Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari




Download 117,42 Kb.
bet1/3
Sana30.11.2023
Hajmi117,42 Kb.
#108756
  1   2   3
Bog'liq
Akobir

Mavzu:Qatlam va ishlash jarayonlari modellari

Mavzu:Qatlam va ishlash jarayonlari modellari

Guruh:124-20

Bajardi:Oltiboyev A.

Qabul qildi:rAbduraxmonova S

Keng ilmiy mazmunda model so‘zi ostida o‘rganilayotgan obyektni aks ettiruvchi real yoki fikran yaratilgan strukturasi tushuniladi. Model nomi lotinchamodulus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “o‘lchov, namuna, meyor” so‘zini anglatadi. Modellashtirish deganda mavjud narsa va hodisalar (jonli va jonsiz sistemalar) muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik sotsial jarayonlar, loyihalanayotgan obyektlar va boshqalarning nusxalarini (modellarini) yasash va o‘rganish tushuniladi. Modellashtirish asosida o‘rganilayotgan obyekt bilan uning nusxasi o‘rtasida o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usulidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda, u ilmiy tadqiqotni yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab obyektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Fanda hajmi haddan tashqari kattaligi yoki kichikligi, yohud ancha olisdaligi tufayli obyektni bevosita o‘rganish qiyin bo‘lgan hollar tez-tez uchrab turadi. Ana shunda nusxalar yordamga keladi. Ular obyekt haqida ancha tasavvur olishga bo‘ladigan jarayonlarni tushuntirib berish uchun qo‘llaniladi

Modulashtirish usulidan turli fanlarda obyektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarinigina emas, balki yangi xususiyat va munosabatlarini aniqlash uchun ham foydalaniladi. Neft konlarini modellarini yaratish va ular asosida konlar ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblashni amalga oshirish muhandislar va tadqiqotchilar faoliyatining yo‘nalishlaridan biridir. Neft, gaz yoki gazkondensat konlarini xossalari haqidagi geologik-fizik ma’lumotlar va kelajakda amalga oshiriladigan ishlash sistemasi va texnologiyasi asosida ularning ishlash ko‘rsatkichlarini miqdoriy tushunchalari yaratiladi. Konni ishlash haqidagi o‘zaro miqdoran bog‘liq sistema uning ishlash modeli, u qatlam modelidan va konni ishlash jarayoni modelidan tashkil topgan bo‘ladi. Qatlam modeli - neft konini ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblashda foydalaniladigan, qatlamning geologik – fizik xossalari haqidagi miqdoriy tasavvurlar sistemasidir.


Download 117,42 Kb.
  1   2   3




Download 117,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari

Download 117,42 Kb.