|
ATX (Advanced Technology eXtended)
|
bet | 5/13 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #155163 |
Bog'liq Multimedia mobilATX (Advanced Technology eXtended) form-faktori 1995 yilda Intel firmasi tomonidan taklif qilingan va shu paytgacha juda mashhur bo’lib kelmoqda. ATX form-faktorli bosh platalarning o’lchami 30,5 x 24,4sm. Hozirgi kunda ko’plab bosh platalar, tizimli blok korpuslari va elekt manbai bloklari Intel va AMD protsessorlariga asoslangan holda ATX formatida ishlab chiqilmoqda.
ATX spetsifikatsiyasining xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
kiritish-chiqarish portlarini tizim platasida qulay joylashuvi;
klaviatura va sichqoncha uchun o’rnatilgan PS/2 ulagichlarining mavjudligi;
IDE va FDD ulagichlarining joylashuvi qurilmalarning o’ziga yaqinroq bo’lganligi;
protsessor rozetkalarini plataning orqasida, elektr ta’minoti yonida joylashishi;
elektr manbai bloke uchun yagona 20 pinli va 24 pinli ulagichlaridan foydalanish.
Hozirgi vaqtda ATX form-faktorli platalarni olish tavsiya etiladi, chunki ular sezilarli darajada kattaroq va shunga mos ravishda ko’proq uyalarga (slotlarga) ega va ular qulay joylasgan, shuningdek, chiplar va boshqa ulagichlar ham mavjud.
mATX (Micro ATX) - bu kichiklashtirilgan ATX standartidir. U asosan ko’p uyalar (slotlar) talab qilinmaydigan ofis kompyuterlarida ishlatiladi. mATX standarti 24,4 x 24,4 sm o’lchamda va 4ta kengaytirish uyasi (slot) mavjud. mATX standartidagi bosh plata elektr manbai blokini ulash uchun 20 yoki 24 pinni ulagichlarga ega. 2003 yildan boshlab deyarli barcha yangi modellarda 24 pinli ulagichlar mavjud.
1.15-rasm. Bosh plataning form-foktori
Mini-ITX standarti elektrik va mexanik tomondan ATX form-faktoriga mos keladi. Mini-ITX form-faktori VIA Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va kichik (17 x 17 sm) o’lchamga ega.
Hozirgi kunda:
Eskirgan standartlar: Baby-AT; Mini-ATX; to’liq o’lchamli AT plata; LPX;
Zamonaviy standartlar: ATX; mikroATX; Flex-ATX; NLX; WTX, CEB;
Amalga oshirilayotgan standartlar: Mini-ITX va Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX va PicoBTX lardan iborat.
Disk yurituvchilar va ularning turlari
Disk yurituvchilar bu electron-mexanik qurilma bo’lib har xil formatli kompakt disklar bilan ishlaydi, ya’ni bu disklarga ma’lumotlarni yozadi va o’qiydi.
Hozirgi kunda CD, DVD, Blu-Ray Disc kabi disklar formati mavjud. Bu disklar bir-biridan o’zlari saqlaydigan ma’lumotlar sig’imi bilan o’zgaradi.
Kompyuter texnika va texnologiyasini rivojlanishining 1970-yillariga kelib ma’lumotlarni saqlash vositalari yaratishda sakrash sodir bo’ldi. Bu yillarda alyuminiy qoplamali shaffoflikka ega bo’lgan polikarbonatdan tayyorlangan disk ixtiro qilindi. Polikarbonat disklarni asosini tashkil etib, ularni tashqi ta’sirlardan himoya qildi, alyuminiy qoplama spiral shaklida iz qilib chizib chiqildi. Bunda ma’lumotlarni o’qish va yozish prinsipi o’sha paytlardagi radiolarning gramplastinkasiga o’xshar edi. Alyuminiy qoplamaga nur tushiriladi. Bu ingichka nur alyuminiy qoplamadan qaytib maxsus yorug’likni qabul qiluvchilarga kelib tushadi. Kelib tushgan nurlarning o’zgarishiga nol va birlar mos qo’yiladi. Keyin Morze alifbosi tamoyilida ular musiqalarga, filmlarga rasmlarga va har xil matnli rasmlarga qayta ifodalanadi.
Disk yurituvchilar deganda ma’lumotlarni kompakt disklarga yozish va o’qish qurilmalari tushiniladi. Ular CD-ROM, DVD-ROM hamda Blue-Ray kabi kompakt disklar bilan ishlaydi.
Kompakt disk yurituvchilarining quyidagi turlari mavjud:
CD-ROM (Compact disc read-only memory) disk yurituvchisi - bu CD formatli kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qishga mo’ljallangan electron mexanik qurilma hisoblanadi. Ishlash printsipi ko’ra disk sirtidan aks etuvchi lazer nuridan foydalanib ma’lumotlarni o’qiydi. Magnit disklardan juda yuqori zichlikda yozilishi bilan farq qiladi. Standart diskdagi ma’lumotlarning hajmi 650 Mb bo’lib, bu taxminan 333 ming sahifa matniga yoki 74 daqiqali yuqori sifatli ovoz yozuviga to’g’ri keladi.
CD-RW disk yurituvchi - CD-R/RW formatli kompakt disklarga
ma'lumotlarni yozadi va o'qiydi;
DVD/CD-RW disk yurituvchi - DVD kompakt disklarni o'qish va CD-R/RW diskglarga yozish qurilmasi;
DVD-RW disk yurituvchi - DVD kompakt disklarni o ’ qish va yozish qurilmasi;
DVD-RW DL disk yurituvchi - ikki qatlamli DVD disklarga yozish va o'qish;
Blu-Ray (BD-ROM) disk yurituvchi - bu to’lqin uzunligi 405 nm "ko’k" (aslida binafsha rang) lazerdan foydalanishga asoslangan optik muhitning ilg’or texnologiyasidir. Lazer to’lqin uzunligini qisqartirish DVD-ROM bilan taqqoslaganda trekning kengligini yarmiga qisqartirish va ma’lumotlarning yozilish zichligini oshirishga imkon berdi. Himoya qatlami qalinligining olti marta pasayishi bir necha qayd etiladigan qatlamlarda o’qish / yozish operatsiyalarining ishonchliligini oshirdi. Bunda disklarning sig’imi 27-30 Gb bo’ladi.
HD DVD-ROM disk yurituvchisi - HD DVD formatli disklarni o’qish qurilmasi. Bu format 2008 yil fevral oyida yopildi;
HD DVD / DVD-RW disk yurituvchisi -DVD-R, DVD + R, DVD-RW, DVD + RW, CD-R, CD-RW kabi formatlardagi disklarga yozadi va o’qiydi.
Elektr ta’minoti bloki va uning xarakteristikalari
Kompyuterning tizimli blokining tashkil etuvchilarining barchasi ma’lum bir miqdorda elektr energiyasi sarflaydi. Masalan, Intel firmasining Core i5 9400F markali markaziy protsessor 65 Vt elektr quvvati sarflasa, GeForce GTX 1660 markali video karta 120 Vt enegiya sarflaydi. Tizimli blokni tashkil etuvchilarini barchasini o'ziga mos elektr quvvat ehtiyojini ta'minlovchi qurilma elektr ta'minoti bloki (ETB) deb ataladi. Elektr ta’minoti kompyuterning barcha qismlariga barqaror va to’g’ri quvvatni ta’minlash uchun javobgardir. Bundan tashqari, disklarda ma’lumotlarning saqlanishining ishonchliligi va xavfsizligi ham unga bog’liq. Ma’lumki, kompyuter standart elektr rozetkaga ulanadi va uning tarkibiy qismlari ikkita sababga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri elektr tarmog’idan quvvat ololmaydi:
Birinchidan, elektr tarmog’ida o’zgaruvchan tok bo’ladi, kompyuter qismlariga esa o’zgarmas doimiy tok kerak bo’ladi. Shuning uchun elektr ta’minoti blokining vazifalaridan biri oz’garuvchan tok oqimini o’zgarmas doimiy tokga aylantirib beradi.
Ikkinchidan, kompyuterning turli qismlari ishlash uchun turli xil kuchlanish talab etadi, shu bilan birga ba’zilariga bir vaqtning o’zida turli xil kuchlanishga ega bo’lgan bir nechta tok liniyalar zarur bo’ladi. Shunday qilib, elektr ta’minoti bloki har bir qurilmani zaruriy tok kuchlanishi bilan ta’minlaydi va buning uchun bir nechta elektr uzatish liniyalariga ega bo’ladi. Ulardagi kuchlanishlar miqdori +3.3V, +5V va +12V ga teng (15-rasmga qarang).
Kompyuter uchun tanlangan ETBida kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, bu liniyalarda elektr quvvati shuncha ko’p bo’ladi. Bu esa kompyuter qurilmalaririni samarali ishlashini ta’minlaydi. Tizimli blokda video karta, markaziy protsessor kabilar eng ko’p energiya talab qiluvchi qurilmalar hisoblanadi va ular kuchlanishlari + 5V va + 12V bo’lgan liniyalarga ulanadi. Qattiq disklar va optik disklar + 5V kuchlanishli, monitor esa + 12V kuchlanishli liniyalarga ulanadi.
1.16-rasm. Elektr ta’minoti blokining liniyalari
Elektr ta’minoti blokining asosiy xarakteristikasi bu uning quvvati
hisoblanadi. Uning quvvati hech bo’lmaganda kompyuterning tashkil etuvchilarining maksimal elektr sarfining umumiy yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Aks holda, kompyuter ishlash jarayonida eng yuqori energiya sarfi darajasiga yetkanda o’cib qoladi, yoki undan ham yomoni, ETB yonib ketishi ham mumkin. Shuning uchun kompyuterlar uchun ETB sotib olish kerak bo’lsa, imkon qadar yuqori kuchlanishga ega bo’lganini olgan ma’qul.
Ko’pgina ofis kompyuterlari uchun 400 Vt elektr ta’minoti bloki etarli. O’yin o’ynash uchun yig’ilgan kompyuterlarning elektr quvvat manbai kamida 500 Vt quvvatga ega bo’lishi kerak. Bunda protsessorlar, video kartalar, shuningdek ularga kerak bo’lgan qo’shimcha sovutish tizimlari ko’p energiya sarflaydi. Agar kompyuterda bir nechta video kartalar bo’lsa, unda uni quvvatlantirish uchun 550 Vt va 650 Vt quvvat manbalari kerak bo’ladi. Hozirgi kunda 1000 Vt va undan ortiq kuchlanishli ETBlar ishlab chiqarishda mavjud.
Ko’pincha, ETB ishlab chiqaruvchilari uning nominal quvvat qiymatini uyatsiz ravishda oshirib yozib yuboradi, ko’pincha arzon modellarni sotib oluvchilar bunga duch kelishadi. Shuning uchun ETB tanlashda tajriba-sinov natijalari ma’lumotlari asosida elektr ta’minot blokini tanlashni maslahat beramiz. Bundan tashqari, ETBning quvvatini uni og’irligi bilan ham aniqlash mumkin. U qanchalik og’ir bo’lsa, elektr ta’minot blokining haqiqiy kuchlanishi uning korpusida yozilganiga mos kelish ehtimolligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Odatda, elektr ta’minoti bloki kompyuter tizimli blokiga va bosh platasiga mos holda olinadi. Bu birinchidan, tizim blokiga to’g’ri kelishi uchun, ikkinchidan esa bosh plataga ulanishi uchun kerak.
1.17-rasm. ETBining ulagichlari Bu
yerda:
20 + 4 pinli asosiy quvvat kabeli bo’lib, bosh plataga ulanadi;
Markaziy protsessor (CPU) elektr quvvati kabeli. Protsessorni kerakli kuchlanish bilan ta’minlaydi. Rasmda standart 4 pinli ulagich ko’rsatilgan, ammo shuningdek, kuchli protsessorlar uchun 8 pin va 4 + 4 pin variantlari mavjud.
SATA turli qattiq disklarning elektr quvvati kabeli. Qattiq diskning tegishli turiga quvvat beradi.
Periferik elektr kabeli. U quyidagilarni quvvatlantirishi mumkin:
IDE qattiq disk;
CD / DVD disk yurituvchilar.
PCI-Express shinalarining elektr quvvati kabeli. U shinaga ulangan barcha qurilmalarni, jumladan, tarmoq kartasini, video kartani va boshqalarni kerakli kuchlanish bilan ta’minlaydi. Rasmda universal turli 6+2 pinli sim keltirilgan. Ammo 6 va 8 pinli kabellar ham mavjud.
Floppy disk yurituvchining quvvat kabeli. Disketani o’qish vositasini quvvatlantirish uchun ishlatiladi. Eskirgan kabel turi, hozirda mavjud emas.
Elektr ta’minoti bloki umumiy elektr quvvati xarakteristikasidan boshqa yana quyidagi xarakteristikalarga ega:
|
| |