Ip pishituvchi mashinaning ta`minlovchi apparati




Download 2.25 Mb.
bet7/8
Sana10.04.2017
Hajmi2.25 Mb.
#4437
1   2   3   4   5   6   7   8
Ip pishituvchi mashinaning ta`minlovchi apparati

9-расм.Ип пишитувчи машинанинг таъминловчи аппарати: а)- иш ҳолати, б) – ип узилгандаги ҳолати.


Ipning chiqaruvchi asbobdan o`tishini va ip uzilganda ipning kelishini to`xtatuvchi. ya`ni ta`minlovchi appart – mexanizm 9-rasm, a va b da ko`rsatilgan. U quyidagicha ishlaydi. Ip tutkich 2 dan o`tayotgan ip sim ramka 1 ni ish holatida tutib turadi (9-rasm). Naychadagi ip uzilsa yoki tugasa, ramka o`q 3 atrofida aylanadi va ip siljib ustki valik 4 ning chetidagi o`yiq 5 ga tushadi. Natijada ip ikkita chiqaruvchi cilindr o`rtasida siqilmaydi. Shu sababli ipning kelishi (berilishi) to`xtaydi. 9-rasm b da mexanizmning ip uzilgandagi holati ko`rsatilgan.

Ipni pishitish va o`rash mexanizmlari xuddi ip yigiruv mashinasinikiga o`xshash bo`ladi. Ammo halqa va begunoklarning konstrukciyasi bir oz boshqacha bo`ladi. Ba`zi halqalarning konstrukciyasi murakkab bo`lib, qimmatga tushudi. Shu sababli halqalar tez ishdan chiqmasligi uchun begunoklar latundan maxsus shaklli qilib yasaladi.

10-rasm.Pilik yordamida o`zi moylanadigan halqa (a), begunok (b).
Begunok halqa bo`ylab bir tekis va tinch aylanishi uchun halqa moylab turiladi. Hozir ishlab turgan ip pishitish mashinalariga pilik yordamida o`zi moylanadigan halqalar o`rnatilgan ( 10-rasm,a). Halqaning ichki ish devorida spiralsimon o`yiq 1 bo`lib, unga jun pilik kirgizib qo`yiladi (10-rasm,a). Pilikning bir uchi halqali plankaning orqa tomonida joylashgan moyli rezervuar 2 ga tushurib qo`yiladi. Pilik moyni shimib, halqani moylab turadi.

Ish jarayonida ip begunokning A nuqtasidan o`tadi. Shuning uchun begunokning ich tomoni kyiladi. Ip mana shu erda titilib, uziladi. Shuning uchun begunok 115 – 120 soat ishlagandan keyin hamma urchuqlardagi begunoklar almashtiriladi (10-rasm, b).

Ipning begunok bilan naycha (g’altak) o`rtasida taranglanish kuchi R ni quyidagi formuladan aniqlash mumkin.

bu erda: Rhhalqaning radiusi, mm; f – begunok bilan halqa o`rtasidagi ishqalanish koefficienti; gbegunokning massasi; r; n6 – begunokning tezligi, min1; ro` – o`rash radiusi, mm.

Ko`rinib turibdiki, ipning tarangligi o`rash radiusiga teskari proporcional ekan.

Ballonda begunokdan o`tayotgan taranglik kuchi T6 quyidagi formuladan aniqlanadi:



bu erda: To` – o`rashdagi taranglik, r ; µ – ip bilan begunok o`rtasidagi ishqalanish koefficienti (µ = 0,3); π – α – ipning begunokni qamrash burchagi radian; K – begunokdan chiqayotgan va unga kirayotgan ipning taranglik nisbati (K = 2,3 – 1,8).





Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ip pishituvchi mashinaning ta`minlovchi apparati

Download 2.25 Mb.