|
Mavzu: Abonent quril -malarida shikastlanishlarni asosiy xarak -teristikasiga er, uzilish, xabar,kuchlanish va qisqa tutashuv kiradi
|
bet | 24/81 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #153120 |
Bog'liq Uzb temaMavzu: Abonent quril -malarida shikastlanishlarni asosiy xarak -teristikasiga er, uzilish, xabar,kuchlanish va qisqa tutashuv kiradi
Ishonchlilik nazariyasi bilan uzatish tizimi murakkab dinamik tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar majmuyidan tashkil topgan. Uzatish tizimining o‘ziga xos xususiyati murakkab dinamik tizim kabi katta hududlarda ularning uskuna va apparaturalarining tarqoq joylashishidan iborat. Ishonchlilik nazariyasida obyekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Obyektlarga ko‘p kanalli uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi. Tizim — bu elementlar majmuyidan iborat bo‘lgan obyektdir. «Tizim» va «element» tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Obyekt bir xil tadqiqotlarda tizim bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi obyekt o‘rganilayotgan bo‘lsa, unda element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ustun uning olinadigan bloki, uzatish tizimi (UT)ning elementlari bo‘lib hisoblanadi va hokazo. UT ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTH) belgilangan chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda abonentlar o‘rtasida belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini ta’minlaydigan xususiyatiga aytiladi. Ishonchlilik, UT va uning elementlaridan texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali ishlashini belgilaydi. Element ishonchliligi, element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan, foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatidir. UT ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra, 302 buzilmasdan ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan tavsiflanadi. Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanadigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlar almashtiriladi va tizim ishini davom ettiradi. Qayta tiklanmaydigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlarni almashtirish amalga oshmaydi. UT, uning apparaturasini va uskunasini hosil qiluvchi birlamchi (elektr radio elementlar — ERE) elementlarga va birlamchi elementlardan tashkil topgan bloklar, panellar va boshqalarga bo‘linadi. UT apparaturasi va uskunasi qayta tiklanuvchi tizimlarga, birlamchi elementlar esa qayta tiklanmaydigan tizimlarga kiradi. Uzatish tizimi, ularning elementlari soz va nosoz holatda bo‘lishi mumkin. Soz holat — bu UT yoki uning elementlari NTH bilan belgilangan barcha talablarga mos keladigan holat. Nosoz holat — bu UT yoki uning elementlari NTH talablaridan hech bo‘lm aganda biriga mos kelm aydigan holat. Nosoz holat obyektlarning berilgan funksiyalarni bajarishi mumkin emasligini bildirmaydi. UT apparaturasi va uskunasining ishlash qobiliyatliligi, NTH bilan belgilangan chegaralardagi kanallar va traktlarning asosiy parametrlarining qiymatlarini belgilagan holda xabarlarni uzatish bo‘yicha berilgan funksiyalarni bajaradigan holati bilan tavsiflanadi. Agar UTning hech bo‘lmaganda biror parametri qiymati, UT va uning elementini tavsiflovchi berilgan funksiyani bajarsa, lekin NTH talablariga mos kelmasa, unda uskuna ishga yaroqsiz holatda bo‘ladi. UT uskunasining ishga yaroqli yoki ishga yaroqsizligi to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. To‘liq ishga yaroqli UT uskunasi kanal va traktlarining sozlagan parametrlarining foydalanish m e’yorlariga muvofiqligi maksimal o‘tkazish im koniyatini ta’minlaydi. Qisman ishga yaroqli UT yoki uning elementlari, UT uskunasini funksionallashtiruvchi ma’lum bir sharoit uchun belgilangan, mumkin bo‘lgan chegarada joylashgan eng kam samaradorlik, ya’ni kanal va traktlar parametrlarining yomonlashuvi bilan tavsiflanadi. Qisman ishga yaroqsiz UT uskunasi ishlashi mumkin, lekin samaradorlik darajasi past bo‘ladi. Ishga yaroqli UT apparaturasi soz bo‘lgan uskunadan NTH talablarini qanoatlantirishi bilan farq qiladi. NTH talablarining 303 bajarilishi abonentlar o‘rtasidagi axborotning me’yorda uzatilishini ta’minlaydi. Bunda tashqi ustun ko‘rinishi yomonlashishi, ularning majmuasi to‘liq bo‘lmasligi, mexanik shikastlanishlar yuzaga kelishi, signal zanjirlarining ishi yomonlashishi, uskunaning ayrim parametrlari hujjatdagi normalardan og‘ishi mumkin. Ishga yaroqli obyekt nosoz bo‘lishi mumkin, biroq NTH talabalaridan og‘ishi uning me’yorda ishlash holatining buzilishiga olib kelmaydi. Bartaraf etilmagan shikastlanishlar sababli vazifasi bo‘yicha keyinchalik qo‘llash mumkin bo‘lmaydigan yoki belgilangan chegaralarda berilgan parametrlarning og‘ishi, foydalanish xarajatlarining belgilangandan og‘ishi yoki kapital ta’mirlashlarni o‘tkazish zaruriyati tufayli yuzaga kelgan UT va uning elementlarining holati chegaraviy deb ataladi. Chegaraviy holatlarning mezonlari aniq uskuna va UT apparaturasining NTHlari bilan belgilanadi. Foydalanish jarayonida UT uskunasi soz holatdan nosoz holatga o‘tishi mumkin. Bunday o‘tishlar UT uskunasi va elementlarining shikastlanishi yoki ishlamay qolishi sababli yuzaga keladi. Shikastlanish — bu ishga yaroqlilikni saqlagan holdagi UT uskunasi soz holatining buzilish hodisasidir. Shikastlanish aham iyatli va aham iyatsiz bo‘lish i mumkin. A ham iyatli shikastlanishlarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik ishlash holatining buzilishiga olib kelishi mumkin. UT uskunasi, kanallar va traktlar ishlash holatining buzilishi ishlamay qolish (rad etish) deb ataladi. Ishlamay qolganda UT uskunasi xabarlarni uzatish bo‘yicha funksiyalarni bajara olmaydi. Farq qiluvchi belgi yoki bir nechta belgilar majmuasi ishlamay qolish yuzaga kelgandagi omillar bilan belgilanadi va ishlamay qolish mezoni deb ataladi. Ishlamay qolish mezoni UTning aniq elementi yoki kanal (trakt)ning parametri uchun NTH bilan belgilanadi. Kanal (trakt)ning ishlamay qolishi deganda, me’yorlashtirilgan elektrik parametrlarning belgilangan chegaradan og‘ishi tushuniladi. Ishlamay qolishlar tabiati turlicha bo‘ladi va texnik qurilmalarning buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. UT uskunalarining ishlamay qolishi, kanal va traktlar parametrlarining o‘zgarish xususiyatiga ko‘ra, tasodifiy yoki asta-sekinlik bilan ishlamay qolishlarga bo‘linadi. Tasodifiy ishlamay qolish UT uskunalarining yoki kanal va traktlarning ishga qobiliyatliligini belgilovchi parametrlarning NTH talablariga mos kelmasligi bilan tavsiflanadi. Tasodifiy ishlamay qolish tasodifiy hodisa hisoblanib, asta-sekinlik bilan nosozlik va buzilishlarning yig‘ilishi tufayli yuzaga keladi. Asta304 sekinlik bilan ishdan chiqish UT uskunalari yoki kanal va traktlarning bir yoki bir nechta asosiy parametrlari qiymatlarining asta-sekin o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. UT uskunasidan foydalanish jarayonida asta-sekin ishlamay qolishga olib keladigan parametrlar (qoldiq so‘nishi, shovqinlar quvvati va boshqalar)ning o‘zgarish qonuniyatini o‘rnatish va uning ishlamay qolishining o‘z vaqtida oldini olish uchun ishlatish lozim. O‘zaro bog‘langan ishlamay qolishlar quyidagi turlarga bo‘linadi: • mustaqil ishlamay qolish UT uskunasi, kanal yoki trakt elementlarining ishlam ay qolishi, boshqa elementlarning shikastlanishi va ishlamay qolishiga olib kelmaydi; • bog‘liq bo‘lgan ishlamay qolish UT uskunasi, kanal yoki trakt elementlarining ishlamay qolishi, boshqa elementlarning shikastlanishi yoki ularning ishlamay qolishiga olib keladi. Ishlamay qolish yuzaga kelganda foydalanilayotgan obyekt imkoniyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: • to‘liq ishlamay qolish — ishlamay qolish holati yuzaga kelgandan keyin obyektdan vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin, ammo bir yoki bir nechta asosiy parametrlarning qiymatlari mumkin bo‘lmagan chegaralarda joylashadi, ya’ni obyektning ishlash qobiliyati pasayadi. Oddiy tizimlar, birlamchi elementlarning to‘liq ishlamay qolishi, uning to‘liq ishga qobiliyatliligini yo‘qotadi; • qisman ishlamay qolish, bu holda uskuna vazifasi bo‘yicha ishlashi mumkin, ammo samaradorligi kamayadi. Qisman ishlamay qolish holati UT uskunasi uchun tavsiflidir. Tashqi holatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘lchash asboblari, o‘lchashlardan foydalanmasdan aniqlangan aniq ishlamay qolishga hamda tashqi belgilarga ega bo‘lmagan, o‘lchash va sinash yo‘li bilan aniqlanadigan aniq bo‘lmagan ishlamay qolishlarga bo‘linadi. Yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi ishlamay qolishlar mavjud: • konstruktiv, konstruktor xatoligi yoki konstruktorlik usullarining takomillashmagani, loyihalashning belgilangan me’yor va qoidalari buzilganligi natijasida yuzaga keladi; • ishlab chiqarish UT apparaturasi yoki butunlovchi qismlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining buzilganligi yoki takomillashmaganligi natijasida yuzaga keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Abonent quril -malarida shikastlanishlarni asosiy xarak -teristikasiga er, uzilish, xabar,kuchlanish va qisqa tutashuv kiradi
|