Signalning xususiyatlari
• Ob'ektiv materiallari: Kompyuter plastmassasi
• Shlangi: ABS plastik
• Qutbiy: alyuminiy
• Oliy nashrida LED amrullari
• Media ish harorati: -30 ° C dan 50 ° C gacha
• Himoya reytingi: IP65
• DC24V sertifikati
Mavzu: Kross va ta’mirlash byurosi ishchilarining mansab yo‘riqnomalari.
Har qanday korxona, tashkilot va muassasaning erishgan yutuqlari, mavqei, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan xodimlar salohiyati va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bevosita xodimlarni ishga qabul qilish, boshqarish, o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish, mehnat intizomiga rioya etishni ta’minlash va nazorat qilib borish, qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish yoki bekor qilish kabi muhim masalalarni amalga oshiruvchi Kadrlar xizmatining o‘rni beqiyosdir. Aksariyat tashkilot, korxona va muassasalarda Kadrlar xizmati bo‘limi mustaqil bo‘lim sifatida faoliyat yuritib, unga rahbar tomonidan tayinlangan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo‘limning asosiy vazifasi tashkilot xodimlari faoliyatiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, asosiy shtat lavozimida ishlayotgan xodimlar attestastiyasini tashkil etishda ko‘maklashish, ularni davlat, vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash uchun hujjatlarini taqdim etish, xodimlarni shaxsiy hujjatlarini yuritish va saqlovini ta’minlash, belgilangan tartibda tashkilot nomidan mehnat faoliyatiga doir ma’lumotlar, buyruqdan ko‘chirmalarni rasmiylashtirish, tegishli davlat organlaridan kelib tushgan so‘rovnomalar hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida javob yo‘llashni tashkil etishdan iboratdir. Bugungi kunda biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo’lgan ushbu hujjatlar kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa bo’lmay, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq, jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muhim holatlarni muntazam ravishda qayd etib borishgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalari hamda korxonalari, xususan, kadrlar xizmatida ish yuritishni sifatli yo‘lga qo‘yish mustaqil davlatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli, o‘quv qo‘llanmada respublikamiz tashkilotlarda kadrlarga oid ish yuritish asoslari, hujjatlarning turlari, ularni tuzish tartibi, shakli, mazmuni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ijrosini nazorat qilish borasida ilmiy bilim va fikr-mulohazalar yuritilgan. 4 Shuningdek, “Kadrlar xizmatida ish yuritish” fanining dolzarb masalalari sirasiga tashklotlarda xodimlarni boshqarish, ularga taаlluqli ish yuritishni tashkil etish haqidagi bilimlarni mustahkamlash, tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, sohaga oid olib borilayotgan yangi ilmiy-tadqiqot ishlari, fan bo‘yicha to‘plangan ilg’or tajribalar asosida mutaxassis kadrlarlarga qo‘yilayotgan talablarni o‘rganish kabilarni kiritish mumkin.
|