• Shina protokoli
  • Sinxron shina
  • Mavzu: Shina turlari va ularning xususiyatlari




    Download 386.92 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi386.92 Kb.
    #181559
    Bog'liq
    Xasanov Dilshod
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    Mustaqil ish
    Mavzu: Shina turlari va ularning xususiyatlari
    Shina bu –bir nechta qurilmalarni birlashtiradigan bir nechta o'tkazgichlar to’plami bo’lib:
    protsessorning ichki shinasi bo'lishi mumkin va ma'lumotlarni ALU ga/dan uzatishga xizmat qilishi mumkin,
    protsessor uchun tashqi bo'lishi mumkin va protsessorni xotira yoki kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog'lashi mumkin (janubiy ko’prik orqali).



    Barcha bitlarning turi bir xil bo'lganda, masalan, barcha adres bitlari yoki barcha ma'lumotlar bitlari bir xil bo’lganda shinalar sxemalarda oddiy chiziq bilan chiziladi. Ma'lumotlar va/yoki boshqaruv liniyalari yoqilganda qalin chiziqlar ishlatiladi
    Shina protokoli – shunday protokolki, shinaning ishlashi va shinaga ulangan barcha qurilmalar, shuningdek boshqa platalar tizim shinasiga mos kelishi uchun ushbu protokolga rioya qilishlari kerak.
    Shinaning ishlashi: shinaga ulangan ba'zi qurilmalar faol va shinada ma'lumot uzatishi mumkin, boshqalari passiv va so'rovlarni qabul qiladi.
    Faol qurilma boshqaruvchi deyiladi, passiv qurilma bo’sinuvchi deyiladi.

    Shina kengligi (liniyalar soni) – loyihalashda ko’zga tashlanadigan eng asosiy parametr.
    Shina qancha ko’p adres liniyalarini o'z ichiga olsa, protsessor shuncha ko'p xotiradan foydalana oladi [n ta adres liniyasi=> 2п ta xotira yacheykasi]
    Shinaning o’tkazuvchanlik ko’rsatkichini oshirish yo’llari:

    • Shina tsikli vaqtini kamaytirish (1 sekundda uzatishlar sonini ko’paytirish)

    • Shina kengligini oshirish (yoki, 1 tsiklda uzatiladigan ma’lumotlar bitlari sonini ko’paytirish).

    Shina tezligini oshirishda paydo bo’ladigan muammolar :

    • har xil liniyalardagi signallar har xil tezlikda uzatiladi, bu hodisa “shina qiyshayishi” (расфазовка) deb ataladi, shuning uchun shina qancha tez bo'lsa, qiyshayish shunchalik katta bo'ladi.

    • shina oldingi versiyalar bilan mos kelmaydigan bo'lib qoladi

    Yechim: multipleks shinani qo’llash.

    • adres va ma'lumotlar liniyalariga bo’linish mavjud emas

    Masalan, adreslar va ma'lumotlar uchun 32 liniya bo’lsa, liniyalar dastlab adreslar uchun, keyin ma'lumotlar uchun ishlatiladi. Ma'lumotni xotiraga yozish uchun dastlab adresni, keyin ma'lumotlarni uzatish kerak bo’ladi.
    Har biri uchun alohida liniyalar mavjud bo'lsa, adreslar va ma'lumotlar birgalikda uzatilishi mumkin.
    Ularning sinxronlashiga qarab

    • Sinxron shina kvartsli generator tomonidan ishga tushiriladigan liniyali bo’ladi:

    • signal - 5 dan 133 MGts gacha bo'lgan chastotali kvadrat to'lqin

    • Shinaning har bir harakati shina tsikli deb nomlanuvchi butun sondan iborat bo’ladi.

    • Asinxron shina generatorga ega bo’lmaydi.

    • Shina tsikllari ixtiyoriy va shu bilan bir vaqtda barcha juftliklar uchun bir xil bo’lishi shart emas.

    Uzilishlarni qayta ishlash tsikli:

    • MP biror I/O qurilmasiga biror harakatni bajarishga so’rov yuborganda bu buyruqning natijasini bildiruvchi uzilish signalini kutadi.

    • Uzilish signalini yuborish uchun shina talab qilinadi.

    Nizoli vaziyatlarni hal qilish

    • bir nechta qurilmalar bir vaqtning o'zida uzilish sodir qiladi

    • har bir qurilmaga ma'lum ustuvorlik beriladi

    • ustuvorlashtirish uchun markazlashtirilgan hakamlik bajariladi.

    Standart, keng qo’llaniladigan uzilishlar interfeysi:
    Intel 8259А mikrosxemasi.




    • Sakkiztagacha I/O kontrollerlari 8259A da sakkizta IRQ (Interrupt Request) kirish liniyalariga bevosita ulanishi mumkin.

    • Qurilmalarning birortasi uzilishga qaror qilganda, u kirish liniyasini faollashtiradi.

    • Bir yoki bir nechta kirish liniyasi faollashtirilganda, 8259A kontrolleri INT (INTerrupt) signalini chiqaradi, u protsessorning mos keladigan kirishiga beriladi.



    • Agar protsessor uzilishni bajaradigan bo'lsa, u 8259A chipiga INTA (INTerrupt Acknowledge) liniyasi orqali impuls yuboradi.

    • 8259A mikrosxemasi uzilish signali qaysi kirishga kelganligini aniqlaydi va kirish raqamini axborot shinasiga joylashtiradi. Ushbu operatsiyani bajarish uchun maxsus shina tsikli talab qilinadi.

    • CPU bu raqamni uzilishlar xizmati jadvali manzilini topish uchun uzilishlar vektori jadvali deb nomlangan ko'rsatkichlar jadvaliga murojaat qilishda ishlatadi.



    • Agar 8 dan ortiq I / O qurilmalari bo'lsa, 8259A mikrosxemalar kaskadli shaklda ulanishi mumkin. [barcha 8 ta kirishlar yana 8259A mikrosxemalar liniyai bilan bog'lanishi mumkin, bu esa ikki bosqichli uzilishlarni boshqarish tizimidagi 64 ta kiritish-chiqarish moslamalarini birlashtiradi.].

    • Intel ICH10 I/O (Core i7 chipsetining mikrosxemasi) ning kiritish/chiqarish kontrolleri, 8259A tipli ikkita uzilishlar kontrolleriga ega.

    ICH10 15 ta ichki uzilishlarga ega, nu 8259A ning uzilishlaridan 1 taga kam, sababi – 16-uzilish ikkinchi 8259A kontrollerini kaskadli shaklda ulashga mo’lallangan.
    Download 386.92 Kb.




    Download 386.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Shina turlari va ularning xususiyatlari

    Download 386.92 Kb.