|
Mavzu: spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi
|
bet | 11/12 | Sana | 25.12.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #128192 |
Bog'liq Mavzu spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi Ta`limiy maqsadDarsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
MOOClar yaratilganidan buyon shu kungacha ko‘plab ijobiy fikrlarni to‘pladi hamda dunyo bo‘yicha millionlab masofadan ta’lim oluvchilar armiyasini shakllantirdi. MOOС platformalari: o‘quv materialini qiziqarli, ko‘ngilochar (o‘yinli), interfaol shaklda taqdim etadi; ilmga qiziqishni uyg‘ota oladi; kelajagi porloq sohalar haqida fikrlarni shakllantiradi; oliy
ta’lim muassasasini tanlashda yordam beradi; chet tillar (aksariyat hollarda ingliz tili)ni chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.
|
Har tomonlama kamol topishga intilgan inson MOOC platformalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradi.
BUNI BILASIZMI?
MOOC platformalarida ro‘yxatdan o‘tish qanday amalga oshiriladi?
MOOC platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
MOOC platformalari orqali sertifikat olish mumkinmi?
DIQQAT
Khan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yo‘naltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan
notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha
Google, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilot hamda shaxslarning
xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi.
Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va o‘zini sinab ko‘rish uchun juda
ko‘p interfaol xususiyatlarga ega. Platforma o‘zida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar
va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli
ravishda, Khan Academy kurslari maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, platformada
matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari joylashtirilgan.
Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga
tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya o‘qituvchi va
ota-onalarga standart o‘quv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining o‘zlashtirishini kuzatib
borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa
foydalanuvchi va o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishi mumkin.
|
| |