalar tushuniladi.
O‘n yil oldin savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha reklamalarga va tadbirlarga qilingan xarajatlar nisbati taxminan 60:40 ni tashkil etgan edi. Bugun ko‘pgina qadoqlangan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaradigan kompaniyalarda savdoni rag‘batlantirish uchun marketing kommunikatsiyalarining 70% to‘g‘ri keladi (bunda savdo qiluvchilarni rag‘batlantirish uchun taxminan 50 %, iste‘molchilarni rag‘batlantirish uchun taxminan 20 % sarflanadi). Keyingi 20 yil davomida savdoni rag‘batlantirish ulushi ko‘tarilishdagi xarajatlarning umumiy hajmida doimiy ravishda ortib bormoqda. Ayniqsa, iste‘mol bozoridagi bunday tez o‘sishga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Ta‘minotchi kompaniyalar rahbarlari savdoni rag‘batlantirishni sotishning eng samarali vositalaridan biri sifatida anglaydilar, yanada ko‘proq menejerlar rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish malakasini egallamoqdalar, tovarlar bo‘yicha menejerlar joriy savdoning o‘sib borayotgan talablari bosimi ostida qolmoqdalar. Yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va mavjud mijozlar iste‘mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan ichki faoliyat.


Download 64,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 64,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Korxonalarda mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag‘batlantirish usullari

Download 64,73 Kb.