|
Mavzu: san'at sohasida axborot texnologiyalari faninig predmeti, maqsadi va vazifalari
|
bet | 8/13 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #155163 |
Bog'liq Multimedia mobilQo'shimcha tugmachalar. Bu tugmachalr klaviaturaning o’ng qismida alohida qo’shimcha panel ko’rinishida joylashgan bo’lib, ular raqamlar va kursorni yo'naltiruvchi tugmalardan tashkil topgan. Bu tugmalardan asosan sonli ma’lumotlarni kiritishda foydalanadi. Shuning uchun ular sonlarni yozishga qulay qilib joylashtirilgan. Kursorni yo'naltiruvchi tugmachalarni aktivlashtirish uchun “Num Lock” tugma bosib qo'yiladi.
Manipulyatorlar - bu (koordinatani ko'rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qo'shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi. Ular klaviatura bilan birgalikda foydalanuvchiga kompyuterda ishlashda qulay muhit yaratib beradi. Manipulyatorlar yordamida foydalanuvchi tez va oson holda kursorni displey ekrani bo'yicha tez o'zgartirishi, menyu bo'limlarini tanlashi, ekran fragmentlarini ajratish kabi ishlarni bajara oladi. Manipulyatorning asosiy vazifasi kursorning ekran bo'ylab ko'chishini ta'minlash va kursor ko'rsatgan ekran nuqtasini zarur holda belgilashdan iborat. Bir qator manipulyatorlar bundan tashqari ekranda tasvir chizish imkoniga ega.
Hozirda shaxsiy kompyuterlarda quyidagi manipulyator turlaridan foydalaniladi:
joystik;
nurli pero;
“sichqoncha” turidagi manipulyator;
sharli manipulyator (shar tipidagi manipulyator).
Joystik - kursorni ekranda to'rt yo'nalishdan biriga ko'chishini ta'minlaydi. U maxsus ko'rpusga o'rnatilgan dastakdan iborat.
Nurli pero (Liqht pen) - displey ekranidagi nuqtani ko'rsatish uchun yoki tasvirni yuzaga keltirish uchun qo'llanilishi mumkin. U loyihaviy tuzilishiga ko'ra ichida fotoelement bo'lgan ruchkani eslatadi.
Sichqoncha - bu manipulyator qurilma bo'lib, kursorni va grafik interfeyslarni boshqarish vazifasini bajaradi. Sichqonchalarning joylashuv koordinatalari kompyuterga uzatiladi va displey ekrani bo'ylab nuqta yoki strelka ko'rinishida (odatda-“sichqoncha” ko'rsatkichi deyiladi) kursorning tegishli ko'chishini yuzaga keltiradi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo'yicha farqlanadi. Ular standart, trekbol, sensor panel ko'rinishlarda bo'ladi. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatiladi, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan bo'lib, ular noutbuklarning klaviatura qismining ostki paneli ichiga o'rnatilgan bo'ladi.
a) b) c)
1.20-rasm. Manipulyatorlar: a) Joystik; b) simsiz sichqoncha; Nurli pero
Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari
Kompyuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va ekranda chop qilishdan iborat, balki ularga turli xil qo'shimcha qurilmalar ulash orqali ularni imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkin. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning barchasi ochiq arxitektura tamoyili asosida tashkil etilganligi uchun ularga juda ko'plab qo'shimcha qurilmalar ulash imkoniyati mavjud. Shaxsiy kompyuterlarga ulash mumkin bo'lgan qurilmalar kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuterlar bir qancha qo'shimcha qurilmalarga ega.
Printerlar va ularning turlari
|
| |