• Matritsali printer
  • Purkagichli printerlarning
  • 1.5.2. Modem va faks-modemlar Modem - bu kompyuterni oddiy telefon tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan qurilma. Bu qurilmaning nomi ikkita MO
  • 1.5.3. Skaner qurilmalari va ularning turlari
  • Mavzu: san'at sohasida axborot texnologiyalari faninig predmeti, maqsadi va vazifalari




    Download 0,66 Mb.
    bet9/13
    Sana12.02.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #155163
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Multimedia mobil

    Printer - bu chop etish qurilmasi bo’lib, kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni qog’ozga chop etish uchun xizmat qiladi. Printerlar quyidagi turlarga bo’linadi:

    • matritsali (ignali) printerlar;

    • purkagichli printerlar;

    • lazerli printerlar;

    Ularning har biri bir biridan o’zining xarakteristikalari bilan, ya’ni ishlash holati, chop etish tezligi va sifati, rangli va rangsizligi kabilar bilan ajralib turadi.
    Matritsali printer yaponiyaliklar tomonidan 1964 yilda ixtiro qilingan. Hozirgi kunda ishlab chiqarishdan olingan. Bu printerlarning ishlash printsipi oddiy. Varaqdagi tasvir elektromagnitlar tomonidan boshqariladigan ignalar to’plamidan (matritsadan) iborat bosib chiqarish kallagi yordamida yaratiladi.
    Kallak qog’ozni varaq bo’ylab satrli harakat qiladi va ignalar siyohli tasma orqali urib, iz qoldiradi, ya’ni nuqta tasvir paydo bo’ladi.

    1.21-rasm. Matritsali printer va uning ichki qurilmalari

    Bu printerlar narxi o'rtacha, ular juda sekin va shovqinli ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo'ladi.
    Purkagichli printerlarning ishlash printsipi matritsali printerning ishlashiga o’xshaydi, ya’ni bunda ham tasvir nuqtalardan yaratiladi. Faqat bunda ignali kallaklar o’rniga suyuq bo’yoqni purkash bilan bosib chiqaradigan matritsadan (kallakdan) foydalanadi.

    1.22-rasm. Purkagichli printer
    Bosib chiqarish kallagi bo’yoq kartridjiga biriktirilgan yoki qurilmaning o’zida o’rnatilgan bo’lishi mumkin (bu holda almashtiriladigan siyoh lentalari ishlatiladi, kallak esa demontaj qilinmaydi). Integratsiyalashgan matritsali printerlar Epson va Canon kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Hewlett-Packard, Lexmark printerning kartrijga birlashtirilgan yondashuvidan foydalanadi. Purkagichli printerlar ko’plab belgilarga ko’ra sinflarga ajratiladi. Shuningdek, ular ishlatilgan siyoh turlariga ko’ra ham farqlanadi.
    Siyohlar quyidagicha bo’lishi mumkin:

    • suvli (ko'pchilik uy va ofis qurilmalarida ishlatiladi);

    • moyli (sanoatda markalash uchun ishlatiladi);

    • pigmentli (yuqori sifatli rasmlarni olishning eng yaxshi varianti - masalan, fotosuratlar);

    • solventli (tashqi reklama, plakatlar, stendlar uchun ishlatiladi, chunki bu bo'yoq suvga chidamli);

    • termotransferli (ularning yordami bilan kiyimga rasm tushiriladi).

    • Purkagichli printerlar ishlatilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

    • ofis (ko'pgina ofislarda - kichik qog'ozga bosib chiqarish uchun ishlatiladi);

    • keng ekranli (tashqi reklama sohasida ishlatiladi);

    • interyer (afishalar, stendlar va ichki bezatishning boshqa elementlari uchun);

    • markalash (nomiga ko'ra - har xil detallarni markalash uchun);

    • foto printerlar (rasmlarni chop etish uchun);

    • suvenir (disklar, telefonlar, murakkab blankalar kabi mayda buyumlarga bosib chiqarish uchun ishlatiladi - );

    • manikyur (go'zallik salonlaridagi yangilik - tirnoqlarga murakkab naqshlarni chizish apparati).

    Ko’pgina ofislarda ofis printeridan foydalanadi. U ichki ehtiyojlar uchun juda mos keladi - qog’ozda matn yoki rasmlarni chiqaradi. Bu turli printerlarni ko’plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi: Epson, HP, Canon, Lexmark va boshqalar.
    Ofis printerlari, foto printerlar singari, har bir rang uchun bitta kallak bilan jihozlangan va juda yaxshi rang berish xususiyatiga ega (ayniqsa doimiy foydalanish bilan). Bu turli printerlarda oddiy qog’oz o’rniga mahsus qoplamali qog’ozlardan foydalanilsa bosmaning sifati juda yuqori bo’ladi. Purkagichli printerlar matrisali printerlarga ko’ra tezroq chop etadi.
    Purkagishli printerlarning asosiy kamchiligi - bu unga xizmat ko’rsatishning narxi yuqoriligidir. Chunki printer katrijidagi siyoh tez tugab qoladi va kraska narxi qimmat turadi.
    Bu muammoni qisman hal qilish uchun printerlarga uzluksiz siyoh yetkazib berish tizimi (USYBT) o’rnatiladi.
    USYBT bu shunday tizimki u kartrid o’rnida ishlatiladi. Uning ishlashi oddiy - siyoh maxsus naychalar orqali avtomatik ravishda etkazib beriladi.

    1.23-rasm. Uzluksiz siyoh yetkazib berish tizimi

    Bunda chop etish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi va katrijga sarflanadigan pul tejaladi. Bunda vaqti-vaqti bilan siyoh sotib olish va uni maxsus idishlarga quyib turish lozim. Bu jarayon kartridjlarni almashtirishdan ancha oson va siyoh uzoq vaqt davomida etarli bo’ladi.
    Agar ilgari bunday tizimni faqat alohida o’rnatilgan bo’lsa, endilikda ular printerlar bilan birgalaikda sotilmoqda. Bunday printerlarning birinchi modellari 2011 yilning kuzida paydo bo’ldi va ular Epson L100 va Epson L800 markalli printerlar edi.

    1.24-rasm. Epson L100 purkagichli printeri

    Lazerli texnologiya (aniqrog’i - elektrografik texnologiya) 1938 yilda paydo bo’lgan. Dastlab elektrografiya, so’ngra kserografiya deb atalgan va bugungi kunda lazerli bosib chiqarish nomi bilan tanilgan ushbu printer tezligi, tejamkorligi va yuqori sifatda bosmaga chiqarish bilan ajralib turadi.

    1.25-rasm. Lazerli printer

    Lazerli printerning asosiy qismi yuzada elektr zaryadini saqlaydigan fotobaraban hisoblanadi. Fotobarabanga lazerli nur tushioriladi va bu nur barabanning alohida joylarini "yoritadi" va ulardan zaryadni olib tashlaydi. Lazer nurni boshqarish orqali barabanda zaryadlangan va zaryadlanmagan joylarni hosil qilish mumkin.
    Toner kukuni zarrachalari baraban faqat zaryadlangan nuqtalarga yopishadi va shu bilan tasvir hosil qiladi. So’ng bu tasvir qog’ozga o’tkazilib, yuqori harorat va bosim ta’siri ostida eriydi. Natijada qog’ozda bosma hosil bo’ladi.
    Baraban

    Oyna
    1.26-rasm. Lazerli printerning ichki qurilmalari

    Bunday texnologiya juda yaxshi natija beradi: bosmaga chiqarish tezligi purkagichli printerga qaraganda ancha yuqori. Oddiy ofisda ishlatiladigan lazerli printerlarda ham 1 daqiqada 10-20 ta sahifani bosmaga chiqaradi. Bosib chiqarish sifati ham juda yuqori, bundan tashqari bosma ishqalanishga va namlikka chidamli va rangni yaxshi ushlab turadi. Lazerli printerning afzalligi shundaki, u deyarli har qanday qog’ozga bosib chiqarish sifatini yo’qotmasdan chop etish qobiliyatidir.
    Lazerli printerlarning bir qancha xarakteristikalari mavjud bo'lib, ulardan bosmaga chiqarish tezligi va sifati asosiy hisoblanadi. Bosmaga chiqarish tezligi bir minutda nechta qog'oz beti pechat qilishi bilan o'lchanadi. Bosmaga chiqarish sifati esa mumkin bo'lgan nuqtalar soni (Idyumda nechta nuqta) bilan aniqlanadi. Mumkin bo'lgan nuqtalar soni qancha ko’p bo'lsa shuncha sifatli chop etadi. Lekin chop etish tezligi pasayadi. Bu ikki xarakteristika bir-biriga teskari proporsionaldir.
    1.5.2. Modem va faks-modemlar
    Modem - bu kompyuterni oddiy telefon tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan qurilma. Bu qurilmaning nomi ikkita MOdulyatsiya va DEModulyatsiya
    so’zlarining qisqartirishidan kelib chiqadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush signallari holatida, kompyuterda esa raqamli signallar holatida bo'ladi. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o'tkazsa, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o'tkazadi. Bu holat modulyator va demodulyator deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.
    Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo'lib, qo'shimcha ravishda rasmli ma'lumotlar, telefaks ma'lumotlarni kompyuterlararo almashish imkoniyatiga ega b o'ladi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko'pchilik modemlar faks-modemlar bo'lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkoniyatlariga ham egadir.
    Loyihaviy tuzilishiga ko’ra modemlar uch turga bo’linadi:

    1. Bosh plataga integrallashgan ichki modemlar;

    2. Kompyuterning tizimli blokida bosh plataning kengaytirish slotlaridan biriga joylashtiriladigan ichki modemlar;

    3. Tashqi modemlar. Bu turli modemlar aloqa portlaridan biri orqali ulanadi, alohida korpusga va o’zining elektr ta’minotiga ega bo’ladi.

    Modem quyidagi bloklardan iborat (27-rasmga qarang):

    • aloqa kanaliga ulanish qurilmasi (bu xavfsizlik elementlari bilan mos keladigan chiziqli transformator, terish davri, qo’ng’iroq signalini va boshqa akustik signallarni aniqlash zanjiri (masalan, band bo’lgan signal), ADC, DAC, filtrlarni uzatish va qabul qilish;

    • Raqamli signalli protsessor (DSP)

    • bayonnoma va boshqaruv kontroleri (xotira elementlari bilan); □ kompyuter

    bilan aloqa qilish interfeysi.


    1.27-rasm. Modem qurilmasining bloklari
    Modemlar bir-biridan ma’lumot uzatish tezligi (Mb/s) bilan farq qiladi. Modemlar ma’lumotlarni oddiy telefon kanallari orqali sekundiga 300 dan 56000 bitgacha tezlikda uzatadi. Bundan tashqari, zamonaviy modemlar ma’lumotlarni yuborishdan oldin ma’lumotlarni siqadi, bu ma’lumot uzatish vaqtini kamaytiradi.
    Hozirgi kunda ADSL modemlar, faks-modemlar, simsiz ishlovchi flesh modemlar va kabelli modemlar keng tarqalgan.

    b) c) d)

    1.28-rasm. Modemlarning turlari: a) ADSL modem; b) Faks-modem; c) USB modem


    1.5.3. Skaner qurilmalari va ularning turlari
    Skaner (ingl. scanner, scan - "diqqat bilan o’rganish, tekshirish" ma’nosini anglatuvchi so'zdan olingan) - bu ob'ektni (odatda rasm, matn) tahlil qiladigan, uning raqamli tasvirini kompyuter xotirasida yaratadigan kiritish qurilmasidir. Tasvirni kompyuter xotirasida raqamli tasvirni hosil qilish jarayonini skanerlash deb ataladi.
    Skanerlar texnologik jarayonlarda qo'llanishiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi:

    1. Planshetli skanerlar;

    2. Tortuvchi yoki g’ildirakli skanerlar;

    3. Planetar yoki kitobli skanerlar;

    4. Barabanli skanerlar;

    5. Plyonkali skanerlar;

    6. Qo’l skanerlari.





    d) e)

    f)

    c)

    b)

    a)


    1.29-rasm. Skanerlar turlari ( a)-planshetli; b)- tortuvchi yoki g’ildirakli; c)-planetar yoki kitobli; d)-barabanli; e)-plyonkali; f)-qo’l skaneri)

    Download 0,66 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: san'at sohasida axborot texnologiyalari faninig predmeti, maqsadi va vazifalari

    Download 0,66 Mb.