• Sun’iy intellekt qachon maktab tizimiga joriy etiladi Katta ma’lumotlar.
  • Robototexnika.
  • «Aqlli fabrikalar».
  • Mavzu: Simli aloqa qurilmalari tuzilishi va ulardan foydalanish. Simli tarmoqlar




    Download 1,77 Mb.
    bet76/81
    Sana08.02.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #153120
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
    Bog'liq
    Uzb tema

    Sun’iy idrok qo‘shini


    Sun’iy idrok – ko‘plab askarlardan iborat katta qo‘shin. Kitob mualliflari inson va mashina simbiozidan muvaffaqiyatli foydalanayotgan tashkilotlar faoliyatini tahlil qilgan holda, bu qo‘shinning askarlari kimlar ekanini sanab o‘tishadi.

    Sun’iy intellekt qachon maktab tizimiga joriy etiladi?
    Katta ma’lumotlar. Sun’iy idrok tartibga solingan va tartibga solinmagan ulkan hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. O‘z navbatida, bu ma’lumotlar sun’iy idrok uchun go‘yoki yonilg‘i vazifasini o‘taydi. U qanchalik ko‘p ma’lumotni tahlil qilsa, shunchalik «aqllilasha» boradi.
    Xususan, sun’iy idrok bir xil maromda, takroriylik asosida kechuvchi vazifalarni yaxshi uddalaydi. Bu kabi ishlar insonga zerikarli tuyulishi mumkin. Alohida yondashuv va hissiy ko‘nikmalar talab etilmaydigan bunday «zombi» vazifalarni inson o‘rniga sun’iy idrok bajara boshlasa, insonlarning ijodiy ishlar, qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun ko‘proq vaqt qoladi.
    Sensorlar. O‘zgarishlar va atrof haqida ma’lumotlar jamlash uchun turli uskunalarga datchiklar o‘rnatiladi. Sensor inson faoliyatining ko‘plab sohalarida qo‘llanilsa ham, ular yig‘adigan katta hajmdagi ma’lumotlarni sun’iy idrokning o‘zigina qayta ishlay oladi. Ular «aqlli fabrikalar» va robototexnikada qo‘llaniladi.
    Robototexnika. Mercedes zavodida ishchilar avtomobilni yig‘ish uchun roboqo‘llardan foydalanishadi. Masofadan turgan holda pult va monitor orqali apparatning harakatlarini boshqarishadi. Roboqo‘l go‘yo ishchining o‘z qo‘lidek, faqatgina u epchilroq va og‘ir yuklarni ham bemalol ko‘taradi. Bu esa millisoniyalar ichida ma’lumotni qabul qilib, qayta ishlab uzatuvchi sensorlar orqali amalga oshadi.
    «Aqlli fabrikalar». Ta’minot tizimini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Symbotic kompaniyasi omborlarni «aqlli» qilmoqda. Misol uchun, Symbotic robotlari maxsus datchiklar yordamida mashinaviy ko‘rish bilan ta’minlangan. Uning yordami bilan robot deformatsiyaga uchragan tovarni farqlay oladi va shundan kelib chiqqan holda ish ko‘radi.

    Download 1,77 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Simli aloqa qurilmalari tuzilishi va ulardan foydalanish. Simli tarmoqlar

    Download 1,77 Mb.