• Februarius-235kun Miloddan avvalgi VII asrda Rim podshosi Nume Pompiliye
  • Yulian va grigorian kalendarlari.
  • Yulian kalendari nomi bilan
  • Natijada, yangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan grigorian kalendari tuziladi.
  • Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti. Reja




    Download 55,79 Kb.
    bet4/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi55,79 Kb.
    #145766
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    rim kalendari referat

    Martius- 31 kun
    Aprilis-29 kun
    Mayus-31
    Yunius-29 kun
    Kvintilis-31 kun
    Sekstilis-29 kun
    September-29 kun
    Oktober-31 kun
    November-29 kun
    Detsember-29 kun
    Yanuarius-29 kun
    Februarius-235kun
    Miloddan avvalgi VII asrda Rim podshosi Nume Pompiliye kalendar islohotini о‘tkazdi. U bir yilda kunlar sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi. Nume Pompiliye islohoti natijasida qо‘shimcha yangi ikki oy paydo bо‘lib, “yanuarius” va “februarius” nomini oldi. Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy “februarius” 23 sutkadan iborat bо‘ldi. “Februarius” oyiga har yili 5 kun qо‘shiladigan bо‘ldi. Islohotlar natijasida “Nume yili” astronomik bir oy yilidan bir sutka ortiq, tropik yildan esa 10,5 sutka qisqa edi. Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Bu kalendarda ham yil bahorgi tengkunlik davridan boshlangan.
    Yulian va grigorian kalendarlari. Rim imperatori Yuliy Sezar (mil.av. 100 y. mil. 44 y.) miloddan avvalgi 46 yilda kalendar islohotini о‘tkazdi. Yuliy Sezarni Misrda bо‘lganida mahalliy kalendar qiziqtirib qо‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr “daydi kalendari”ni tuzatib, sо‘ngra uni qabul qilish vazifasi qо‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yuliy Sezar sharafiga tarixga Yulian kalendari nomi bilan kiradi.
    Yulian kalendarida yilning boshi, davomiyligi va qо‘shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi. Kalendarda yilning birinchi oyi yanvar qabul qilindi. Miloddan avvalgi 153 yildan boshlab Rim konsullari yanvarda о‘z xizmat vazifasini boshlardilar. Yangi kalendarda eski kalendaridagi oylar nomi saqlanib qoldi. Bular: yanuaris, februarius, martius, aprilis, mayus, yunius, kvintilis, sekstilis, september, oktober, november, detsember. Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan (yanuaris, martius, mayus, kvintilis, september, november) juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan (aprilis, yunius, sekstilis, oktober, detsember) fevral 29, (30) kundan qilib belgilandi. Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda о‘tgan sutkalar sonini topish ham ancha oson edi. Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bо‘lib tо‘rt yillik sikl joriy qilindi. Tо‘rt yildan uch yili 365 kun tо‘rtinchi yili esa 366 kun bо‘lib kabisa yildan iborat edi.
    Miloddan avvalgi 44 yilda Yuliy Sezarga suiqasd qilib о‘ldirilganidan keyin kalendarda yana о‘zgarishlar rо‘y berdi. Kvintilis oyi Yuliy Sezar sharafiga yulius (iyul) deb о‘zgartirildi. Mazkur kalendarda yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bо‘ladi. Unda har tо‘rt yilning 3 yili 365, tо‘rtinchi yili esa 366 kunga kabisa yili qilib qabul qilinadi. Lekin yulian kalendari tropik yildan 0,0078 sutka (11 daqiqa 23,9 sekund) uzun edi. Natijada, har 128 yilda bu xatolik bir sutkani tashkil qilardi. XVI asrga kelib yulian kalendari bо‘yicha bahorgi teng kunlik 21 martga emas, balki 11 martga tо‘g‘ri kelib qoldi. Yulian kalendaridagi xatoliklarni kо‘pgina olimlar, jumladan Mirzo Ulug‘bek о‘z vaqtida ta’kidlab о‘tgan edi.
    Yulian kalendaridagi xatolikni tuzatish maqsadida 1582 yilda Rim papasi Grigoriy XIIIboshchiligida kalendar islohoti о‘tkaziladi. Natijada, yangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan grigorian kalendari tuziladi. Grigorian kalendarining uzunligi 365,24 sutkaga teng va tropik yildan 0,000304 sutkaga farq qiladi. Bu 3300 yilda bir sutkani tashkil qiladi.
    Tarixda grigorian kalendaridan ham aniqroq kalendarlar mavjud. Shunday kalendarlardan biri 1079 yilda tuzilgan Umar Xayyom kalendaridir.
    Miloddan avvalgi 8 yilda imperator Oktavian Avgust kalendar islohotini о‘tkazdi. Chunki bu davrda (Sezarning vafotidan keyin) Rimdagi kalendar bо‘yicha mas’ul kohinlar kollegiyasi yilni hisoblashda xatolikka yо‘l qо‘yib kelinmoqda edi. Ular tо‘rtinchi yilni emas, balki uchinchi yilni kabisa yili qilib hisoblaydilar. Natijada kalendar yili tropik yildan ancha orqada qolib ketdi (Yulian kalendari о‘zi tropik yildan 11 minut 14 sekund uzun). Avgust islohoti natijasida kohinlar yо‘l qо‘ygan xatolik tuzatildi. Natijada, milodimizning 4 yili 1 martidan boshlab, Yulian kalendari oldingi holatiga qaytarildi. Rim senati tomonidan imperator Oktavian Avgustning g‘alabalari va kalendarni tuzatishdagi xizmatlari uchun “sekstilis” oyiga “Augustus” nomini beradilar. Sekstilis oyi 30 kundan iborat edi. Rimda juft son baxtsiz raqam sanalgani va imperator nomi berilgan oy boshqalardan qisqa bо‘lmasligi kerak deb hisoblab, u oyga yana bir kun qо‘shdilar (fevral oydan bir kun olindi). Natijada uchta oy (yulius, augustus, september) ketma-ket 31 kundan bо‘lib qoldi. Shuning uchun yilning oxiridagi tо‘rtta oyni о‘zgartirdilar. September va november 30 (ilgari 31) kundan, oktober, detsember oylari 31 (ilgari 30) kundan bо‘ladigan bо‘ldi. Bu о‘zgarish yulian kalendarining belgilangan tashqi kо‘rinishini (toq oylar 31, juft oylar 30 kundan bо‘ladi degan) о‘zgartirib yubordi. Ba’zi senat a’zolari Oylarga boshqa Rim imperatorlari nomlarini berishga ham harakat qilib kо‘rgan. Imperator Tiberiy (14-37), nomiga senat september Oyini - Tiberius, Avrelia Kommoda (176-192) nomiga ham sentabr oyini - Kommodus, oktouberni - Domitsian (81-96) sharafiga - Domitsianus deb atashga harakat qilganlar. Lekin, bu nomlar о‘sha davrdayoq qabul qilinmagan.Rimga hafta tushunchasi Sharqdan I asrda kirib kelgan bо‘lsa, faqatgina IV asrga kelibgina Rimda yetti kunlik hafta qabul qilindi. Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasida ham yulian kalendaridan foydalanilgan. Yulian kalendari keyinchalik zamonaviy kalendarni tuzishda asos bо‘ldi.
    Hisobda qulay bо‘lishi uchun bu oyga bir kunni februariusdan olib berishdi. Boshqa ba’zi oylarning sutkalari ham о‘zgartirildi. Yangi kalendar nasroniy cherkovi tomonidan Nikeya soborida 325 yilda qabul qilingan.

    Download 55,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 55,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti. Reja

    Download 55,79 Kb.