Gekatombeon (iyul) 7. Gamelion (yanvar)




Download 55,79 Kb.
bet2/7
Sana25.01.2024
Hajmi55,79 Kb.
#145766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rim kalendari referat

1. Gekatombeon (iyul) 7. Gamelion (yanvar)
2. Metageytnion (avgust) 8. Antesterion (fevral)
3. Boedromion (sentabr) 9. Elafebolion (mart)
4. Pianepsion (oktabr) 10. Y.Munixion (aprel)
5. Memakterion (noyabr) 11. I.Fargelion (may)
6. Poseydeon (dekabr) 12. Skiroforion (iyun)

Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon - iyul) boshlangan. Embolistik oylar ikkinchi poseydonga, ba’zida ikkinchi skiroforionga qо‘shilgan.


Miloddan avvalgi 432 yilda Olimpiada о‘yinlarining 86 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv, kalendar ma’nosini beradi) о‘rnatiladi. Unda oylarning kunlari kо‘rsatib turilgan. Yunon kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparxlar katta rol о‘ynagan. Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning о‘rtalarigacha voqealarni yozishda hukmron shaxslarning nomidan foydalanilgan. Afinada yil hisobi kalendar uchun ma’lum bо‘lgan eponimlar-ijroiya hokimiyat (arxontlar)ning rahbarlari ismi bilan belgilangan. Miloddan avvalgi IV asrda Olimpiada asosidagi umumellin yil hisobi keng tarqaldi.
Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab tо‘rt yilda bir marta bо‘lib о‘tadigan sport о‘yinlari xalq tantanalaridan biriga aylandi. Olimpiya о‘yinlari yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan, chunki kalendar tizimidagi xatolar tufayli Olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi. Olimpiya о‘yinlarining vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilganlar. Olimpiya yil hisobi qadimgi yunonlar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldi-ki, ular о‘z erasining boshlanishini miloddan avvalgi 766 yil birinchi iyul qilib belgiladi, chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya о‘yinlari bо‘lib о‘tgan edi.
Olimpiya yil hisobi birinchi bо‘lib, miloddan avvalgi 264 yilda kadimgi yunon tarixchisi Time tomonidan qо‘llanildi va bu hisob VIasrcha davom etadi. 394 yili imperator Feodosiy IOlimpiyaо‘yinlarini bekor qiladi. Shunday bо‘lsada, Olimpiya yil hisobi darhol yо‘q bо‘lib ketmadi. Olimpiya yil hisobida tartib raqami va tо‘rt yilning tartib raqamidan foydalanilgan, masalan: yunonlar va forslar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Salamin jangi 75,1 (75 olimpiadaning birinchi yili) bо‘lib о‘tgan.
Yunonlarda ilk kalendar qachon va kim tomonidan yaratilganligi ma’lum emas. Krit-Miken matnlarida saqlanib qolgan ba’zi oy nomlarini о‘qishning iloji bо‘lmagan. Ularda oy hisobi mavjud bо‘lib, yangi oylarning kelishi bayram bilan kutib olingan. Dastlab yunonlar oy nomlarini va yilda necha oy borligini hisoblamaganlar. Miloddan avvalgi VIIasrda yunon polislardan biri Delfa shahrida kalendar islohoti о‘tkazilgan. Bu delfalik Frakul ijodida uchrab, undagi oy nomlari bayramlar nomi bilan bog‘liq holda kо‘rsatilgan.
Yunon polislarida Oy - Quyosh kalendarlaridan foydalanilgan. Afina va Delfada yil hisobi yangi oyning chiqishi bilan boshlangan. Sparta, Rodos, Krit va Miletda yil kuzdagi tengkunlikdan boshlangan. Yunonlarda oylarning nomlanishi alohida e’tiborli bayramlar va aynan fasllar almashinuvi bilan bog‘liq bо‘lgan. Yunonlarda qishloq xо‘jaligi ishlari ham yulduzlarni kuzatuv asosida olib borilgan. Bunda yil boshi bо‘lib yozgi Quyosh tushishi iyundan olib borilgan. Ularda hafta bо‘lmagan. Afinaliklarda kalendar 12 oydan iborat bо‘lgan. Oylarning qachon boshlanishi belgilanmagan. Bu kalendar boshqa yunon polislaridagi kalendarlarga nisbatan ancha mashhur bо‘lgan. Undagi oylar 29 yoki 30 kundan iborat bо‘lib, yil 354 sutkani tashkil qilgan. Afinada yilning boshlanishi gekatabeon oyi iyul-avgustga tо‘g‘ri kelgan. Afinada yilni tо‘g‘irlash uchun ikkinchi poseydon oyi 29-30 sutkali oy kiritilgan edi. Milodgacha 432 yilda afinalik astronom Metan 235 oy yili oylarini 19 Quyosh yiliga teng deb, 19 yillik davr 7 embolistik yil degan g‘oyani olib chiqdi. Bu Metan sikli nomini oldi. U aniqligi bilan ajralib turardi. Afinada voqealarni hisoblash mansabdor-arxontlar nomi bilan olib borilardi.
Milodgacha IV asrdan boshlab umumellin yil hisobi boshlandi. Olimpiya о‘yinlari har tо‘rt yilda bir marta о‘tkazilgan. Yillar har tо‘rt yilgi olimpiada о‘yinlari bо‘yicha hisoblangan. Rasmiy kalendarlar Quyosh kalendarini rad qilgan, bu esa dehqonlarga noqulayliklar tug‘dirgan. Shuning uchun deqqonlar qishloq xо‘jalik kalendarlaridan foydalanganlar. Bu ma’lumotlar bizga milodimizgacha VIIIasr yozuvchisi Gesiod asarlarida uchraydi.


  1. Download 55,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 55,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gekatombeon (iyul) 7. Gamelion (yanvar)

Download 55,79 Kb.