• Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
  • Mavzu: Sezgi va uning turlari




    Download 0,64 Mb.
    bet2/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #231201
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Sezgu turlari

    Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
    Ø periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;
    Ø analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
    Ø analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
    Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
    Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
    Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
    Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
    Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
    1. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
    2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
    3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
    Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
    Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,64 Mb.