|
Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti
|
bet | 6/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 55,79 Kb. | | #145766 |
Bog'liq rim kalendari referat4. Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti. 1582 yilda Rim papasi Grigoriy XIIImaxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Baloniya universiteti professori, astronom va matematik Ignatiy Danti (1536-1586) ham bor edi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyihasini tuzish vazifasi topshiriladi. Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini kо‘rib chiqib, italiyalik matematik va vrach Luidji Lilio (Aloiziy Liliy) (1520-1576) loyihasini ma’qul topdi. Luidji Lilio Perudji shahridagi universitetda meditsinadan dars bergan. Ushbu kalendar loyihasini uning о‘limidan sо‘ng ukasi Antonio Luidji nashr qiladi. Kalendar loyihasi papa Grigoriy XIIItomonidan qabul qilinadi va kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi. Qabul qilingan loyihadagi tuzatishlar quyidagicha edi:
1. 1582 yil 4 oktabr payshanba kunining ertasi 5 oktabr emas, balki 15 oktabr juma kuni deb hisoblansin. Bu bilan yuqoridagi 10 sutka xato tuzatilib, bahorgi teng kunlik 21 martga tо‘g‘ri keldi.
2. Kelgusida yana shunday xato yig‘ilmasligi uchun 400 yilda 3 sutka kam hisoblanishi kerak, buning uchun yulian kalendarida 400 yilda 100 ta kabisa yili о‘rniga 97 ta kabisa yili hisoblanadi. Yulian kalendarida asrni ifodalaydigan raqamlarning tо‘rtga bо‘linmaydiganlari kabisa yili emas, balki oddiy yil hisoblashga qaror qilindi. Masalan: 1600, 1700, 1800, 1900, 2000, 2100, 2200, 2300, 2400 yillar yulian kalendarida kabisa yillari, yangi hisob grigorian kalendarida esa faqat 1600, 2000, 2400 kabisa, qolganlari oddiy yil, chunki 17, 18, 29, 21, 22, 23 sonlari tо‘rtga bо‘linganda qoldiq qoladi. Demak, 1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan kalendarga yana yangi tuzatish kiritildi. Yevropa mamlakatlari asta-sekin shu kalendarga о‘ta boshladilar. Faqat Rossiyagina yulian kalendaridan foydalanishda davom etdi. 1918 yilga kelganda yulian va grigorian kalendari orasidagi farq 13 kunga yetgan edi. Maslahat bilan ana shu 13 kun tashlab yuboriladigan bо‘ldi va 1918 yilning 31 yanvaridan keyin birdaniga 14 fevralga о‘tishga qaror qilindi. Minut va sekundlar yig‘ilib 3300 yildan keyin bir sutkaga yetar ekan.
Grigorian kalendarida yilning davomiyligi 365, sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 116 sekundga ortib boradi va salkam 3300 yilda bu bir kunni tashkil qiladi. 4000 yilda bir marta kabisa yili kamaytiriladi. 4000 yilda 1,22 sutka farq paydo bо‘ladi. Grigorian kalendarida yulian kalendariga nisbatan kabisa yillarini hisoblash murakkab. Har ikkala vaqt oralig‘ining isloh qilingan vaqtida farq 10 sutka bо‘lsa, 1700 yilning 29 fevralidan, boshlab bu farq 11 sutka bо‘ladi, 1800 yilning 29 fevraldan, 12 sutka, 1900 yil 29 fevralda 13 sutkaga yetdi. 2000 yilda har ikkala hisobda ham kabisa yili bо‘lganligidan 13 sutka farq 2100 yilning 29 fevraligacha о‘zgarmay qoladi, undan sо‘ng 14 sutka bо‘ladi.
|
| |