|
Mavzu: Raqamli ta’lim resurslarini dasturiy ta’minotlarning ahamiyati. Rtr ishlab chiqishning instrumental vositalari. Raqamli kontent tushunchasi. Raqamli kontenti yaratish. Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,69 Kb. | | #229167 |
Bog'liq 15-Ma’ruza Mavzu Raqamli ta’lim resurslarini dasturiy ta’minotl-kompy.infoElektron darslik- universal dasturiy ta’minot bo’lib, u muayyan kasbiy faoliyatning uo’qish turlari yoki axborot turlari yoki axborot turlarini qayta ishlashni avtomatlashtirishga imkon beradi.
RTR ishlab chiqishning instrumental vositalari va dasturlash tillari
Instrumental vositalar — ETT-da foydalanish uchun talab qilinadigan shaklda o’quv materiallarini taqdim etish uchun ishlatiladigan dasturiy va axborot ta’minoti. Instrumental vositalarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1) Internet Web-texnologiyalarga yo’naltirilgan va maxsus qimmat vositalardan foydalanmaydigan ommaviy vositalar;
2) elektron darsliklarni maxsus yaratishga qaratilgan instrumental vositalar.
Birinchi guruhga HTML matn muharrirlari, grafik muharrirlari, ma’lumotlar formatini o’zgartiruvchi dasturlar, audio va video roliklarni yaratish uchun vositalardan foydalanishni ham kiritish mumkin. Ushbu texnologiyada boshlang’ich moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish, malakali foydalanuvchilar esa yaratilgan elektron darsliklarni yangilash va moslashtirishlari mumkin bo’ladi. Shu bilan birga, elektron darsliklarning yaratilishida vaqt sarflanishining ko’payishi uning yetishmovchiligi sifatida tavsiflanadi.
Elektron darsliklarni tezroq yaratish integrallashgan dasturiy vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Integrallashgan dasturiy vositalarga misol qilib Learning Space, Lotus-firmasining IBM Workplace Collaborative Learning Authorizing Tool, Asymetrix kompaniyasining ToolBookII, Britaniya Kolumbiya universitetining WebCT, Macromedia kompaniyasining AuthorWare va boshqalarni sanash mumkin.
Zamonaviy o’quv tizimlariga multimediya, masofaviy o’qitish va elektron tijorat sohalarida tayyor yechim va dasturiy ta’minotining eng yirik yaratuvchisi hisoblangan rossiyaning GiperMetod kompaniyasining mahsulotlari hisoblangan «TrainingWare», «eLearning Server 3000 v2.0», «eLearning Office 3000», «IBM Workplace Collaborative Learning» va «HyperMethod 3.5» larni sanab o’tishimiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Raqamli ta’lim resurslarini dasturiy ta’minotlarning ahamiyati. Rtr ishlab chiqishning instrumental vositalari. Raqamli kontent tushunchasi. Raqamli kontenti yaratish. Reja
|