Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari




Download 117,42 Kb.
bet3/3
Sana30.11.2023
Hajmi117,42 Kb.
#108756
1   2   3
Bog'liq
Akobir

Determinlashgan modellar - bu shunday modellar ularda qatlamlarni tuzilishini va xossalarini iloji boricha aniq o‘rnatishga harakat qilinadi. Determinlashgan model qatlam xususiyatlarini hisobga olish mufassallashgan sari qatlamni “rasmiga” o‘xshash bo‘lib borishi kerak. Masalan, IV.1-rasmda real qatlamning alohida g‘ovakliklimiva o‘tkazuvchanlikiqismlardan iborat sxemasi ko‘rsatilgan. Haqiqatda esa ushbu rasmda ko‘rsatilgan qatlamni tuzilishi ancha murakkabroq. Ammo ma’lum darajadagi aniqlik bilan ushbu qatlam sxemasini uning hisoblash modeli deb hisoblasa bo‘ladi. Qatlamlarni determinlashgan modellarini amalda qo‘llash tezkor hisoblash texnikalarini va ularga mos keluvchi matematik metodlarni keng rivojlanishi evaziga mumkin bo‘ldi. Determinlashgan modeldan foydalanib neft konini ishlash jarayonlari ko‘rsatkichlarini hisoblashda qatlamni hamma maydoni yoki uning hajmi berilgan hisoblash aniqligiga, ishlash jarayonini murakkabligiga va elektron hisoblash mashinalari (EHM) quvvatiga bog‘liq ravishda ma’lum sonli katakchalarga bo‘linadi. Har bir katakchada, qatlamni ushbu qismiga xos, uning holatiga mos keluvchi xossalari beriladi.

Turli g‘ovakli va o‘tkazuvchan qismlardan iborat qatlamni determinlashgan modeli sxemasi: 1-shartli neftlilik chegarasi; 2-qatlamdagi jinslarni g‘ovakligi mivao‘tkazuvchanligikibo‘lgan qismi; 3-turli g‘ovaklikli va o‘tkazuvchanli qatlamqismlarining chegarasi.

Ehtimolli-statistik modellarqatlamlarni haqiqiy tuzilishini va xossalarini har bir xususiyatini to‘liq aks ettirmaydi. Ulardan foydalanilganda real qatlamga, xuddi shunday ehtimolli-statistik xususiyatlarga ega qandaydir gipotetik qatlam mos keladi deb qabul qilinadi. Neft konlarini ishlash nazariyasida va amaliyotida eng ko‘p foydalaniladigan qatlamlarni ehtimolli-statistik modellariga quyidagilarni kiritish mumkin. 1. Qatlam bir turli modeli. Bu modelda, bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘zgaruvchi, real qatlamning asosiy ko‘rsatkichlarini (g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik) o‘rta qiymati olinadi. Ko‘p hollarda, qatlamni bunday modelidan foydalanilganda, uning izotropligi haqidagi gipoteza qabul qilinadi, ya’ni ko‘rilayotgan qatlam nuqtasidan chiqayotgan turli yo‘nalishlarda o‘tkazuvchanlik teng deb olinadi. Ayrim hollarda qatlam anizotrop deb ham qabul qilinadi. Bunday hollarda qatlamni vertikal yo‘nalishdagi o‘tkazuvchanligi (asosan qatlamlanish tufayli) uning gorizontal yo‘nalishdagi o‘tkazuvchanligidan farq qiladi deb qabul qilinadi.

Xulosa: Men bu mavzuda qatlamda bo’ladigan hodisalar jarayonlar haqida ma’lumotlar oldim.Qatlamda hozirgi zamonaviy modelashtirish usullari haqida o’rganib chiqdim.Qatlamlarda ma’lum bir hududlarda o’rganish qiyin bo’lgan hududlarni o’zlashtirishning zamonaviy usullari haqida tanishib chiqdim.


Download 117,42 Kb.
1   2   3




Download 117,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari

Download 117,42 Kb.