Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash
MUNDARIJA
Оглавление
Kirish 1
1.ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi 3
2.Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha. 4
3. Korpus va qopqoqni tekshirish. 5
4. BIOS tashqi qurilmalar parametrlarinin o'rnatish 8
5. Ekran imkoniyati va rang modellari 12
6. Hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari 14
7. Zamonaviy dasturlarning turlari va ularning vazifalari. 19
Xulosa 22
Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi. 23
Kоmpyutеr bilan ishlaganda tехnika хavfsizligi 23
Kоmpyutеr bilan ishlaganda quyidagi qоidalarga amal qolish kеrak: 24
Kоmpyutеr tехnikasi — nurlanish manbai va undan himоyalanish 25
ADABIYOTLAR RO`YXATI. 29
Kirish
Axborot jamiyat uchun moddiy yoki energetik, texnik va moliya resurslari kabi eng qimmatli resursdir. Axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va foydalanish jarayonlari axborot texnologiyasining elementlari bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini axborotga kompyuterli ishlov berish, katta ma’lumotlar massivini elektron tashuvchilarda saqlash, axborotni foydalanuvchiga qulay ko‘- rinishda tezkor yetkazish jarayonlari tashkil qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining farqli xususiyatlari foydalanuvchiga nisbatan keng ko‘lamdagi muloqat imkoniyatlari, axborot va texnik resurslardan jamoa bo‘lib foydalanish, axborotga ishlov berish, saqlash va uzatishning qog‘ozsiz texnologiyasining mavjudligidir. Bu barcha xususiyatlar ijod qilish, kasbiy ko‘nikmalarni olish va mustahkamlash, zamonaviy boshqarish usullarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada texnik va dasturiy vositalar ofis masalalarini va muassasa vazifalarini yechish uchun samarali qo‘llash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Ofis avtomatlashtirilgan tizimlarining maqsadi foydalanuvchining faoliyatini kompyuterlashtirish, hujjat aylanishining qog‘ozsiz texnologiyasini ta’minlashdan iborat
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin. Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat. Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan biri hisoblanadi.
|