• RuralStar qishloq hududlarida tarmoq foydalanuvchilari uchun samarali yechimlarni taklif qiladi
  • Mavzu: Aloka liniyalarining ishonchli va sifatli ishlashi uchun aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan kurilmalar




    Download 1,77 Mb.
    bet27/81
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #153120
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
    Bog'liq
    Uzb tema

    Mavzu: Aloka liniyalarining ishonchli va sifatli ishlashi uchun aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan kurilmalar.

    Xalqaro elektroaloqa ittifoqining (XTAI) bergan ma'lumotlariga ko‘ra, yer shari aholisining 96 foizi mobil aloqa bilan qoplangan hududda, 90 foizi esa 3G-tarmog‘ining ta'sir doirasida joylashgan. Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i internetdan foydalanadi. Rivojlangan davlatlarda har besh kishidan to‘rttasi internetga ulangan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 45 foizni tashkil etadi. Shu o‘rinda aytish joizki, yer sharidagi yarim milliarddan ortiq odam biror bir telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanmagan.


    Raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish uchun Huawei kompaniyasi tarmoq texnologiyalari sohasida yangi yechimlar yaratmoqda va ushbu texnologiyalar rivojlanayotgan davlatlar ehtiyojlariga moslanmoqda, bundan maqsad barcha aholi mobil tarmoqlarning ta'sir doirasida bo‘lishlari va raqamli xizmatlar qulayliklaridan to‘liq foydalana olishlaridir.
    RuralStar qishloq hududlarida tarmoq foydalanuvchilari uchun samarali yechimlarni taklif qiladi
    2017 yilda Huawei olis hududlarda uyali aloqa bilan qoplashni kengaytirish xarajatlarini qisqartirish uchun RuralStar 2.0 yechimini yo‘lga qo‘ydi. Energiyaning kam iste'mol qilinishi, o‘rnatish ishlarining qulayligi, innovatsion texnologiyalar (jumladan akkumulyator texnologiyasi) va soddalashtirilgan ustun konstruksiyasi - ushbu afzalliklar mobil operatorga bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda maksimal qisqa muddatlarda o‘rnatish va ularning o‘z-o‘zini qoplash muddatini 5 yilgacha qisqartirish imkonini beradi. Ayni paytda ushbu yechim 8 ta davlat va mintaqalarning 12 ta operatorlari tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan, Tailand, Gana, Indoneziya, Nigeriya va Meksikada amalga oshirilgan bunday ishlar buning yaqqol misolidir.
    An'anaviy bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda o‘rnatish va ishlatish shaharlarga nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladi. Bundan tashqari, bazaviy stansiyalarni olis hududlarda kengaytirishda uyali aloqa operatorlari bir qancha muammolarga duch kelishmoqda - kerakli infratuzilmaning bazaviy stansiyani o‘rnatish joyida mavjud emasligi, ma'lumotlarni uzatishning ta'minlanishi yoki obektlar bilan optik tolali kabellar yoki radiorele vositalarini o‘tkazilishi orqali teskari bog‘lanishning o‘rnatilishi, qurilish ishlaridagi xarajatlarning yuqoriligi, barqaror quvvat manbalarining yetishmovchiligi va boshqa ko‘plab omillar bunga misol bo‘la oladi.
    Ushbu holatda RuralStar texnologiyasi oqilona yechim sanaladi. Odatiy bazaviy stansiyalarda bazaviy stansiya, kontroller va kommutator o‘rtasidagi aloqa ko‘p sonli optik tolali kabellar yoki radiorele aloqa vositalari orqali ta'minlanadi. RuralStar texnologiyasi bilan so‘nggi hududda radiorele yoki optik aloqa liniyalari qo‘llanilmayapti. Uning ishlashi uchun eng quyi signal darajasi yetarli va qo‘shimcha yo‘ldosh infratuzilmalari yaratishga zaruriyat yo‘q.
    Mobil xizmatlardan foydalanuvchilar uchun RuralStar uyali aloqa vositasi 3-5 kilometr masofada joylashganda 10 Mbit/soniyadan ko‘proq tezlikka ega keng doirali 2G, 3G yoki 4G tarmoqlarni taklif etadi, bu ko‘rsatkich ko‘pchilik kichik qishloq joylar uchun yetarli. RuralStar mavjud makroobektlardan 60 kilometrgacha 2G va 3G-tarmoqni kengaytirish imkonini beradi.

    Download 1,77 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Aloka liniyalarining ishonchli va sifatli ishlashi uchun aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan kurilmalar

    Download 1,77 Mb.