Reja: Kirish Sifat kategoriyasi tushunchasi




Download 21.64 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi21.64 Kb.
#171963
Bog'liq
Xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimi
АБДУНАБИЕВ ХИКМАТ НИҒМАТ ЎҒЛИ резюме, ЭНТЕР ЭНЖИНИРИНГ- ЯНГИ, dasturlas, ISO 9001 sifat menejmenti tizimi, Mavzu standart va uning turlari. Reja; Kirish. Standarlar ularn, O’lchash birliklarining rivojlanishi, Usti billan, o\'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari, Xalqaro shtirixli kodlash tizimi, 1-lab

Mavzu: Xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimi
Reja:
Kirish
1. Sifat kategoriyasi tushunchasi
2. Sifat sohasidagi asosiy tushunchalar
3. Sifatni boshqarish tushunchasi, funksiyasi, usullari

KIRISH
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirishda bevosita respublikamiz iqtisodiyotining real sektoridagi korxonalarining hissasi tobora oshib borayotgan hozirgi paytda ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir korxona, firma yoki tadbirkor raqobat sharoitlarida xo‘jalik yuritish tizimida sifatli maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishda o‘ziga xos munosib o‘rin egallashga intiladi.


Ma’lumki, 2022 yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. Ushbu strategik hujjat O‘zbekiston uchun barcha sohalarda amalga oshiriladigan islohotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero, bunga davlat rahbarining «2030 yilga borib, O‘zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga, avvalo, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishish ko‘zda tutilmoqda», degan so‘zlari yaqqol dalil bo‘la oladi.


Ta’kidlash joizki, Taraqqiyot strategiyasida boshqa ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‘sishiga erishish, raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, moliyaviy resurslarni ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish choralari ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, mamlakatda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, energetika, sanoat, mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi kabilarda barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash hisobiga kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish, 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri 4 keladigan daromadni 4 000 dollarga yetkazish maqsad qilingan. Yana bir asosiy maqsad, bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sohasida yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha 5 foizga bosqichma-bosqich pasaytirishdan iborat. O‘z navbatida, inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, davlat byudjeti taqchilligini esa YaIMga nisbatan 3 foizga pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. Sanoat siyosatida belgilangan islohotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekiston bundan buyon milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash va sanoatdagi ishlab chiqarish hajmini 40 foizga oshirish orqali yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishda davom etishini ko‘rishimiz mumkin. To‘g‘ri, bu oson ish emas. Lekin, buning uchun sermahsul tarmoqlar belgilangan bo‘lib, har biri o‘zining maqsadli ko‘rsatkichlariga ega. Xususan, oltin ishlab chiqarish hajmini 26 foizga, kumush ishlab chiqarishni 42 foizga oshirish, mis va qora metallardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2 barobarga ko‘raytirish maqsadida metallurgiyada yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi kimyo va geokimyoviy sanoatni rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizgacha yetkazish hisobiga 2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda qurilish materiallari va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 2 baravar, charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 baravar, farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni 3 baravar, elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni 2 baravar, eksport hajmini 3 baravar, mebel ishlab chiqarish hajmini 2,8 baravarga oshirish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash joizki, bularning barchasi iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashni talab qiladi. Shu bois, boshqa rejalashtirilgan tadbirlarga qo‘shimcha ravishda barcha sohalarga yashil texnologiyalarni faol joriy etish, energiya samaradorligini 20 foizga oshirish, atmosfera havosiga zaharli gazlar, og‟ir metall qoldiqlarini atmosfera va azon qatlamiga bevosita tasirini 10 foizga kamaytirish taklif etilmoqda. Sifat- bu bir jarayonni hech kimning kuzatuvisiz ham to‘g‘ri bajarishdir. Sifat – muhim belgi, xususiyat bo‘lib, bir predmetni ikkinchi predmetdan ajratish imkonini yaratadi. Sifatlilik – sifati yaxshi, ehtiyojlarni qondiruvchi. Tovar (ish, xizmat) sifati – tadbirkorlik faoliyati foydaliligini belgilovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishonchlilik − bu ob’ektning belgilangan vaqt oralig‘ida o‘zining barcha funksiyalarini belgilangan rejim, foydalanish shartlari, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va tashish sharoitlarida saqlab qolish va bajara olish xususiyatidir. Standartlashtirish va unifikatsiyalashganlik ko‘rsatkichlari − bu mahsulotning standartlar bilan ta’minlanganligi, eng muhim elementlardan iborat holda unifikatsiyalashtirilganligi, shuningdek boshqa mahsulotlarga nisbatan soddaligi bilan farqlanishidir. Ergonomik ko‘rsatkichlar - ob’ektning ergonomik talablarga mosligi, masalan, o‘lcham, shakl, rang, o‘zaro joylashuv kabilarni aniqlashda qo‘llaniladi. Transportabellik ko‘rsatkichlari − mahsulotning bevosita tashishga qulayligi yoki iste’molga loyiqligidir. Huquqiy himoyalanganlik ko‘rsatkichlari - mahsulotning patent bilan himoyalanganligi va patentlanganligi bilan izohlanadi. 8 Sanaot mahsulotlarining huquqiy himoyalanganlik ko‘rsatkichlari - ikkita ko‘rsatkich bilan baholanadi: patent bilan hitmoyalanganlik (yoki patent qobiliyati) va patent sofligi. Ekologik ko‘rsatkichlari - mashulotni iste’mol qilish yoki ekspluatatsiya qilishda atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish darajasi bilan tavsiflanadi. Tovarning ekologik darajasi - uning sifat darajasini belgilovchi muhim xususiyatlardan biridir. Xavfsizlik ko‘rsatkichlari insonlar yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mahsulotdan foydalanish yoki uni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, o‘rnatish, saqlash, tashish jarayonida elektr, mexanik, issiqlik ta’siri, portlash, zaharli va portlovchi gazlarning hosil bo‘lishi, akustik shovqin, radioaktiv nurlanishdan himoya qilishdir. Mahsulot sifati va boshqaruv ob’ektlari – bu mahsulotning darajasini bildiruvchi sharoitlar, omillar va sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek mahsulot sifatini shakllantiruvchi jarayonlardir. Mahsulot sifati boshqaruvi sub’ektlari – bu o‘rnatilgan tamoyillarga va usullarga amal qilingan holda mahsulot sifatini boshqarish funksiyalarini joriy etuvchi boshqaruv organlari va alohida shaxslardir. Sifat boshqaruvi sistemasi – korxona (tashkilot) boshqaruvi sistemasining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, mahsulotning sifatini oshirish hisobiga mijozlarning, tomonlarning talabini qondirishni maqsad qilib qo‘yadiDastlab sifat kategoriyasi qadimgi grek faylasufi Aristotel tomonidan tadqiq etilgan.
Bizning eramizdan IV asr ilgari o‘zining “Metafizika” degan kitobida sifatning shunday ta’rifini beradi: “Sifat shunday turga mos alomatki, u bir mavjudlikni, uning turiga xosligini boshqa mavjudlikdan, xuddi shu turga kiruvchidan ajratadi”, ya’ni “narsalarni taqqoslab baholashga oid xususiyatdir”.
Gegel esa, “shunday narsalar borki, o‘zining sifatiga qarab borligini tasdiqlaydi” deb ta’kidlaydi. 9 Bundan to‘rt asr ilgari ingliz geografik va tarixchi olimi P.Gaklyut barcha eksportyorlarga qarata “...sizning mahsulotlaringiz sifati ishonchliligi, boshidanoq sizning mahsulotingizga nisbatan ishonch uyg‘otadi, ammo o‘z vaqti bilan soxta va yolg‘on mahsulotlar bu ishonchni yo‘qotib, sizga va sizning mahsulotlaringizga nafrat hamda obpo‘sizlanishni unutmang” deb tavsiya etgandi. Genri Fordning fikricha , “Sifat bu bir jarayonni hech kimning kuzatuvisiz ham to‘g‘ri bajarishdir”.
Sifat tushunchasining mazmuniga u yoki bu nuqtai nazardan yondashuvlarni bir necha davrlarga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.
1-davr. Bu 1920 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mahsulotning sifati deganda uning standart talabiga javo berishi tushunilgan. Ushbu ta’rif bu davrda asosan mahsulotning texnik va huquqiy jihatlariga katta e’tibor berilganligidan dalolat beradi.
2-davr. Bu davr 1950 – 1970 yillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu davrda mahsulotning sifati deganda uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’molchilar talabini qondirish darajasi tushunilgan. Bu davrda asosiy mayoq sifatida mahsulotning iqtisodiy va huquqiy jihatlariga katta e’tibor berilgan.
3-davr. Bu davr 1970 – 1980 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda mahsulotning sifati deganda uning iste’molchilar ehtiyojlarini to‘la qondirish darajasi tushunilib qolmasdan, balki narx ko‘rsatkichlari ham iste’molchilar talabini qondirishi tushuniladi. Bu yerda mayoq sifatida mahsulotning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qaraladi.
4-davr. Bu davr taxminan 1980 – 1990 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda sifat tushunchasi mahsulotning nafaqat iste’molchilar talabini to‘la qondirish, balki iste’molchining kutgan talablarini qondirish darajasida ham namoyon bo‘ladi. Bu yerda mayoq sifatida mahsulotning iqtisodiy va ijtimoiy (ijtimoiy) jihatlari namoyon bo‘ladi.
5-davr. Bu davr 1990 yillardan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrlarda sifat tushunchasi, nafaqat mahsulotning iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishi, balki qanchalik darajada qondira olishi kabi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Sifat kategoriyasiga bunday yondashuvlar ma’lum darajada xalqaro standartlarning ISO seriyasidagi 9000 larida ham o‘z aksini topgandir. ISO ning 9000 seriyasi korxonalar va tashkilotlarning sifat menejmenti tizimiga talablarni shakllantiradi. MS ISO 8602 – 94 standartida sifatning ta’rifi quyidagicha berilgan: “Sifat – ob’ektning 11 o‘rnatilgan va kutilgan talablarni qondira olishi mumkin bo‘lgan tasniflarining majmuidir”. MS ISO 9000:2005 bo‘yicha esa sifat – ob’ektning tasniflarining iste’molchilar talabini qanchalik darajada qondira olishi darajasi bilan ifodalanadi. Shu sababli bu yerda “sifat” terminiga “yomon”, “yaxshi”, “a’lo” kabi so‘zlar qo‘shib baholanadi.
Download 21.64 Kb.




Download 21.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish Sifat kategoriyasi tushunchasi

Download 21.64 Kb.