|
Mavzu: san'at sohasida axborot texnologiyalari faninig predmeti, maqsadi va vazifalari
|
bet | 11/13 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #155163 |
Bog'liq Multimedia mobilPlanetar skanerlarda skaner qilinadigan original skaner qiluvchi qurilimadan ma'lum bir masofa uzoqda va yuqoriga qaragan holda joylashadi. Ko’p hollarda planetar skanerlar kitob qo'yiladigan maxsus kitobsimon joyga ega bo'ladi. Shuning uchun ba’zan ularni kitobli skanerlar deb ham atashadi. Bu turli skanerlar asosan mahkamlab qo'yilgan hujjatlarni, masalan, kitob va jurnallarni skaner qilishda ishlatiladi. Planetar” saknerlarning asosiy xususiyati original bilan kontaktga bormasdan skaner qilish usuli va skaner qilishda yuqori samaradorlikga egaligidir.
Barabanli skanerlar asosini original mahkamlanuvchi aylanuvchi baraban tashkil etadi. Bunda originaldan qaytgan yorug’lik nuri fotoelektron qurilmaga kelib tushadi va bu qurilma nurlarning intensivligiga mos elektron signallar hosil qiladi. Bu elektron signallar kompyuter xotirasida raqamli tasvirni yaratadi. Barabanli skanerlarning skaner qilish sifati juda yoqori bo'ladi, lekin kattaligi va qimmatbaholigi uchun uni faqat katta tashkilotlar oladi. Barabanli skanerlar asosan katta bosmahonalarda ishlatiladi.
Plyonkali skanerlar faqat shaffof originallarni skaner qilishga mo'ljallangan. Shaffof originallar - bu foto-plyonka negativlari, slayd-plyonkalar va boshqa shu kabi shaffof yuzali materiallarga yozilgan axborotlar hisoblanadi. Bu turli skanerlar asosan foto-studiyalarda va foto-laboratoriyalarda ishlatiladi.
Qo’l skanerlarining asosiy ustunligi ularni foydalanuvchilar doimo o’zi bilan olib yurishi mumkinligidir. Bu skanerlar qo'lda original ustidan yuritib chiqish orqali skaner qilinadi. Ularni skaner qilish sifati unchalik yuqori emas, lekin noutbuk yoki planshetlar bilan birgalikda ishlatib yurish uchun keraklicha yetarli hisoblanadi. 1.5.4. Skanerlarning asosiy xarakteristikalari
Kompyuterlarning har bir qo'shimcha qurilmalarining o'zini xarakteristikalari mavjud. Foydalanuvchilar shu xarakteristikalarga qarab ularni yaxshi yoki yomon ekanligi haqida hulosa qilishadi. Shunga ko'ra skanerlar ham o'ziga tegishli xarakteristikalar ega:
Skanerlarning mumkin bo'lgan nuqtalar soni (ruschada “PaapemeHue”, inglizchada “Resolution) - bu bir kvadrat dyumdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Bu mumkin bo'lgan nuqtalar soni qancha ko’p bo'lsa skaner shuncha yaxshi hisoblanadi. Chunki nuqta soni qancha ko’p bo'lsa bu nuqtalar orqali ifodalangan tasvir sifati shuncha yuqori bo'ladi. Ko'pincha, sanoatda ishlatiladigan skanerlarning mumkin bo'lgan nuqtalar soni 200-300 dpi bo'ladi.
Ranglar razryadligi - bu ranglar sonini bildiradi. Agar rang bir razryadli bo'lsa unda ikkita rang - oq va qora bo'ladi va bir razryadli skanerlar faqat oq-qara rangli skaner qiladi. Skanerlar 8, 16 va 24 razryadli bo'lishi mumkin. 8 razryadli skanerlar nimrang-kulrang skaner qiladi, 16 va 24 razryadli skanerlar RGB ranglar modeli ranlari bilan rangli skaner qiladi. Bosmahonalarda 36 bitli rangli skanerlar ishlatiladi. Ular yuqori darajada sifatli rangli skaner qilish imkoniyatiga ega.
Skaner qilish vaqti - bu bir minutda nechta varoqni sakner qilish bilan o'lchanadi. Skaner qilish tezligi qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi.
Skaner qilinadigan hujjatning formati - bu original qog'ozning o'lchami bilan belgilanadi, masalan, A3, A4 formatlar singari.
Ma’lumotlarni uzatish interfeysi - skanerlarning kompyuterga USB, COM portlar, WI-FI, SCSI kartalar va boshqalar orqali ulanishini bildiradi. Hozirda USB va WI-FI ulanish yaxshi hisoblanadi.
Skaner harid qilayotganda yuqorida keltirilgan xarakteristikalarga amal qilish lozim. Bunda skaner nima maqsad uchun harid olinayotgani ham skaner tanlashda muhim o'rin egallaydi.
Skanerlarning dasturiy ta’minoti
Kompyuterlarning barcha qo'shimcha qurilmalari kabi skanerlar ham dasturiy ta’minotsiz ishlamaydi. Skanerlarning dasturiy ta’minotini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin, ya’ni:
Skaner drayveri - bu skanerni kompyuter bilan bog’lovchi dasturdir. Har bir skanerning o'zini drayveri bo'ladi va skaner harid qilinganda unig hujjatlari bilan birga CD-disk bo'ladi. Bu diskda skanerdan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar kelritilgan PDF fayllar va skaner drayver dasturi bo'ladi. Skaner qurilma ulanish simlari orqali kompyuterga ulangandan so'ng bu diskdan skanerning drayver dasturi o'rnatiladi, aks holda skaner ishlamaydi.
Hujjatlarni skaner qiluvchi dasturiy ta’minot. Hujjatlarni skaner qiluvchi dasturiy ta'minot 3 turga bo'linadi:
Kichik hajmdagi axborotlarni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta’minot;
Katta hajmdagi axborotlarni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta’minot;
Maxsus masalalarni yechishga qatatilgan axborotlarni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minot;
Kichik hajmdagi axborotni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minotlar asosan uy va ofislarda ishlatiladi. Bunday dasturlar turkumiga TWAIN standartiga mos keluvchi va skaner qilish funksiyasiga ega dasturlarni kiritish mumkin. TWAIN (Toolkit Without An Interesting Name) standarti - bu skanerlar, raqamli kameralar kabi tasvirga olish qurilmalari va dasturlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aniqlovchi standart bayonnoma (protocol) va interfeysdir.
Kichik hajmdagi axborotni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minotga misol qilib, quyidagi dasturlarni keltirish mumkin.
“ABBYY FineReader”
“Adobe PhotoShop”
“Cognitive Cuineiform”
“Microsoft Photo Editor”
“ACDSEE”
Katta hajmdagi axborotni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minotlar asosan sanoatlarda saknerdan foydalanishga mo'ljallangan. Bunda bir skaner 50000dan ortiq hujjatlarni skaner qilishi mumkin. Bunday dasturlar ISIS (ISISImage and Scanner Interface Specification) standarti bo'yicha yaratiladi. Bunday dasturlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
“Kofax Ascent Capture”;
“Captiva InputAccel”.
Maxsus masalalarni skaner qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minotlar skanerlarda hujjatlarni yuqori sifatli skaner qilishda ishlatiladi. Bu dasturlar standartlar asosida emas balki, skaner qurilmalar asosida, ya’ni ularning ishlash prinsipi bo'yicha ishlab chiqariladi. Ularga misol qilib:
“II.i;ihCk;ih BSC-2”
“RZ ProScan Book (Minolta PS7000 edition)”
“Zeutschel OmniScan” kabilarni keltirish mumkin.
Multimediyali kompyuterlarda bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar
|
| |