|
Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti. Reja
|
bet | 5/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #145766 |
Bog'liq rim kalendari referat3. Milodiy yil hisobi. Milodiy yil hisobining boshlanishi Iso payg‘ambarning tavalludi bilan bog‘liq. Nasroniylik tarqala boshlagan ilk davrda bir qancha yil hisoblari mavjud edi va ulardagi har xillik tufayli turli noqulayliklar tug‘ilgan. Bular bartaraf etish uchun yangi yil hisobini tuzishga ehtiyoj sezildi. VI asrda Rim monaxi Dionskiy hech bir dalil - hujjatsiz Iso payg‘ambar tavalludi bundan 500 yil oldin sodir bо‘lgan deb e’lon qilgan va shundan yil hisobi yuritishni taklif etgan. XVIII - XIX asrda Yevropadagi aksariyat davlatlar milodiy yil hisobini qabul qilganlar. Rossiyada Pyotr I ning farmoni bilan 1700 yil 1 yanvardan boshlab milodiy yil hisobiga о‘tgan. Chor Rossiyasining bosqini bilan Markaziy Osiyoda milodiy yil hisobi XIX asrning II yarmidan amalga oshirilgan.
325 yilda Nikeya soborida yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21 martni bahorgi teng kunlik kuniga mos keltirdik deb, о‘yladilar. Nasroniylarda diniy pasxa bayramini о‘tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan sо‘ng haqiqiy bahorgi teng kunlik nuqtasi kalendarga tо‘g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi teng kunlik nuqtasi 21 mart emas, 11 martga tо‘g‘ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qо‘ydi, ya’ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi bu esa Nikeya sobori qaroriga zid edi. Pasxa bayrami 21 martdan keyingi tо‘lin oydan sо‘ng birinchi yakshanbada nishonlanishi kerak edi.
Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324 yilda vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi va bunga imperator Andronika II ningdiqqatini qaratdi. Lekin imperator kalendarni isloh qilishga ruxsat bermadi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida Vizantiyada yashovchi olim - Matvey Vlastar ham ta’kidladi. 1373 yilda vizantiyalik olim Isaak Argir yulian kalendarini isloh qilish zarurligini asoslab berdi. Bu fikrni katolik cherkovi vakillari ham ta’kidladilar. 1414 yilning martida kardinal Pyer d’Ali tashabbusi bilan kalendar masalasi muhokama qilindi. 1437 yilda bu masala Bazzel soborida kо‘rib chiqildi. Uni uyg‘onish davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) о‘zining loyihasida tanishtiradi. 1457 yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini tо‘g‘irlashga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt о‘limi tufayli papa bu ishni keyinga surishga majbur bо‘ladi. XVI asrda kalendar masalasi bilan Lyuteran (1512-1517) va Triden (1545-1563) soborlari shug‘ullanadi. 1514 yilda Lyuteran sobori kalendar islohoti bо‘yicha maxsus komissiya tuzadi va Yevropada mashhur bо‘lgan astronom Nikolay Kopernik (1473-1543)ni Rimga taklif qiladi. Nikolay Kopernik о‘sha davrda tropik yilning uzunligi aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi.
|
| |