|
Elektron o’quv adabiyotlar quyidagi afzalliklarga ega
|
bet | 3/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,69 Kb. | | #229167 |
Bog'liq 15-Ma’ruza Mavzu Raqamli ta’lim resurslarini dasturiy ta’minotl-kompy.infoElektron o’quv adabiyotlar quyidagi afzalliklarga ega:
Matn terish xarajatlarini kamaytiradi;
Chop etish, saqlash va tarqatish xarajatlaridan xalos etadi;
Ma’lumot kerak bo’lgan joydan darhol olinishi mumkin;
Ma’lumot kerak bo’lgan joydan darhol olinishi mumkin;
Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan manba hisoblanadi.
Elektron nashr (EN)-bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot ob’ektlaridan iborat bo’lgan jamlanmasi hisoblanadi. EN magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog’ida chop etilishi mumkin.
O’quv elektron nashr (UEN)-o’quv materiallarning tizimlashgan tarkibidan iborat bo’lishi, ilmiy-amaliy bilim sohalari bo’yicha mos ravishda talaba va o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va faolligining ta’minlashi.
Gipermatn- elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog’lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga yoki qandaydir ierarxiyalar orqali darxol o’tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn.
Gipermediya – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn.
Masofali o’qitish-o’quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga (talabalar) o’qituvchilarning doimiy maslaxat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi. O’qitishning masofali shakli o’quv jarayonini joriy qilishga vaqtinchalik va hududiy talablarni reglamentlashtirmaydi.
Elektron darslik (ED)-kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga
mo’ljallangan bo’lib:
o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
multimedia (multimedia- ko’p axborotli muhit) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch ulchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
taktil (xis qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatga ega, o’quvchini kompyuter ekrani olamida o’zining stereo nusxalari tasvirlangan real olamga kirib borishi va undagi ob’ektlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
|
| |