Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja: Kirish Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Korxonalarning bozordagi strategiyasi Ishlab




Download 34,61 Kb.
bet1/13
Sana20.05.2024
Hajmi34,61 Kb.
#245462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja Kiri
2.1ATT-мавзу, tekhnologii analiza dannykh data mining text mining visual mining, 2 Amaliy TrueCrypt dasturi yordamida ma’lumotlarni shifrlashni o‘rganish, Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish. Algoritm va dastur-fayllar.org, 1-ТИ Статистик хисобот, Qaror, 12, algebra-10, Inson va tabiat, PPT-1, 845411, 190 sinf rahbari, Buyuk allomalar hayoti, Mixed tenses, https

Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja: Kirish Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Korxonalarning bozordagi strategiyasi Ishlab

Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish.
Reja:
Kirish
1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati
2. Korxonalarning bozordagi strategiyasi
3. Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasining shakl va bosqichlari
4. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning samaradorlik mezonlari
5. Korxona faoliyatini rejalashtirish
Xulosa
Foydalinilgan adabiyotlar va saytlar


Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorga o’z mahsuloti bilan mustaqil chiqadi. O’z mahsulotini bozorda sotish sharoitlarni yaxshiroq yaratgan korxona boshqa shunga o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan yaxshiroq holatda bo’ladi. Bu xolisona talabiga ko’ra, har bir korxona o’z taraqqiyot yo’lini bozor talabiga muvofiq tuzish va ishlashi kerak. Har bir korxonada rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ayni shunda o’z ifodasini topadi.
Strategiya maqsadlarni shakllantirish tamoyillaridan va ularga erishishning muvofiq siyosatidan iborat bo’ladi. Strategiyani amalga oshirish korxonaning iqtisodiy quvvati doimiy kuchayishini, ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlashi kerak. Korxona resurslariga va imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:
Xodimlarning uddalashi, bilimi va kasb tajribasi. Bu holda ular iste’molchilarning talablarini idrok qilish va haqiqatda gavdalantirib ko’rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan baholanadi.
Moddiy resurslar korxonalar joylashgan yerdan ishlab chiqarish va umumiy binolar, asbob-uskunalar, elektr ta’minot manbalari (xususiy yoki sotib olingan), issiqlik, suv, ishlab chiqarish chiqitlarini yo’qotish imkoniyatlari va boshqalardan iborat. Hammasi bu holda ularning texnik holati, mulkiy shakli (ijara, aktsioner, xususiy va boshqalar) nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Texnologik va tashkiliy resurlar – ilg’or texnologiyalarni, patent va litsenziyalarni, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish taraqqiyparvar shakllarining mavjudligi.
Axborot resurslari –axborotni olish imkoniyatning mavjudligi.
Moliyaviy resurslar korxonaning balansidagi likvid aktivlardan va qarz olish imkoniyatidan iborat
Marketing resurslar – tartibga solingan sotuv va ta’minot tarmog’ining mavjudligi, tijorat ishlarini olib borish bo’yicha xodimlar (personal)ning ixtisoslashgan bilimlari va tajribasi.
Tashkiliy resurslar – ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini doimo takomillashtirish imkoniyati, qobiliyati va boshqalar. Ishlab chiqarish omillarining tanqisligi va qimmatligi ularni qanday ishlatishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun korxona ishlayotgan muhitni bilish lozim.

Download 34,61 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 34,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish. Reja: Kirish Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Korxonalarning bozordagi strategiyasi Ishlab

Download 34,61 Kb.