Korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini




Download 64,73 Kb.
bet4/11
Sana10.01.2024
Hajmi64,73 Kb.
#134008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rahimboy korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini

2.3 Korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini

iqtisodiy usullarda qo‘llash zaruriyati

Amaliyotda usullar tizimini to‘g'ri qo‘llash boshqarish tamoyillariga


bog‘liq bo‘ladi. Chunki usullar har doim boshqarish tamoyillar tomonidan belgilangan qoida, nizom asosida qo‘llaniladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib o‘z ishonchi bilan boshqalarga yetakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g‗alabaga ishontiradi, atrofiga istiqbolli xodimlarni yig‗ib, ularning hurmatini qozonadi, qo‘l ostidagilarni sevadi, ularning muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori darajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi.Boshqarishni iqtisodiy usullarining hozirgi paytdagi o‘zgarish omillaridan eng asosiysi boshqarishni ilk chiziqli shaklidan gorizontal shakliga o‘tish hisoblanadi. Bunda boshqarish ob‘ektiga ta‘sir nafaqat yuqori boshqarish organlari tomonidan, balki korxona bilan bog‘langan mijozlar, iste‘molchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ta‘sir qilish usullari o‘z ifodasini o‘zaro majburiyatlar, bitimlar va shartnomalarda topadi. Iqtisodiy usullarning harakati sharoitida pastki bo‘g‗inlarga markazlashgan ta‘sir ko‘rsatish susayadi. Iqtisodiyotning pastki bog‘inlari mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi uchun katta huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona va xo‘jaliklarning o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi amalga oshiriladi. Boshqarishning, xususan, mehnat samaradorligini boshqarishning ishlab chiqarish iqtisodiy maqsadi eng kam jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari sarflangan holda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish uchun zarur mahsulot chiqarish bilan belgilanadi.

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy maqsad mehnat jarayonining amal qilish uchun ijobiy ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi.

  2. Mehnat samaradorligini boshqarish maqsadlariga erishish vositalari nafaqat kishilar foydali mehnat faoliyatining ishlab chiqarish iqtisodiy, ijtimoiyiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy natijalari amalga oshirish, balki natijalarga nominal mehnat va vaqt xarajatlari yordamida erishishni ta‘minlash kerak.

  3. Mehnat samaradorligini boshqarishning yana bir prinsipini bu moddiy va ma'naviy rag'batlantirishning optimal birligi prinsipidir. Bu prinsipni amalga oshirishda xo‘jalik hisobini boshqaruvning barcha darajalarida joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bunda xodimlarni moddiy rag'batlantirish bilan birga yuqori samarali mehnatni ma'naviy rag'batlantirish ham muhim rol o‘ynaydi.

  4. Boshqaruvga aniq holatni, sharoit-tahlilini hisobga olish prinsipi muhim o‘ringa ega. Bu prinsipning o‘ziga xos xususiyati shundaki, iqtisodiy holatni to‘g'ri baholay bilish, to‘g'ri qaror qabul qilish va xulosa chiqarish kerak bo‘ladi.

  5. Mehnat samaradorligini boshqarishni optimal tashkil etish maqsadida birinchi navbatda «mehnat salohiyati» tushunchasini ilmiy asoslash kerak, undan keyin esa bu maksimal yuqori koeffitsientini ta'minlash kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarida personalni boshqarishda iqtisodiy usullarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda va o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaganligi sababli, personalga qo‘llashning ahamiyatli tomoni shundaki, xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ularning manfaatli bo‘lishini ta‘minlovchi iqtisodiy sharoit yaratilishidir. Bozor iqtisodiyoti ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo‘lib, narx, soliq, kredit va ish haqi vositasida
o‘zgarishini qat‘iy tartibga solmay, barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta‘sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va h.k.), ya‘ni xo‘jalik faoliyatiga ta'sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g'ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta‘minlovchi tadbirlardan iboratdir. Korxonalar, aksioner jamiyatlari, kichik biznesda muhim boshqaruv usullaridan biri biznes-reja bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida ob‘ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining barcha tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, moddiy-texnikaviy ta'minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h. k.larni qamrab oladi. Boshqarish usullari tizimida iqtisodiy usullar markaziy hisoblanadi.
Iqtisodiy usul iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish ob‘ektiga ta‘sir ko‘rsatish ma‘nosini anglatadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida personalni boshqarish va mehnat natijalarini rag‗batlantirishda motivatsiyaning quyidagi iqtisodiy va noiqtisodiy usullari qo‘laniladi. Ishga qiziqtirish nazariyalarida rag‘batlantirish shunchaki pul va imtiyozlardan ancha kengroq ma‘no kasb etadi. Rag‘batlantirish inson o‘zi uchun qadrli deb hisoblaydigan hamma narsani qamrab oladi.Hozirgi davrda insonning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqishi sabablari ancha murakkab, odatda ularni tushunib yetish qiyin, demakki bu qiziqishga ta‘sir o‘tkazish ham oson emas.
Insonning qiziqishi tarkibiga uning xatti-harakatlari asosi, deb qarash mumkin va bu tarzda o‘zini tutishga da‘vat qiluvchi ichki kuch sifatida qaraladi. Bu tarkib muayyan barqarorlikka ega. Shunga qaramasdan, insonni tarbiyalash jarayonida, uning ta‘lim saviyasi oshishi bilan qiziqish tarkibi ham o‘zgarib boradi. Hozirgi vaqtda personalga ma‘muriyat tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar berish tajribasi keng yoyilmoqda. Ular quyidagilardan iboratdir: xodim maqomi nufuzini belgilovchi, xodim ijtimoiy himoyalanganligini ko‘rsatuvchi, bevosita bajarilgan ish va ishlab chiqarish vazifasi uchun belgilangan imtiyozlar.
Korxonalarda masalan, savdo firmalari yoki kompaniyalarning savdo bo‘limlari marketing tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqsimlash yoki sotish, ishlab chiqarish jarayoni uchun talab qilinadigan xom-ashyo va materiallarni sotib olish, iste‘molchilar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, muzokaralar o‘tkazish, oldi-sotdi shartnomalarini tayyorlash va tuzish, ularning sifatli ijro etilishini nazorat qilish, tovarni narxi kamaytirib sotilishi, iste‘molchiga yetkazishning reklama tadbirlarida, ko‘rgazma ishlarida rag‘batlantirish siyosatini amalga oshirish, tovar assortimentini rejalashtirishda ishtirok etish va yordamlashish, tovarni aniq bozor iste‘molchilari talablarining ma‘lum darajasigacha yetkazish, texnik qo‘llab-quvvatlash va servis xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish, savdo vositasini moliyalashtirish kabi ushbu keng qamrovli funksiyalarni sotuvchilar bajaradigan savdo operatsiyalarining juda katta samaradorligini ta‘minlaydi. Vositachilarning yirik ko‘lami yuqori kasb mahorati, universal hamda ixtisoslashgan operatsiyalari hisobiga savdo va tijorat sohalarida xarajatlarning qoplanishi va mablag‘larning aylanishi tezlashadi, yakuniy xaridorlar uchun qulaylik yaratadi, mablag‘ va vaqtni kam sonli ishchanlik munosabatlarida tejaydi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari personalini iqtisodiy usullari orqali boshqarishda har bir marketing kompaniyasining asosiy unsuri sifatida savdoni rag‘batlantirish hisoblanib, o‘zida iste‘molchilarni va vositachilar tomonidan alohida tovar yoki xizmatni xaridini tezlashtirish yoki kengaytirishga chaqiruvchi, undovchi usullar kompleksini o‘z ichiga oladi.

III . KORXONADA PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMINI VA



Download 64,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 64,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini

Download 64,73 Kb.