Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari




Download 66 Kb.
bet4/5
Sana16.01.2024
Hajmi66 Kb.
#138897
1   2   3   4   5
Bog'liq
РАКАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР
37 кк Вакт меъёрлари-2021, NAMUNAVIY O\'QUV DASTUR VORD VARIANT, 3.04. Geometriya, 3.09. Tanlov fanlari, Visit plan August 2022tentative 1, M.Emonova, Ариза мустақил изланувчиликка (1)
4. Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari.

Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli texnologiyalar - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan


foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’yektlari va sub’yektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va xizmatlar qiymatinmg sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsiziigi oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi lozim.



Download 66 Kb.
1   2   3   4   5




Download 66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalarning strukturasi va elementlari

Download 66 Kb.