|
Мавзу: «raqamli iqtisodiyot asoslari va kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalishlari»
|
bet | 11/27 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 59,78 Kb. | | #14371 |
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi:
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak bo’ladi?
Davos Jahon iqtisodiy Forumi asoschisi va prezidenti hamda eksperti Klaus Shvabning aytishicha:
“Hayot bizga raqamli texnologiyalar ommaviy hizmat ko’rsatish sohasini qanday o’zgartirib yuborganligi yaqqol ko’rsatib turibdi. Hozirda esa Uber, Alibaba Group, Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar paydo bo’layapti va ular haridor va mijoz orasida bevosita munosabat o’rnatishga imkon berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank, sug’urta kabi sohalarda ham ro’y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli nushasi – robotlar paydo bo’lganidan so’ng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan o’zgarib ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar o’rnini egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi – huddi shu holatni raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi”
|
| |