• Mantiqiy amallar
  • Satrlar ustida amallar
  • Mavzu: pythonga kirish




    Download 49,28 Kb.
    bet7/8
    Sana18.11.2023
    Hajmi49,28 Kb.
    #101088
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu pythonga kirish-fayllar.org (1)

    Shatr ifodalari



    Shart ifodalarini bir qator amallar taqdim qiladi. Ushbu amallarning barchasi ikkita operand qabul qiladi va natija sifatida boolean turidagi mantiqiy qiymat qaytaradi. Faqatgina ikkita mantiqiy qiymat mavjud, ular True (ifoda rost) False (ifoda yolg‟on) qiymatlardir.

    Taqqoslash amallari. Eng sodda shart ifodalariga taqqoslash amallari misol bo‟lib, ular ikki qiymatni taqqoslash uchun ishlatiladi. Python quyidagi taqqoslash amallarini qo‟llab-quvvatlaydi:

    - agar ikki operand teng bo‟lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi; !=
    - agar ikki operand teng bo‟lmasa True, aks holda False qiymat qaytaradi; > (dan katta) – agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo‟lsa True, aks
    holda False qiymat qaytaradi;
    (dan kichik) – agar birinchi operand ikkinchisida kichik bo‟lsa True, aks holda False qiymat qaytaradi;
    >= (dan katta yoki teng) – agar birinchi operand ikkinchisidan katta yoki teng bo‟lsa

    True, aks holda False qiymat qaytaradi;



    <= (dan kichik yoki teng) – agar birinchi operand ikkinchisidan kichik yoki teng bo‟lsa

    True, aks holda False qiymat qaytaradi;


      1. Mantiqiy amallar



    Murakkab shartli ifodalarni yozish, odatda mantiqiy amallar yordamida amalga oshiriladi. Pythonda quyidagi mantiqiy operatorlar mavjud:

    and (mantiqiy ko‟paytirish). Murakkab ifodadagi biror bir qism ifodani qiymati False

    bo‟lsa, ifodaning yakuniy qiymati False , aks holda True qiymat qaytaradi. Masalan:



    yoshi = 21


    vazni = 72
    natija = yoshi > 17 and vazni == 72
    print(natija) # True




    Yuqoridagi dasturda murakkab mantiqiy amal ikki qismdan yoshi > 17 va vazni > 56 qismlardan tashkil topgan bo‟lib, ular and mantiqiy operatori bilan birlashtirilgan. Agarda ikkala mantiqiy amal True qiymat qaytarsa ifodaning qiymati True bo‟ladi, aks holda False qiymat qaytaradi.

    Matriqiy ifodalarda faqatgina taqqoslash amallaridan foydalanish shart emas. Ixtiyoriy mantiqiy amal yoki boolean turidagi qiymatlar (True, False) ham ishlatilishi mumkin. Masalan:


    1

    yoshi = 21

    2

    vazni = 72

    3

    t = True

    4

    natija = yoshi >17 and vazni > 56 and t

    5

    print(natija) #True



    or (mantiqiy qo‟shish). Agarda ifodadagi biror bir qism ifoda True qiymat qaytarsa, yakuniy natija ham True, aks holda False bo‟ladi.



    yoshi = 21 t = False


    natija = yoshi > 17 or t
    print(natija) # True


    not (mantiqiy inkor). Ifodaning qiymatini True bo‟lsa, natija False va aksincha.



    yoshi = 21


    t = False
    print(not yoshi > 17) # False
    print(not t) # True




    and operatorining biror bir operandi False qiymatga ega bo‟lsa, u holda boshqa operand qiymati tekshirib (hisoblanib) o‟tirilmaydi, har doim natija False bo‟ladi. Bunday xususiyat ish unumdorligini bir oz bo‟lsada oshirish imkonini beradi. Xuddi shunaqa xususiyat or operatori uchun ham o‟rinli. Ya`ni or operatorining biror bir operandi qiymati True qiymatga ega bo‟lsa, boshqa operandlar tekshirilmaydi, natija sifatida har doim True qiymati qaytariladi.

    Agar bitta ifodada bir nechta mantiqiy operatorlar qatnashgan bo‟lsa, u holda ularning ustunligiga (prioritetiga) alohida e`tibor qatarish kerak. Dastlab not operatori keyin and va eng so‟ngra or operatori bajariladi. Masalan:


    1

    yoshi = 22

    2

    xolati = False

    3

    vazni = 58

    4

    natija = vazni == 58 or xolati and not yoshi > 21 # True

    5

    print(natija)



    Ushbu dasturda keltirilgan ifodadagi mantiqiy amallar kuyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

    qaytaradi.



    not yoshi > 21 mantiqiy ifoda False qiymat qaytaradi;

    xolati and False (not yoshi > 21) esa False qiymat qaytaradi;

    vazni == 58 or True (xolati and not yoshi > 21) esa True qiymat

    Shuni alohida ta`kidlash kerarki, mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallarning bajarilish ketma-ketligini qavslar (, ) yordamida o‟zgartirish mumkin.


      1. Satrlar ustida amallar



    Satrlar – qo‟shtirnoq ichiga olingan Unicode kodidagi belgilar ketma-ketligi orqali ifodalanadi. Pythonda satrlar apostrof („,‟) va qo‟shtirnoqlar (“,”) orqali





    berilishi munkin. Uchta ketma-ket kelgan apostrof ham satrlarni ifodalashda ishlatiladi.



    ismi = "Yusupov"


    familiyasi = 'Yusuf'
    print(ismi, familiyasi) # Yusupov Yusuf


    Satrlar ustida eng keng tarqalgan amallardan biri bu ularni birlashtirish yoki konkatenatsiya amali hisoblanadi. Satrlarni birlashtirish uchun + amali qo‟llaniladi. Masalan:



    ismi = "Yusupov"


    familiyasi = 'Yusuf'
    sharifi = "Qalandarovich"
    FISH = ismi + " " + familiyasi + " " + sharifi print(FISH) # Yusupov Yusuf Qalandarovich




    Agar satr va sonlarni birlashtirish talab qilinsa, u holda str() funksiyasi yordamida sonni satr turiga keltirish kerak bo‟ladi. Masalan:

    1

    ism = "Yusuf"

    2

    yosh = 33

    3

    info = "Ismi: "+ ism + " yoshi: "+ str(yosh)

    4

    print(info) # Ismi: Yusuf yoshi: 33




    Download 49,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 49,28 Kb.