|
Qadimgi Rimda kalendarlar. Yulian kalendari
|
bet | 3/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #145766 |
Bog'liq rim kalendari referatQadimgi Rimda kalendarlar. Yulian kalendari
Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi sanasi tо‘g‘risida aniq ma’lumot yо‘q. Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (mil. av. VIII asrning о‘rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanilgan. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bо‘lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, ... о‘ninchi) bilan nomlangan. Tо‘rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8 oylar) va olti oy 30 kundan iborat bо‘lgan.
Yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. “Romul yilini” astronomik yiliga tenglashtirish maqsadida 10 oyning oxiriga qо‘shimcha kunlarni qо‘shganlar. Miloddan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib tо‘rtta kalendar oylariga nom berildi. Yilning birinchi oyi “Martius”, ikkinchi oy “Aprilis”, uchinchi oy “Mayus”, turtinchi oy “Yunius” deb ataldi.
Rim kalendaridagi birinchi oy martius - ilgari chorvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qо‘yilgan.
Ikkinchi oy - aprilis - lotincha “aprire”- “namoyon bо‘lmoq”, “ochmoq” ma’nolarini bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va о‘simliklar ochilib gullay boshlagan.
Uchinchi oy mayus - xudo Merkuriyning onasi yer ma’budasi Maya nomi sharafiga qо‘yilgan.
Tо‘rtinchi oy yunius - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qо‘yilgan.
Beshinchi oy – kvintilis (lotincha beshinchi)– imperator Yuliy Sezar sharafiga yulius deb qо‘yilgan.
Oltinchi oy – sekstilis (lotincha oltinchi) - imperator Oktavian Avgust (muqaddas kishi) nomi bilan atalgan.
Yettinchi oy – september (lotincha yettinchi),
Sakkizinchi oy – oktober (lotincha sakkizinchi),
Tо‘qqizinchi – november (lotincha tо‘qqizinchi),
О‘ninchi oy – detsember (lotincha о‘ninchi) degan ma’noni bildiradi.
О‘n birinchi oy - yanuaris deb atalib, ikki yuzli xudo Yanus nomiga qо‘yilgan.
О‘n ikkinchi oy - februarius - yer osti podshosi februus nomiga qо‘yilgan. Shuningdek, “februane” sо‘zi “tozalanmoq”, “poklanmoq” degan ma’nolarni ham bildiradi. Yilning oxirida poklanish marosimi о‘tkazilgan.
Miloddan avvalgi VI asrda rimliklar mazkur oy kalendarini Oy-Quyosh kalendariga aylantirishga urinib kо‘rdilar. Buning uchun ular interkalyatsiya tizimidan (qо‘shimcha oylarni qо‘shish) foydalandilar. Qadimgi Rim kalendariga har ikki yilda 20 kunlik qо‘shimcha oyni joriy qildilar. Bu oy “Marsedonius”- marsedoniy oyi nomini oldi. Juft raqamlarni baxtsizlik ramzi hisoblangan rimliklar marsedoniy oyini 23-24 “februarius”ning о‘rtasiga joylashtirdilar. Mazkur islohotdan sо‘ng kalendar yili 365 kunni tashkil qildi va ularning yili ham Misr “daydi” yiliga teng bо‘lib qoldi (tropik yildan chorak sutka qisqa edi).
|
| |