|
Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi
|
bet | 2/13 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #155163 |
Bog'liq Multimedia mobil1.1. Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi
Ma’lumki, barcha Fon Neyman arxitekturasi asosida yaratilgan kompyuterlarning ishlash prinsipi bir-biriga o'xshash bo'lib, ular ba'zi texnik detallari bilangina farqlanadi. Fon Neyman arxitekturasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri buyruqlar manzili hisobchisidir. Boshqarish qurilmasining bu maxsus ichki registri doimo dasturdagi keyingi buyruq saqlanayotgan xotira yacheykasini manzilini ko'rsatib turadi. Kompyuterlar o'chirilgan yoki qayta yuklanayotgan vaqtda buyruqlar manzili hisobchisi registriga kompyuterlarning doimiy xotirasida joylashgan va kompyuterlar barcha asosiy qurilmalari ishini to'xtatib qayta yuklashni amalga oshiruvchi dastur manzili yoziladi.
Kompyuterlarning boshlang’ich yuklanishidagi keyingi amallar shu dasturdagi buyruqlarga ko'ra ketma-ket bajariladi. Shunday qilib, kompyuterlarning ishi - u yoki bu dasturdagi buyruqlarni uzluksiz bajarishdan iborat, bundan tashqari bu dasturlar o’z navbatida boshqa yangi dasturlarni xotiraga yuklashi mumkin. Har qanday dastur bir qancha mashina buyruqlaridan tashkil topadi. Har bir mashina buyruqlari o’z navbatida bir necha elamentar tashkil etuvchilardan iborat bo'ladi. Bu tashkil etuvchilarni “takt”lar deb atash qabul qilingan. Buyruqlar murakkablik darajasiga ko'ra bir yoki bir necha taktdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, ma'lumotlarni protsessorning bir ichki registridan boshqasiga o'tkazish buyrug'i bir necha taktdan iborat. Yoki ikki sonning ko'paytmasini hisoblashni olsak, bu ham bir necha taktlardan tashkil topgan.
Kompyuterlar har bir mashina buyrug’ini bajarishda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Buyruqlar manzili hisobchisi registrida joylashgan manzilga ko'ra keyingi buyruq chaqiriladi, yani bu buyruqqa mos kod vaqtincha saqlanish uchun maxsus buyruqlar registriga yoziladi;
Buyruqlar manzili hisobchisi avtomatik ravishda keyingi buyruqni manzilini o'zida saqlaydi. Bu jarayon oldingi buyruq manziliga buyruqni uzunligi bilan aniqlanadigan o'zgarmas sonni qo'shish bilan amalga oshiriladi;
Buyruqlar registriga chaqirilgan buyruqda keltirilgan amallar bajariladi va natija tezkor xotiraga yoziladi.
Kompyuterlarning ishlash prinsipini signallar doirasida tahlil qilanadigan bo'lsa, quyidagilar o'rinli bo'ladi:
Kiruvchi ma'lumotlar ko'rinishidan qat'iy nazar, elektr yoki noelektr signallar ko'rinishida bo'ladimi barchasi elektr signali ko'rinishiga o'tkaziladi;
Bu signallar qayta ishlash bloki yordamida qayta ishlanadi;
Qayta ishlangan chiquvchi signallar qayta ifodalovchi yordamida noelektr signallarga o'tkazilib, kompyuter ekranida tasvirlanadi.
1.2. Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari
Barcha multimediyali kompyuterlar asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topadi. Asosiy qurilmalariga kompyuter ishlashi uchun albatta mavjud bo'lishi kerak bo'lgan qurilmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat:
Monitor;
Tizimli blok;
Klaviatura va sichqoncha; 4. Kolonka.
1.3-rasm. Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari
Monitor - bu vizual chiqarish qurilma bo'lib, asosiy vazifasi sonli, matnli, graffikli, audio va video ko'rinishdagi ma'lumotlarni ekranda tasvirlashdan iborat. Monitorlar ishlab chiqarilish texnologiyasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Elektron nur trubkali monitorlar:
Qo'yiq kristal oynali monitorlar:
Gazo-plazmali monitorlar:
Elektron nur trubkali monitorlar
Elektron nur trubkali ENT (CRT-monitor) monitorlarning ishlash prinsipi quyidagicha: Maxsus elektron pushka elektronlar tarqatadi. Bu elektronlarga kuchli magnit maydoni yordamida yetarli katta tezlik beriladi va ular qarama-qarshi tomonda joylashgan fosfor qoplamali trubka oxiriga uriladi. Elektronlar bilan luyuminestsenli qoplama orasida o'zaro tasirlashuv natijasida yorug'lik paydo bo'lib, ular ekranda rangli nuqtalarni hosil qiladi.
Elektronlarning fosfor qoplamali ekranga urilish natijasida qandaydir miqdorda energiya hosil bo'ladi va bu energiya inson organizmiga zarar keltiradi. CRT-monitorlar orqali nurlanish olish ba’zi kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Monitor razmeri deganda monitor ekranining diogonal uzunligi tushuniladi. Diogonal uzunligi duymlarda o'lchanadi. 1duym (inch, 1") =2,54sm. Monitorlarning mumkin bo'lgan imkoniyati deganda monitorning gorizontal, vertical nuqtalar soni va kadrlar o'tish chastotasi tushiniladi. Bu monitorlarning muhim xarakteristikalari hisoblanadi, chunki ma'lumotlarni aniq tasvirlanishi, insonni ko'rish qobiliyatiga ta'siri shu xarakteristikalarga bo'gliq. Monitor ekranining gorizontal va vertical nuqtalar soni qancha ko’p bo'lsa undagi tasvir shuncha aniq bo'ladi. Har qanday monitor ichki xotiraga ega bo'ladi. Bu xotira video rejimlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ichki xotira hajmi undagi yacheykalar soni bilan o'lchanadi. Hozirda ENT monitorlar ishlab chiqarishdan olingan.
Qo'yiq kristalli monitorlar
Hozirgi kunda kompyuter monitorlarining aksariyati qo'yiq kristalli (LCD) monitorlardan iborat. LCD-monitorlarining ishlash prinsipi CRT-monitorlari ishlash prinsipidan farqli o'laroq yorug'likni qutblantirishga asoslangan. Yani LCD monitorlarida yorug'lik ma'nbai bo'lib galogen lampalar xizmat qiladi. Bu lampalar qo'yiq kristalli qoplama-matritsa chetlariga o'rnatilgan. Yorug'lik matritsa markazi tomon bir tekis taqsimlangan va bir jinsli oqim bo'lib kristallar qatlamidan o'tadi. Kristallarning joylashishiga bog'liq holda kristal qatlamdan o'tayotgan yorug'lik nuri qutblanishi yoki qutblanmasligi mumkin. Bu qatlamdan o'tgan yorug'lik nuri qutblangan yorug'lik nurini o'tkazuvchi maxsus qatlamdan o'tadi. Bu maxsus qatlam o'zidan o'tayotgan yorug'lik nurlariga rang beradi. Bu rangli nur tasvirlarni ifodalaydi.
1.4-rasm. LCD - qo’yiq kristalli monitor
LCD-monitorlarda tasvir oddiy oq yorug’lik nurini qayta ishlash bilan olinayotgani uchun inson salomatligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Shuning uchun ularda havfsizlik standartlari degan tushuncha qaralmaydi. LCD-monitorlarida o'zida belgilangan vertical va gorizontal nuqtalar soni ishlatiladi. Aks holda tasvirlar cho'zilib qolishi yoki ekran chetlaridan bo'sh joy paydo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari bu monitorlarda ekranda tasvirlarni o'tish chastotasi degan tushuncha ham yo’q. Ularda har bir nuqta (piksel) alohida boshqariladi. Bu nuqtalar almashinib turadi. Shu almashinish natijasida ranglar o'zgaradi. Shunga ko'ra LCD monitorlarda piksellar matritsasining o'zgarish varti tushunchasi mavjud. Bu parametr millisekundlarda o'lchanadi.
Plazmali displeylar
Plazmali displeylarni (Plasma Display Panel PDP) ishlab chiqarishga bo'lgan urinishlar 1966-yilda Illinoys universiteti laboratoriyasida gazli plazmani effekti, ya'ni gazlarni elektr toki ta'sirida yorug'lik chiqarishi hodisasi o'rganilganidan boshlandi. 1968-yil plazmali displeylar ishlab chiqarish boshlandi. Birinchi ishlab chiqarilgan plazmali displeylar monoxromli bo'lib, ular doimiy tokni gazli razriyadi prinsipiga asoslangandi. Keyinchalik o'zgaruvchan tok razriyadi texnologiyasiga o'tildi.
Plazmali displeylarda tasvirlarni hosil qilish texnologiyasi quyidagicha: birbiridan 0,1 mm masofada joylashgan oynali plastinalarga ksenon va neon gazlari aralashmasini qamalgan. Oldingi yaltiroq plastinaga yupqa yaltiroq tok o'tkazgichlar (elektrodlar) qoplangan. Orqa plastina qoplamasi mikroskopik yacheykalardan iborat bo'lib, bu yacheykalar qizil, siyoh rang va yashil rangli lyuminofor moddasi bilan to'ldirilgan va har bir uch yacheyka bir nuqta (piksel)ni tashkil etgan. Bu plastinalarga tok berilganda plastinalar orasidagi gazli aralashma o'zidan
ultrabinafsha rangli yorug’lik nuri chiqaradi. Bu yorug’lik nuri lyuminofor moddasi qoplangan plastinkaga tushib ranglar spektri hosil qiladi va tasvir paydo bo'ladi.
1.5-rasm. Plazmali monitor
Plazmali monitorlar tok quvvatini ko'proq iste'mol qilsada, lekin magnit maydon hosil qilmaydi va bu o’z navbatida inson salomatligiga ziyon keltirmaydi. Plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan ko'pgina firmalar shug'ullanadi. Masalan, Hitachi ( 1970 yildan) Fujitsu, Sharp, NEC, Toshiba, JVC, Mitsubishi, Sony va Pioneer kabi yirik firmalar plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelishmoqda.
1.3. Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari
|
| |