|
BIOS tashqi qurilmalar parametrlarinin o'rnatish
|
bet | 4/11 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 454,67 Kb. | | #265860 |
Bog'liq 11 Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash va BIOS ni sozlash 4. BIOS tashqi qurilmalar parametrlarinin o'rnatish
Setup BIOS ishga tushirish. BIOS dasturi ishga tushirish uchun kompuyter qayta yuklanadi. Kompyuter yonish vaqtida monitor pastki qismida BIOS ga kirish tugmasini ko’rsatati rnisol uchun Press DEL to enter SETUP. Наг xil versiyadagi BIOS ni kirish klavishi har xil bo’lishi mumkin misol uchun ko’p hollarda Del, F2, yoki ESC klavishlaridan biri bo’lishi mumkin. Xullas DEL tugmasi kompyuter yonish vaqtida bir necha marta bosiladi va natijada BIOS dasturi ochiladi.
Setup BIOS orqali sana va vaqtni sozlash. Setup BIOS orqali sana va vaqtni sozlash Standard CMOS Features menyusi tanlab Enter bosiladi. Ushbu oynadan oy, kun, yi] va vaqtni klaviyatura orqali kerakli sana va vaqt kiritiladi.
ОТ ni o’rnatish uchun BIOS orqali sozlash. Ochilgan BIOS dan “t” klavishlari yordamida “Advansed BIOS Features” men-yusidan “First Boot Devise” ni tanlab bosuladi va natijada oynacha xosil bo’ladi. Bu oynada turli xotira yoki ma’lumot tashuvch qurjlmalar nomilari ro’yxati mavjud. Ushbu ro’y-xatdan “CD-ROM” ni tanlab Enter bosiladi.
BIOS sozlanmalarini saqlash va undan chiqish. Sozlanmalar bajarilgandan so’ng chiqish va saqlash uchun BIOS menyular ro’yhatining o’ng qismida Save & Exit Setup ni tanlab Enter bosiladi. Kichkina darcha xosil bo’ladi. Darchada sozlan-malarni saqlaymizmi ha yoki yo’q degan so’rov paydo bo’ladi. Klaviyatyradan agar saqlash kerak bo’lsa “Y” klavishi agar saqlash kerak bo’lmasa “N” klavishi bosiladi.
Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash
№
|
Ishlar nomi
|
Asbob va jihozlar
|
Bajarish tartibi
|
Eskiz (rasm)
|
1
|
ShK korpusini ochish
|
Maxsus burash asbobi (отвёрткa)
|
Ish joyi va asboblarni tayyorlash. Shaxsiy kompyuterni elektr tokidan uzish lozim. To‘planib qolgan zaryadni olib tashlash (yo‘qotish) uchun kompyuter elektr tarmoqqa ulanmagan holatda Power tugmasini bosish. ShK korpusini ochish.
|
|
2
|
Ona platani o‘rnatish
|
Maxsus burash asbobi (отвёрткa)
|
Ishlashga qulay bo‘lishi uchun shaxsiy kompyuterni yonboshlatib yotqizing.
Ona platani korpusga mahkamlovchi maxsus boltlarni (ona plataning korpusga tegib turishiga yo‘l qo‘ymaydigan boltlarni) toping va ularni maxsus teshiklarga joylash-tiring. Ona platani korpusga joylash-tiring va boltlar bilan mustahkamlang.
Old panelning qo‘shilmalari hamma ona platalarda funksiyalarni ta’minlash uchun oldi panelga olib chiqilgan ulanish joylari uning pastki o‘ng qismida to‘planadi. HDD LED (qattiq diskning yorug‘lik diodli displeyi), tokni yoqish (On/off) tugmasi va yuqori qatordagi RESET tugmasi hamda pastroqda mini-mikrofon joylashgan. "SP, SPK yoki SPEAK: dinamik uchun chiqish. Unda 4 ta tish bor. "RS, RE, RST yoki RESET: tugmasi. 2 tishli kabel. "PWR, PW, PW SW, PS yoki POWER SW tokni ulash tugmasi. 2 tishli ulanish joyiga ega. "PW LED, PWR LED yoki Power LED: kompyuter yoqilganda korpus-ning oldi panelidagi yorug‘lik diodi yonadi. 2 tishli kabelga ega. "HD, HDD LED bu ikki tishli qattiq diskning ishlashini qayd qiluvchi yorug‘lik diodini yoqadigan kabel bilan ulanadi. Ushu kabellar quyidagi tartibda ulanadi:
|
|
3
|
Ozuqa blokini o’rnatish
|
Maxsus burash asbobi (отвёрткa)
|
Ozuqa blokini o’rnatish uchun avval korpusga nazar solib. Ozuqa bolkini o’rnatish joyiga ozuqa blokni joylashtirib, shruplar bilan qotiriladi. Ozuqa blokidan chiqqan kabellar ona plata, qattiq disk va disk yurituvchilar-ning mos keluvchi joylariga ulanadilar. boshqa qurilmalarga ulash mumkin.
|
|
4
|
Operativ xotira o’rnatish
|
Kompyuter va kompyuter jihozlari
|
Albatta birinchi navbatda tizim blokini yotqizib olish lozim. Operativ xotirada maxsus ulanish joyi va ularni ajratib turuvchi tirqish mavjud. Ona platada esa unga mos ulanish joyi mavjud. Xotirani qo‘yishdan oldin ona plata slotlarini ochish zarur. Xotira platasini ona plata slotlariga shunday olib boringki, ularni tirqishi va kalitlari bir-biriga mos kelsin. Xotirani ehtiyot-korlik bilan yaxshilab joylashtirish kerak. Bunda xotirani ikki chetidan bosh barmoq bilan bosish talab etiladi
|
|
5
|
Qattiq diskni o’rnatish
|
Maxsus burash asbobi (отвёрткa)
|
Qattiq disk o‘rnatish uchun tizim blokida ular uchun maxsus joy ajratilgan. Bitta tizim blokida bir nechta qattiq disk o‘rnatilishi mumkin. Qattiq diskni tizimli blokdagi unga ajratilgan joyga o‘rnatib, uni maxsus mahkamlash asboblari bilan mahkam-lab qo’ying. Ma’lumotlarni uzatish uchun diskni mahkamlab elektr man-baiga ulash kerak. Uni ulashda elektr ta’minoti uchun va ma’limotlarni uzatish uchun maxsus kabellar ishlatiladi.
|
|
6
|
CD-ROM/CD-R-RW/DVD diskovodini o‘rnatish
|
Maxsus burash asbobi (отвёрткa)
|
CD-ROM/CD-R-RW/DVD disk yuri-tuvchilarini o‘rnatish jarayoni vinches-terni o‘rnatish jarayoniga o‘xshash. Avval jamperlarning to‘g‘ri o‘rnatil-gani tekshiriladi. (Slave\Master instal-lyatsiyaning turiga bog‘liq ravishda, agar disk yurituvchi qattiq disk bilan bir shleyfga o‘rnatilsa, unda disk yurituvchi slave bo‘lishi kerak). CD-ROM/CD-R-RW/DVD disk yurituv-chini ichkariga joylashtirish, uni o‘z joyiga vint bilan mahkamlab qo‘yish mumkin. Bu ishda 4 ta vintdan foyda-laniladi. Vintlarni haddan tashqari qattiq tortish kerak emas. Chunki ortiqcha kuch ishlatish korpusda kuchlanish hosil qilib, uning qiyshay-ishiga sabab bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchining aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ta’sir shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun vintlarni disk yurituvchi yaxshi mustahkamlan-ganiga ishonch hosil qilish kerak.
|
|
5. Ekran imkoniyati va rang modellari
Ekran imkoniyati- bu kompyuter tizimi va operatsion tizim xususiyatidir. Ekran imkoniyati piksellarda oʻlchanadi va ekranda joylashadigan tasvir oʻlchamini belgilab beradi. Chop etuvchi qurilma va printerning imkoniyati – bu printerning aloxida nuqtalarni koʻrsatishi bilan belgilanadi. U nuqta – dyuymga birligida oʻlchanadi. U tasvirni berilgan sifat yoki aksincha berilgan oʻlchamda tasvirlaydi. Tasvir imkoniyati –bu tasvir xususiyati. U ham nuqta – dyuymga nisbatan birligida oʻlchanadi va uning skaner va grafik tahrirlovchisi yordamida oʻlchami beriladi.
Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Kompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini oʻynaydi. Biz koʻrayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorugʻlik koʻz qorachigʻi orqali koʻzimizga oʻtadi va koʻz ichidagi asab xoʻjayralarini qoʻzgʻatadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bogʻlanganligi tufayli koʻz yorugʻligi miyaga oʻtadi va ongimizda buyumni koʻrish tuygʻusi paydo boʻladi. Biz buyumni koʻramiz. Atrof muhitni bunday koʻrish qobiliyati koʻrish deb, koʻrish a’zosi esa koʻz deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda koʻp ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni koʻrish orqali qabul qilamiz. Yorugʻlik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning koʻzimiz miya bilan organizmning asab tizimsi orqali bogʻlangan. Agar koʻzning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida oʻxshashlik borligini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin boʻlmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. qizil, yashil va koʻk ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil boʻladi.
Rang modellari. Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va koʻrsatish yoʻli. Eng keng qoʻllaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, koʻk) monitorlarda tasvirlarni koʻrsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar),
Lab va Multichannel (koʻp kanalli).
RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – koʻk birlamchi ranglarning bosh harflaridan olingan boʻlib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida koʻrinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar hosil boʻladi.
RGB modeli. CMYK modeli.
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 boʻlganda oq rang, R=0, G=0, B=0 boʻlganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin.
|
| |