Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari




Download 117,42 Kb.
bet2/3
Sana30.11.2023
Hajmi117,42 Kb.
#108756
1   2   3
Bog'liq
Akobir

Konni ishlash jarayoni modeli - yer tagidan neftni chiqarib olish haqidagi miqdoriy tasavvurlar sistemasi hisoblanadi. Umuman, neft konining ishlash modelida qatlam va ishlash jarayonlari modellarining turli kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin, faqat kombinatsiya qatlam va jarayon xossalarini eng katta aniqlikda aks ettirishi kerak. Shu bilan birga qatlamni u yoki bu modelini tanlash jarayon modelida uning qo‘shimcha xususiyatlarini hisobga olish yoki olmaslik kerakligini keltirib chiqarishi mumkin. Qatlam modelini, albatta, uning hisoblash sxemasidan farq qilishi kerak, chunki hisoblash sxemasi faqat qatlamni geometrik shaklini hisobga oladi. Masalan, qatlam modeli qat-qat har xil qatlam bo‘lishi mumkin. Hisoblash sxemasida esa ushbu qatlam modeli doira shaklida, to‘g‘ri chiziqli qatlam va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Qatlamlar va ulardan neftni chiqarib olish jarayonlari modellari har doim matematik ko‘rinish bilan ifodalangan, ya’ni ma’lum matematik munosabatlar bilan xususiyatlanadi.

Matematik modelni tuzish neft konini ishlashni loyihalashda eng murakkab va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqichning murakkabligi shundan iboratki, unda mutaxassisdan matematik va maxsus fanlardagi bilimlarini uzviy bog‘lash talab etiladi. Neft konini ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblash bilan shug‘ullanayotgan mutaxassisning asosiy vazifasi, konni geologik-geofizik o‘rganish, hamda quduqlarda o‘tkazilgan gidrodinamik tadqiqotlar natijasida olingan, ayrim tasavvurlar asosida hisoblash modelini tuzishdan iborat. Hisoblash modelida olingan ma’lumotlarni tartiblashtirish, modellashtirilayotgan qatlamlarni aosiy xususiyatlarini ajratish va ularni miqdoran tavsiflash kerak bo‘ladi. Odatda neft va gaz qatlamlari kollektorlarining hamma har xil ko‘rinishlarini qatlamlar modellarini ma’lum turlariga keltiriladi.

Neft konlari tabiat obyektlari sifatida juda xilma-xil xossalarga ega. Neft nafaqat g‘ovak qumtoshlarni to‘yintirishi, bundan tashqari ohaktoshlardagi, dolomitlardagi va hattoki magmatik (otqindi) jinslardagi mikroskopik darzliklarda, kovaklarda bo‘lishi mumkin. Neft va gaz bilan to‘yingan jinslarning asosiy xususiyatlaridan biri – qatlamlarni turli qismlarida kollektorilik xossalarini (g‘ovaklikning, o‘tkazuvchanlikning) har xilligidir. Neft va gaz konlari jinslari xossalarining qatlam hajmida o‘zgaruvchanligiqatlamlarni litologik har xilligi deb ataladi. Neft-gazli kollektorlarning ikkinchi asosiy xususiyati – ularda darzliklarning borligi, ya’ni qatlamlarning darzlikligi. Neft konlarini ishlash neft-gazli jinslarni ushbu xususiyatlari neft va gazni chiqarib olish jarayonlariga eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Qatlam modellari ma’lum darajadagi shart bilan determinlashgan va ehtimolli-statistik turlarga bo‘linadi


Download 117,42 Kb.
1   2   3




Download 117,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Qatlam va ishlash jarayonlari modellari

Download 117,42 Kb.