O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi




Download 35.33 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2024
Hajmi35.33 Kb.
#171932
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu standart va uning turlari. Reja; Kirish. Standarlar ularn
АБДУНАБИЕВ ХИКМАТ НИҒМАТ ЎҒЛИ резюме, ЭНТЕР ЭНЖИНИРИНГ- ЯНГИ, dasturlas, ISO 9001 sifat menejmenti tizimi, O’lchash birliklarining rivojlanishi, Usti billan, Xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimi, o\'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari, Xalqaro shtirixli kodlash tizimi, 1-lab
O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi.
Davlat standartlari O‘z DSt 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlarstandartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi. Standartni ishlab chiqishda tashkiliymetodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek, ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‘rt bosqichi o‘rnatilgan:
1-bosqich
standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlabchiqish va tasdiqlash (zarur bo‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich
standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni
olish uchun tarqatish;
3-bosqich
fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqish, standart loyihani (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich
standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish.
1-bosqich.
Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o‘rnatish maqsadida buyurtmachitashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va, odatda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
standartlashtirish obyekti va qo‘llanish sohasi;
standartning bo‘limlari va standartda o ‘rnatiladigan asosiytalablar ro‘yxati;
standartni ishlab chiqish bosqichlari;
standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
standart loyihasini kelishish lozim bo‘lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro‘yxati;
buyurtmachining boshqa talablari.
2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilanishlab chiqiladi. Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‘lganda, standartni joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o ‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Atrofmuhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga;
mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga. Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘ribchiqib, o‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‘natadi.
3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikrmulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‘g‘risida ma’lumot tuzadi. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa,ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan, standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiyiste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o ‘tkazadi. Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha alohida fikrga ega, deb ko‘rsatiladi. Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot uni buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo‘natadi. Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi. Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‘yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi. Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTKbayonnomasi)dan iborat bo‘ladi. Standartga kiritiladigan o‘zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib olinadi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda avval tayanch tashkilot o ‘ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‘yicha TQ standartni ilmiytexnik va huquqiy ekspertizadan
o ‘tkazadi.
4-bosqich.Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
ilova xati;
standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishilozim;
standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami;
kelishmovchiliklar to ‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
elektron versiya. Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga kiritiladi.

Download 35.33 Kb.
1   2   3   4   5




Download 35.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi

Download 35.33 Kb.