|
Mavzu: Sezgi va uning turlari
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #231201 |
Bog'liq Sezgu turlari
TMS UNIVERSITETI PPC 106-GURUH TALABASI Yakubova Nilufar NING Umumiy psixologiya
FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Fan o`qituvchisi: Sattorova .D
Mavzu: Sezgi va uning turlari. - Reja
- Sezgilar haqida umumiy tushuncha.
- Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
- Sezgi turlari haqida
Ma’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi.
Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.
|
| |